O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat savollori 1. Ddorivor xom-ashyo mahsulotlarini saqlash 2. Vaqtinchalik saqlash ? 3. Doimiy saqlash ? 4. Xom-ashyo maxsulotlari xususiyatlari va guruhlari 5. Gigroskopik maxsulotlar 6. Zaxira oziqa moddalariga boy va tez buzilish xususiyatiga ega xom- ashyo maxsulotlarini 7. Dorivor mahsulotlarning saqlash muddati 14-MAVZU. DORIVOR XOM-ASHYO ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORA-TADBIRLARI Reja 1. Dorivor xom-ashyo zararkunandalari 2. Qarshi kurash chora-tadbirlari 3. Xom-ashyolarining zararlanish darajasi. Tayanch iboralar: xavfli zararkunandalar, klesh,gruppa muchnыx i volostыx), juki, muchnoy xruщak, xlebnыy tochil‘щik, malыy xruщak, ambarnыy dolgonosik, babochki va kuya (moli), ogohlantiruvchi va qiron keltiruvchi, Davlat Farmakopeyasining X nashiryoti va boshqalar Dorivor xom-ashyo zararkunandalari va ularga qarshi kurash chora- tadbirlari. Dorivor xom-ashyo maxsulotlari oziqa moddalariga (kraxmal, yog‗lar, shilliq moddalar, qand va boshqa) boy bo‗lib, bu esa ularni omborxonalarda saqlash davrida turli-xil kemiruvchi zararkunanda hashorotlarni o‗zigajalb etadi. Buning natijasida xom-ashyo va uni saqlayotgan idishlar sifati buziladi. Odatda 67 quruq, toza va ozoda binolarda zararkunanda hashoratlar xom-ashyoga xavfli darajada zarar etkazmaydi. Ammo, antisanitar holatdagi omborxonalar (ya‘ni, havo nisbiy namligi va harorati yuqori bo‗lgan xonalar) zararkunandalarni rivojlanishi va ko‗payishi uchun zamin yaratadi. Dorivor o‗simliklar zarzrkunandalari yil davomida bir necha marta avlod qoldiradi. Dorivor o‗simliklar xom-ashyolari uchun nisbatan xavfli zararkunandalar kleshi (gruppa muchnыx i volostыx), juki (muchnoy xruщak, xlebnыy tochil‟щik, malыy xruщak, ambarnыy dolgonosik), babochki va kuya (moli)lar hisoblanadi. Omborxonalarda bunday zarakunandalarga qarshi 2 xil (ogohlantiruvchi va qiron keltiruvchi ) usulda kurash choralari olib boriladi. 1. Ogohlantiruvchi kurash choralariga–omborxonalarni toza, ozoda holda saqlash, tez-tez shamolatib turish, belgilangan tartibda havo harorati (12 gacha ) va nisbiy namlikni me‘yorda (13% dan past holatda ) ushlash, xom-ashyoni qabul qilish va saqlashda ularni zararlanish holatini nazorat qilish kabi chora tadbirlar kiradi. Dorixonalarda sotuv uchun muljallangan kichik hajimdagi xom-ashyo mahsulotlarini asrashda esa xloroforim eritmasi bilan qayta ishlangan va namlangan dokalarni idishlarga joylashtirgan holda saqlanadi. 2. Qiron keltiruvchi kurash choralari-turli-xil dizinceksiya usullari bilan omborxona binosi va xom-ashyo mahsulotlariga ishlov berilishini o‗z ichiga oladi. Omborxona binolari va xom- ashyolarni ikki xil ( gazli va ho‗l-nam ) usul bilan dezinseksiya qilish mumkin. Birinchi (gazli) holatda avval bino oynalari, yoriqlar, teshiklar ko‗zdan kechiriladi va yaxshilab berkitiladi. So‗ngra, xlorpikrin yoki dixiloretan gazlari bilan tutatiladi va bir necha soat saqlanadi. Ikkinchi (nam) holatda esa, dastlab omborxona binolaridan xom-ashyo mahsulotlari tashqariga olib chiqiladi. Omborxona pollari peshtaxtalari, shiftlari, devorlari mineral-yog‗li emulьsiya (edkogo natra yoki mineral‘no-maslyanoy emul‘sii) eritmasi bilan purkaladi va qayta ishlanadi. Xom-ashyolarni dezinseksiya qilish odatda (inson hayoti uchun xavfsiz bo‗lgan) gazlarni tutash yoki engil uchuvchi suyuqliklarni germetik idishlarga joylashtirib og‗zini bir necha soat ochib quyish orqali amalga oshiriladi. Dorivor o‗simliklar xom-ashyolarini zararkunanda hashoratlardan himoya qilishning eng qulay va oson usuli- mexanik va issiqlik hamda quyosh nurida qisman toblantirib ishlov berishdir. Dorivor o‗simlk xom-ashyolariga mexanik ishlov berishda-qisman zararlangan xom-ashyo mahsulotlarini turli-xil o‗lchamdagi labaratoriya elaklaridan o‗tqaziladi va keyin ular 1soat davomida 50-60 haroratda qizdiriladi. Hashorat qurtlari bilan ko‗proq zararlangan xom-ashyolar esa 2-3 soat davomida qizdiriladi va so‗ngra elaklardan o‗tqazib hashorat qurtlaridan tozalanadi. Kemiruvchi hashoratlarga qarshi kurashish chora tadbirlari-maxsus dezinseksiya stansiyalari mutaxassislari tamonidan olib borilib, bunda omborxona binolari zaharli kimyoviy (yadoximikat) vositalar bilan qayta ishlanadi. Davlat Farmakopeyasining X nashiryotida dorivor o‗simlik xom- ashyolarining zararlanish darajasi va ularni farmatsevtika sanoatida ishlatilish qoidalari tug‗risida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan. Undagi ma‘lumotlarga ko‗ra, qisman zararlangan darajali xom-ashyo mahsulotlari tozalangandan so‗ng 68 dorixonalarda ishlatilish uchun, II-darajali zararlanganlardan- preparat tayyorlash uchun va III-darajali zararlanganlardan esa ta‘sir etuvchi moddalar olish uchun farmatsevtika zavodlarida foydalanish uchun ruxsat berilgan. Agarda xom-ashyo mahsulotlaridan bunday ko‗zlangan moddalar chiqmasa, u holda xom ashyo mahsuloti sifatsiz hisoblanadi va ularga bayonnoma rasmiylashtirib foydalanishdan chiqorib tashlanadi. SHuday qilib, dorivir o‗simlik xom-ashyolari oziq moddalarga boy bo‗lib, u zararkunandalarni o‗zig jalb qiladi. Zararkunadalarga qarshi kurash chora- tadbirlari sifatida avvalo omborxonalarda sanitar gigienik holatini ta‘minlash va belgilangan harorat (12 gacha ) hamda nisbiy namlikni (13% dan past holatda) me‘yorida ta‘minlash talab etiladi. Omborxonalarda zararkunadalarga qarshi kurashish choralari 2 xil (ogohlantiruvchi va qiron keltiruvchi) usul bilan amalga oshiriladi. Omborxonalarda sanitar holatga rioya qilinishi xom-ashyolarni belgilangan muddatlargacha saqlanishini taminlaydi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling