Tom yopmasidagi yog‘och materiallarning devor bilan birikishi esa quyidagicha
amalga oshiriladi.
4.5-rasm. To‘sinning devorga o‘rnatilishi.
Bundan tashqari, chirishidan saqlash uchun materiallar
yuqori haroratda qayta
ishlanishi kerak. Konstruktiv usuldan tashqari himoyada kimyoviy usul ham keng
qo‘llaniladi. Bu usulda yog‘ochlar zaharli kimyo
birikma antiseptiklar bilan
shimdiriladi. Antiseptiklar suvda eriydigan va yog‘li bo‘ladi. Suvda eriydigan
antiseptiklar rangsiz va hidsiz bo‘lib odamlar uchun zararsizdir. Masalan,
ftorli
natriy va kremney ftorli natriy shular jumlasiga kiradi.
YOg‘lik antisepiklar esa ba’zi minerial yog‘li birikmalardir. Masalan, slansli,
antratsenli, toshko‘mir kreozit yog‘laridir. Bu birikmalar suvda erimaydi.
Zambururlar uchun zaharli va o‘tkir hidlidir. Bundan tashqari, insonlar salomatligi
uchun xam zaharli hisoblanadi. Bu turdagi birikmalar yog‘ochga oddiy usulda va
bosim bilan shimdiriladi. Ayniqsa 14 MPa bosimda yog‘ochga
shimdirish katta
samara beradi, chunki birikma ashyolar ichkarisigacha singib ketadi.
Konstruksiyalar tayyorlashda oddiy vannalarda shimdirish kam xarajatli
hisoblanadi, Bundan tashqari, har xil daraxtni kemiruvchi qo‘ng‘izlar va
emiruvchilar ham yog‘ochni buzuvchilar hisoblanadi. Bu turdagi kemiruvchilar
yuqori chastotali quchlanish va yog‘ochni 80
0
S
dan yuqorigacha qizdirish
natijasida yo‘qatiladi.
YOnishdan himoya qilish uchun esa materiallar antiperenlar bilan shimdiriladi.
YOg‘ochga surtilgan bu turdagi birikmalar alangalanish jarayonida yog‘och bilan
kislorod orasida qobiq vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: