O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
-rasm. Er ostki qismi xom ashyolari
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
7-rasm. Er ostki qismi xom ashyolari
NAZORAT SAVOLLARI 1. Ildiz va ildizpoyalarni qay vaqtda teriladi 2. Ildizlar qanday quritiladi 3. Iildizpoyalarni qanday quritiladi 4. Tuganak kartoshkalilar qanday quritiladi 5. Piyozlar va tuganak piyozlar qanday quritiladi 10-MAVZU. DORIVOR O„SIMLIK XOM-ASHYO SIFATIGA QO„YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Reja 53 1. Xom ashyolarni dorivormahsulotlarnitovar holatiga 2. keltirish 3. Dorivor o‗simliklarni qabul qilishda sifatiga qo‗yiladigan talablar. Tayanch iboralar: Xom ashyo, tovar holat, Aralashma, Mahsulotning nuqsonli qismlari, Mahsulotni maydalangan qismi, Mahsulotni qayta quritish, Mahsulotni maydalash, Farmatsevtika va boshqalar Xom ashyolarni dorivormahsulotlarnitovar holatiga keltirish. Xo‗jalik idoralari, jamoalar va ayrim shaxslar tomonidan tayyorlangan dorivor o‗simlik xom-ashyo mahsulotlari qabul qilish punktlariga turli ko‗rinishda, ya‘ni standart talabiga javob bermaydigan holatda kelishi mumkin. SHuning uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib (qadoqlab), omborlarga jo‗natishdan avval ularni ma‘lum talablarga javob beradigan holda keltirish zarur. Dorivor mahsulotlarni tavar holiga keltirish uchun quyidagi ishlar bajariladi: 1. Aralashmalardan tozalash. Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki shoshilib va tartibsiz ishlashlari oqibatidan ba‘zan qabul punktlariga topshirilgan dorivor mahsulotlar tarkibida turli aralashmalar bo‗lishi mumkin. Ular organik va mineral aralashmalarga bo‗linadi. Organik aralashmalarga dorivor o‗simlikka o‗xshagan yoki uning yonida o‗sadigan boshqa o‗simlik qismlari, xashak, somon, ko‗mir va boshqalar hamda shu dorivor o‗simlikning xom-ashyo mahsuloti bo‗lmagan qismi kiradi. Mineral aralashmalar odatda kesak, tosh, tuproq, qum hamda shisha, sopol, chinni bo‗lakchalaridan iborat bo‗ladi. Mahsulotni tavar holatga keltirish uchun uni aralashmalardan tozalash kerak. Buning uchun u mashinalar yordamida yoki qo‗lda elanib, aralashmalardan tozalanadi va navlarga ajratiladi. Ayrim hollarda esa (o‗simlikning er ustki qismidan gul va barglarning aralashmasini ajratib olish uchun) mahsulot avval mashinalarda yanchilib, so‗ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib tashlanadi. 2. Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish. Agarda dorivor xom-ashyo mahsuloti yomg‗ir yog‗ib turgan vaqtda, yomg‗ir yog‗ib o‗tgan, lekin o‗simlik hali qurimagan va havoda namlik ko‗p vaqtda, o‗simlikdan ertalabki shudring hali ko‗tarilmaganda tayyorlansa, u holda tayyorlanayotgan mahsulot quritish paytida sarg‗ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Xom ashyo mahsuloti to‗g‗ri, havo quruq vaqtda tayyorlansada ammo noto‗g‗ri quritilsa, unda ham ularning sarg‗ayib yoki qorayib qolishi kuzatiladi. Bu nuqsonlarga tegishli GOST larda ma‘lum miqdorda ruxsat etiladi. Agar ular ko‗rsatilgan miqdordan ortiq bulsa, bu mahsulot sifatiga ta‘sir kiladi. SHuning uchun dorivor xom ashyo mahsuloti navlarga ajratilib, qoraygan va sarg‗aygan qismlardan tozalanadi. 3. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash. Dorivor mahsulot tarkibida maydalangan qismning miqdori tegishli GOST da chegaralangan bo‗ladi. CHinonchi, mahsulotni tarkibida maydalangan qismi me‘yoridan ortiqcha bo‗lsa, 54 uning sifati past hisoblanadi. SHu sababli, dorivor mahsulotni standart talabiga javob beradigan qilish maqsadida uni mayda qismidan tozalanadi. Buning uchun mahsulot tegishli GOST talabiga binoan kerakli teshikli elaklarda elanadi. 4. Mahsulotni qayta quritish. Qabul punktlarida qabul qilib olingan mahsulotlar, aksariyat hollarda etarli darajada quritilmagan bo‗ladi. Bundan tashqari, bu mahsulotlar (ayniqsa gigroskopik mahsulotlar) saqlash davrida (tayyorlovchilar zudlik bilan qabul punktlariga topshirmaganlarida) va qabul punktlariga olib ketilayotgan vaqtda sharoitga qarab bir oz namlanib qolishi mumkin. Xatto, keyinchalik ham, bu mahsulotlar omborlarda yoki dorixona va laboratoriyalarda saqlanish davrida mog‗orlab, sarg‗ayib yoki qorayib o‗z sifatini yo‗qotadi. Mahsulotning qimmatini saqlab qolish uchun tegishli GOST da ko‗rsatilgan namlik qolguniga qadar qayta quritiladi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling