76
5.
YAroqsiz deb topilgan dorivor xom-ashyo mahsulotlar.
6.
Tovarshunos analizi
7.
O‗rtacha namuna olish
16-MAVZU. OPTIK, YORDAMCHI ASBOBLAR VA PREPARATLAR
HAMDA ULARNING AHAMIYATI
Reja
1.
Optik, yordamchi asboblar
2.
Preparatlar tayyorlash usullari
3.
Optik priborlarning ahamiyati
Tayanch iboralar: lupa, turli mikroskoplar (biologik, tavarshunoslik,
fitoximik, lyuminissent va boshqa tahlilda), yorituvchi asbob, ob‟ektiv va okulyar
mikrometrlari, rasm chizadian apparat-RA-5, mikrotom va boshqalar.
Optik, yordamchi asboblar. Ba‘zan dorivor o‗simliklarni
xom-ashyo
mahsulotlari turli xil rangda va turli xil o‗lchamlarda tayyorlanishi mumkin. Bu
holatlarni oddiy ko‗z bilan chamalab aniqlash bir qancha mushkilliklarga va xulosa
chiqarish esa ko‗pincha noaniqlikka olib keladi. SHuning uchun dorivor o‗simlik
xom ashyo mahsulotlarini makro (morfologik) va mikro (anatomik) tahlil qilishda
quyidagi optik va yordamchi asboblardan
(lupa, turli mikroskoplar (biologik,
tavarshunoslik, fitoximik, lyuminissent va boshqa tahlilda), yorituvchi asbob,
ob‟ektiv va okulyar mikrometrlari, rasm chizadian apparat-RA-5, mikrotom va
boshqalar) foydalanishni taqozo etadi.
Lupadan asosan dorivor o‗simlik mahsulotlarini morfologik (tashqidan
ko‗rinishini) tahlil qilishda foydalaniladi. Uning
yordamida mahsulotlarda tuklar,
efir
moyli
bezlar
bor-yo‗qligi
aniqlanadi
hamda
mayda
mahsulotlar
(soyabonguldoshlar mevasi, mayda gullar va boshqalar) ko‗riladi.
Oddiy lupalardan tashqari binokulyar mikroskopdan ham shu maqsadda
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: