O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarkand davlat arxitektura qurilish instituti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
e965340bd423b40b0fc05f0a99a9c49f Yog’och va plastmassa konstruksiyalari (2)
Tilingan yog‘och materiallari. Katta diametrdagi yumoloq yog‘och
materiallarni yog‘och tilish ramalarida yoki aylanma stanoklarda tilish natijasida tilingan materiallar tayyorlanadi. Tayyorlangan materiallarning uzunliklari orasidagi farq 0,25 metrga teng bo‘ladi va uzunliklari 1...6.5 metr oralig‘ida bo‘ladi. 4.2-rasm. Hamma tamonlari tekis qilib tilingan materiallar toza qirqilgan materiallar (obreznoy) deb ataladi. Tilish natijasida chorqirralar (brus), qalin taxtalar, yupqa taxtalar, kichik chorqirralar paydo bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari standartga asosan qo‘yidagicha bo‘ladi. 4.3-rasm. Demak, tilingan yog‘och materiallarning qalinliklari = 16-250 mm bo‘lib, ularning eni esa ikki xil, ya’ni b=75-150 mm bo‘ladi (tavsiya qilinadigan) va b= 175-275 mm bo‘ladi (mumkin bo‘lgan). Fanera. Toq sonli shponlardan elimlab tayyorlangan qavatli yog‘och materiallar faneralar deb ataladi. SHponlarning qalinligi 1 mm. atrofida bo‘lib oq qayin va tilog‘och daraxtlardan tayyorlanadi. Tashqi qavatdagi shponlar doimo bir-biriga parallel joylashadi. Qurilishda elimlangan va yuqori namlikka chidamli faneralar ishlatiladi. Elimlangan faneralarning shponlari namlikka chidamli elimlar, ya’ni fenolformaldegid elimi bilan elimlangan bo‘ladi. Agar shponlar karbomid elim bilan elimlangan bo‘lsa o‘rtacha chidamli faneralar paydo bo‘ladi. Bu turdagi faneralar namlik kam bo‘lgan joylarda keng qo‘llaniladi. SHu sababli, ularning markalari ham elimlarning nomiga mos ravishda FSF va FK deb ataladi. Elimlangan faneralarning varaqlrining qalinliklari 8=6-12 mm bo‘ladi. Konstruksiyalar tayyorlashda eng ko‘p 7-qavatli fanera keng qo‘llaniladi. Faneralarning o‘lchamlari qo‘yidagicha bo‘ladi. 4.4-rasm. Namlikka chidamli smolalar bilan shimdirilgan (bakelizirovannaya) faneralar yuksak mustahkamlikka ega bo‘lib qurilishda keng qo‘llaniladi. Bu turdagi faneralarning o‘lchamlari esa qo‘yidagicha bo‘ladi. Qalinligi =5... 18 mm, uzunligi l = 1500...7700 mm, eni esa b = 1200... 1500 mm ga tengdir. Faneralarning mustahkamligi oddiy igna bargli daraxtning mustahkamligidan 2,5 barobar kattadir (tolalari bo‘ylab). Hozirgi vaqtda tilog‘och daraxtidan faneralar tayyorlash bo‘yicha katta amaliy ishlar qilinmoqda, chunki, bu turdagi daraxtlarning zahirasi jami mavjud o‘rmonlarning 37 foizini tashkil qiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling