O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Soha standartlari – OST
- 3. Ittifoq respublikalarning standartlari – RST
- 4. Korxona stadarti – STP
Standartlarning toifasi. Standartlar ta‘sir qilish sohasi, mazmuni va
tasdiqlanish darajasiga qarab quyidagi toifa va turlarga bo‗linadi: 1. Davlat standartlari – GOST Ko‗p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda halq xo‗jaligining hamma sohasida ishlatiladigan o‗simlik mahsulotlari Davlat standarti qarori bo‗yicha tuziladi va tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor qilinadi). Tasdiqlangan GOST ga tegishli belgi beriladi. Bu belgi GOST indeksi, ro‗yxati soni va GOST ning tasdiqlangan yilidan tashkil topadi. Masalan, GOST 13.309.79. Bu belgida 13 GOST indeksi, 309 – shu xom ashyo standart ro‗yxati soni, 79 – esa GOST ning tasdiqlangan yili. Davlat standartlari talablariga amal qilish respbulika miqyosidagi barcha idoralarga, korxonalarga va muassasalarga majburiydir. 2. Soha standartlari – OST OST biror sohaning korxonalarida, muassasalarida, idoralarida ishlatiladian hamda ularga tegishli bo‗lgan namunali texnologik jarayon, normalar, talablar, qoidalar, usullar va boshqalarga ishlab chiqiladi va shu sohaning vazirligi (boshqarmasi) tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor qilinadi). OST talablariga itoat etish sohasining hammaa korxonalari, idoralari hamda shu sohada mahsulotini ishlatadigan boshqa soha idorlari va korxonalari uchun majburiydir. 3. Ittifoq respublikalarning standartlari – RST Respublika standartdari GOST va OST ga tegishli bo‗lgan mahsulotlardan tashqari shu respublika hududida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun tuziladi, respublikaning o‗zida tegishli boshqarmalar tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor qilinadi) hamda uning talablariga itoat etish ushbu hududidagi korxona, idora va muassasalar uchun majburiydir. 4. Korxona stadarti – STP STP biror korxona uchun qabul qilingan norma, talablar, qoidalar, usullar va boshqalar uchun ishlab chiqariladi, korxona boshlihi tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‗zgartiriladi yoki bekor qilinadi va uni talablaiga itoat etish shu 82 korxona uchun majburiydir). Dorivor vositalar va dorivor o‗simlik mahsulotlari uchun normativ-texnik hujjatlar Sog‗liqni saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan soha standarit OST 42-1-71 ―Dorivor vositalar va dorivor o‗simlik mahsulotlariga normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartiblari‖ga binoan tuziladi. Normativ-texnik hujjatlar dorivor vositalar sifatini doimiy ravishda yaxshilanishini ta‘minlashi hamda o‗z talablarini fan va texnika yutuqlari asosida doim mukammallashtirishi kerak. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling