O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
DDorivor xom-ashyo mahsulotlarini saqlash
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
DDorivor xom-ashyo mahsulotlarini saqlash.
Dorivor o‗simlik xom-ashyo mahsulotlarini saqlash uchun ajratilgan joy (omborxonalar) avvalo mahsulotni tashqi ko‗rinishi va ta‘sir etuvchi biologik aktiv moddalarni saqlanishini taminlay olishi shart. Dorivor o‗simlik mahsulotlarini saqlashda tashqi noqulay omillarning xom- ashyo mahsulotiga salbiy ta‘sir etishi inobatga olish lozim. Bunda havoning harorati va nisbiy namligi (me‘yoridan ortiq ko‗rsatilishi) hamda quyosh nurining xom ashyo mahsulotiga to‗g‗ridan to‗g‗ri ta‘siriga e‘tibor beriladi. Xom-ashyo mahsulotlarini saqlashda nisbiy namlik asosiy va xavfli omil hisoblanadi. CHunki, namligi yuqori bo‗lgan yoki shamol aylanishi sust (past) bo‗lgan xonalarda xom- ashyo maxsuloti xavo nisbiy namligi hisobiga namlikni o‗ziga tortadi va oqibatda xom- ashyoning namligi ortadi. Buning natijasida o‗simliklarda fermentatsiya jarayoni boshlanadi va o‗simlik xom ashyosi qiziydi hamda ta‘sir etuvchi moddalar parchalanadi. Mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi va mog‗orlanadi. So‗ngra, mog‗orlanish (zamburug‗) jarayoni xom-ashyo hujayralariga o‗tadi va xom- ashyoning rangi, tami, hidi hamda kimyoviy tarkibi va nihoyat sifati buziladi. Xom-ashyo farmatsevtika sanoatida ishlatish uchun yaroqsiz holatga keladi. Bulardan tashqari namiqqan dorivor o‗simlik xom-ashyosi turli- xil zarakunandalarni rivojlanishi uchun zamin yaratadi. SHuning uchun dorivor o‗simlik xom-ashyolarini saqlanadigan omborxonalarda xavoning nisbiy namligi 13% gacha bo‗lishi tavsiya etiladi. Dorivor o‗simlik xom ashyolarini saqlaydigan joylar (omborxonalar) vaqtinchalik va doimiy bo‗lishi mumkin. 64 Vaqtinchalik saqlash uchun oddiy shiyponlar, omborlar, quruq er to‗lalar va bino tom osti joylar mo‗ljallanadi. SHuningdek, og‗ir va ko‗p hajmli dorivor o‗simlik hom ashyolari (masalan, shirinmiya, andiz, gulxayri va boshqa o‗simlik ildiz va ildizpoyalari) ham to jo‗natgunga qadar maxsulot tayyorlangan joylarda ochiq erlarda to‗dalab saqlab turishi mumkin. Doimiy saqlash uchun maxsus jixozlangan omborxonalar ajratiladi. Dorivor o‗simlik xom ashyolarini saqlaydigan doimiy joylar- odatda quruq, toza, havo yaxshi aylanishi, talab darajasidagi yorug‗lik va haroratga ega bo‗lishi lozim. Doimiy omborxona binosi (joyi) betonli- g‗ishtli va yog‗och taxtali, karkasli bo‗lishi mumkin. Agarda omborxona binolarda turli-xil yoriqlar paydo bo‗lgan bo‗lsa, u holda ular avval suvalanadi tekislanadi va keyin ohak bilan oqlanadi. CHunki, binodagi mavjud yoriqlar zararkunandalarni rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bularni oldini olish maqsadida, binolar avval suvaladi va oqlanadi. Agarda omborxona oynalariga yorug‗lik to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushsa, u holda oynalar oqlanadi, himoya pardalari o‗rnatiladi va quyosh nuridan berkitiladi. CHunki, himoya qilinmadigan oynalardan tushgan yorug‗lik natijasida xom-ashyoning rangi va sifat ko‗rsatkichlari buziladi. SHu bilan birga omborxonalarning xavo harorati va nisbiy namlik darajasiga doimo e‘tibor berish lozim. Omborxonalarda havo harorati va nisbiy namlik darajasini oshishi omborxona zararkunandalarini rivojlanishiga olib keladi. Omborxonalarda havo haroratining yuqori bo‗lishi xom ashyoni me‘yoridan ortiq qurishiga va undagi uchuvchan aromatik birikmalarni uchib ketishiga olib keladi. Dorivor o‗simlik xom-ashyolarini saqlash uchun omborxona harotati 10- 12 o C bo‗lishi maqsadga muvoqdir. Xom-ashyolar omborxonalarda qadoqlangan xolatda saqlanadi va alohida belgilangan rastali joylarga qo‗yiladi. Aloxida belgilangan rastali joylar yog‗och taxtalardan yasaladi. Rastalarning (so‗rilar, peshtaxtalar, polkalar) balandligi 4m. gacha, eni 1,5 m bo‗lishi, devorgacha masofa 25 sm, so‗rilarning o‗zaro oralig‗i 50 sm va erdan (pol) balandligi 15-20 sm dan kam bo‗lmasligi talab etiladi. Omborxona rastalarining (peshtaxtalar, polkalar) bunday talablar asosida o‗rnatilishi nafaqat yon atroflardan, balki, pastki tomondan ham to‗siqsiz shamol aylanishini ta‘minlaydi. Dorivor o‗simlik xom-ashyo maxsulotlarini omborxonalarda ularni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlarga bo‗linib joylashtiriladi va saqlanadi. Har bir dorivor mahsulot ustiga yorliq (birka) osib qo‗yiladi. YOrliqqa mahsulot nomi, qachon, qaerda, kim tayyorlagani, omborga qachon keltirilgani yozilgan bo‗ladi. 1) Zaharli xom- ashyo mahsulotlarni alohida ro‗yxat-(A) ostida maxsus qulьf o‗rnatilgan xonalarda saqlanadi. 2) Kuchli ta‘sir etuchi o‗simlik maxsulotlarini (masalan, bellodona, angishvonagul, begoniya, bangidevona va boshqalar) ham alohida–(B) ro‗yxat ostida maxsus qulьflar o‗rnatilgan xonalarda alohida saqlanadi. 3) Xushbo‗y hidli xom-ashyo, efir moyi saqlovchi (masalan, yalpiz bargi, asarun ildizi, rayxon va boshqalar) hidsiz o‗simliklardan ajratilgan holda 65 alohida saqlanadi. CHunki, o‗tkir va xushbo‗y hidli o‗simliklardan taralgan hidlar hidsiz o‗simlik hom-ashyolariga o‗rnashib qolishi mumkin. Xushbo‗y hidli va tez maydalangan gullar (masalan, moychechak, jo‗ka guli va boshqalarni) maydalanib ketishi va hidini tarqalishini oldini olish maqsadida, ularni qog‗oz to‗shalgan hamda yaxshi berkitiladigan yashiklarda saqlash maqsadga muvofiqdir. 4) Gigroskopik maxsulotlar ya‘ni, ochiq havodan namlikni o‗ziga oluvchi xom- ashyo to‗liq quritib bo‗lgandan so‗ng og‗zi yaxshi yopiladigan va qog‗oz to‗shaladigan temirli idishlarda yoki shishali og‗zi yopiladigan idishlarda saqlanishi lozim. Zaxira oziqa moddalariga boy va tez buzilish xususiyatiga ega bo‗lgan xom-ashyo maxsulotlarini (masalan, qoqio‗t ildizi, bo‗yoqdor ro‗yan ildizi) yaxshi shamol esadigan joylarda qoplarga solib, tez-tez tekshirib turib saqlanishi talab etiladi. Xo‗l mevalar- maymunjon, malina, qulupnay va boshqalarni odatda to‗g‗ri shamol esadigan joyda qoplarga solinib saqlash tavsiya etiladi. Xom- ashyo maxsulotlarini bunday saqlanishi natijasida ular kamroq zararkunandalar bilan zararlanadi. Agarda, xom-ashyolar yopiq temir idishlarda saqlansa, ularni zararlanishi tez amalga oshadi. Dorivor o‗simlik hom ashyolari saqlanadigan omborxonalarda xar doim tozalikka rioya qilish talab etiladi. YA‘ni, ma‘lum bir ko‗zlangan ishlar bajarilgandan so‗ng chiqindilardan tozalash, supirish va rastalardagi changlarni artish hamda ba‘zan qoldoqlardan tushib qolgan dorivor o‗simlik xom- ashyo maxsulotlarini olib tashlash lozim bo‗ladi. Bunday tozalik ishlari har kuni amalga oshirilishi lozim. CHunonchi, changlar va turli joylardagi o‗rgimchak uyalari nafaqat omborxonalarni tozaligiga zarar etkazadi, balki omborxona zarakunandalarini (zamburug‗ va kemiruvchilar) rivojlanib ketishi uchun ijobiy muhit bo‗lib hisoblanadi. Odatda dorivor o‗simlik xom-ashyolarini saqlaydigan omborxonalar har 2 oyda 1 marta kapital tozalanadi. Bunda, omborxona shiftlari, yon atrof devorlari va yo‗laklari tozalab sipiriladi va artiladi. Rastalardagi dorivor xom-ashyolar vaqti-vaqti bilan tashqariga olib chiqilib shamollatiladi va quritiladi. SHundan so‗ng belgilangan tartibda yana qaytadan joyiga olib kirgiziladi. SHuni ham alohida ta‘kidlash joizki, yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan ishlarni bajarishda omborxona ishchi xodimlaridan yong‗in xavfsizligini qoidalariga to‗liq rioya qilishi talab etiladi. Bunda omborxona xududi atrofida chiqish va olov yoqish qat‘iyan man etiladi. SHu bilan birga omborxonada ―yong‗in xavfsizligi‖ burchagi tegishli jihozlar bilan to‗liq taminlanadi. Etarlicha jihozlangan va quruq omborxona binolarida aksariyat dorivor o‗simlik xom ashyolari uzoq muddat o‗zining asl sifatlilik holatini saqlaydi. Ammo, ayrim xom-ashyo (masalan, bangidevona, mingdevona, bellodona va boshqalar) mahsulotlari har-chand omborxonalar etarlicha jixozlanishiga qaramay, ularda ta‘sir etuvchi moddalar vaqt o‗tishi bilan qisman pasayib borishi mumkin. SHuning uchun bu o‗simlik xom-ashyolarini xar yili (sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha) farmatsevtik maqsadda tekshiruvdan o‗tkazib turilishi zarur bo‗ladi. 66 Dorivor mahsulotlarning saqlash muddati tugugunidan so‗ng tarkibidagi ta‘sirchan kimyoviy birikmalar miqdori yoki ta‘sir etish kuchi aniqlanadi. Tahlil natijasi standart talabiga to‗g‗ri kelmasa, mahsulot foydalanishdan chiqorib yuboriladi. SHuningdek, dorivor mahsulotlarni saqlash davrida biror nuqson sezilsa, u holda ham dorivor o‗simlik xom ashyo mahsulotlarini saqlash muddatidan qat‘iy nazar ular tezda tahlil qilinadi va zaruriy choralar ko‗riladi. Dorivor o‗simlik xom-ashyolarini saqlash muddati Davlat standarti (GOST) va Farmakopeya standarti (FS)tomonidan belgilanadi. Odatda, omborxonalarda dorivor o‗simlik xom-ashyolari butun holda saqlanadi. Dorixonalarda esa, dorivor o‗simlik xom-ashyolari va ulardan tayyorlangan yig‗malar, aralashmalar yopiq taxtali yashiklar yoki temir bankalarda maydalangan hollarda saqlanadi. Dorixonalarda xom- ashyo mahsulotlarini bunday holda saqlanishi ulardan zudlik bilan turli-xil dorilarni tayyorlash va sotish uchun qulayliklarni taminlaydi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling