O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Download 3.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI FARMAKOTERAPIYA FANI BO‘YICHA TALABALARI UCHUN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA Toshkent – 2016 2
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Xolmurotov M.K.
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi assistenti
ToshFarI Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogic kadrlarni tayeorlash sektori mudiri, t.f.d, dosent Daminova L.T. TDSI 2-sonli terapevtik yo‘nalishlar kafedrasi professori, t.f.d. O‘quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika instituti soha uslubiy kengashining 2016 yil «__» ___________ «__» sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilindi
Soha uslubiy kengash raisi: ______________ S.A.Saidov.
O‘quv-uslubiy majmua MUKda ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. «__» ________ 2016 yil dagi «__» sonli bayonnomasi. 3
I ISHCHI DASTUR ........................................................................... 4 II SILLABUS ...................................................................................... 21 III FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI ................................................................. 28 IV NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI........................... 34 V AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI............................. 172 VI KEYSLAR BANKI........................................................................... 287 VII MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI............................................ 290 VIII TESTLAR.......................................................................................... 292 IX GLOSSARIY..................................................................................... 304 X ADABIYOTLAR RO‘YXATI......................................................... 311 4
I. ISHCHI DASTUR KIRISH Farmakoterapiya muayyan patologik jarayonda eng samarali va havfsiz dori vositalarini klinik farmakologik xususiyatini e’tiborga olgan holda to‘g‘ri tanlash, hamda o‘tkazilayotgan davolashni uning samaradorligini baholovchi mezonlar bilan ta’minlashga qaratilgan. Asosiy kasallik yoki kechayotgan patologik jarayon xususiyatlari va ba’zi ichki va tashqi omillarning (bemor yoshi, jigar va buyrak funksional xolatlari, yondosh kasalliklar borligi va boshqalar) ta’sirini e’tiborga olgan holda engxavfsiz va samarali dori vositani to‘g‘ri tanlash va davolash uchun qo‘llash, har bir muayyan holatda optimal dozalash tartibini aniqlash (bir marotaba, sutkalik, kurs uchun dozalar va dori vositasini organizmga yuborish yo‘llari); o‘tkazilayotgan davolash jarayoni samaradorligi va havfsizligini baholovchi nazorat usullarini tanlash va qo‘llash; nojo‘ya ta’sirlarni kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish, oldini olish va ro‘y berganda bartaraf etish; homiladorlik va emizikli davrlarda, keksa yoshdagi bemorlarlar va bolalarga havfsiz bo‘lgan dori vositani tanlash va ularning samaradoligini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi 5
Fanni o‘qitishdan maqsad - muayyan patologik jarayonda eng samarali va havfsiz dori vositalarini klinik farmakologik xususiyatini e’tiborga olgan holda to‘g‘ri tanlash, hamda o‘tkazilayotgan davolashni uning samaradorligini baholovchi mezonlar bilan ta’minlashga qaratilgan. Faninng vazifalari: - eng keng tarqalgan kasallik va sindromlarda optimal davolashni o‘tkazish maqsadida zarur bo‘lgan dori vositani ularning klinik-farmakologik xususiyatlari, patologik jarayon kechuvini o‘ziga xos tomonlarini va ba’zi ichki va tashqi omillar ta’sirini e’tiborga olgan xolda tanlash; - keng tarqalgan kasallik, patologik sindrom va shoshilinch xolatlarda barcha omillarni e’tiborga olgan xolda dori vositalarini individual dozalash rejasini tanlash; - dori vositalariningfarmakodinamik samarasini baxolash uchun kerakli tekshirish usullarini tanlash va xar bir muayyan xolatda farmakoterapiya samaradorligi va xavfsizligini oshirish maqsadida olingan natijalarni taxlil qilish; - qo‘llanilayotgan dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari xamda patologik jarayon kechuvi xususiyatlarini e’tiborga olib dori vositalari nojo‘ya ta’sirlari kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish, oldini olish, ular kelib chiqqanda o‘z vaqtida bartaraf qilish; - dori vositalarini tanlash, xamda muayyan klinik xolatlarda dori vositaning o‘zaro ta’sirlarini xisobga olib eng xavfsiz va samarali dori vosita kombinatsiyasini to‘g‘ri tanlab davolash.
“Farmakoterapiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - eng keng tarqalgan kasallik va sindromlarda optimal davolashni o‘tkazish maqsadida zarur bo‘lgan dori vositani ularning klinik-farmakologik xususiyatlari, patologik jarayon kechuvini o‘ziga xos tomonlarini va ba’zi ichki va tashqi omillar ta’sirini e’tiborga olgan xolda tanlash; - keng tarqalgan kasallik, patologik sindrom va shoshilinch xolatlarda barcha omillarni e’tiborga olgan xolda dori vositalarini individual dozalash rejasini tanlash; - dori vositalariningfarmakodinamik samarasini baxolash uchun kerakli tekshirish usullarini tanlash va xar bir muayyan xolatda farmakoterapiya samaradorligi va xavfsizligini oshirish maqsadida olingan natijalarni taxlil qilish; - qo‘llanilayotgan dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari xamda patologik jarayon kechuvi xususiyatlarini e’tiborga olib dori vositalari nojo‘ya ta’sirlari kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish, oldini olish, ular kelib chiqqanda o‘z vaqtida bartaraf qilish; 6
- dori vositalarini tanlash, xamda muayyan klinik xolatlarda dori vositaning o‘zaro ta’sirlarini xisobga olib eng xavfsiz va samarali dori vosita kombinatsiyasini to‘g‘ri tanlab davolash; - xomiladorlik va emizikli davrlvrda dori vositalari bilan ratsional davolash bilimlarini xisobga olib xar bir muayyan xolat uchun dori bilan davolash kompleksini tanlash; -keksa va bolalik yoshidagi bemorlarga xavfsiz va samarali dori vositani tanlash, individual dozalash rejasini aniklash, xamda zarur bo‘lgan nazorat usullarini qo‘llashni bilishi kerak.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan ichki kasalliklar propedevtikasi, ichki kasalliklar asosi, normal fiziologiya, mikrobiologiya, patanatomiya, patofiziologiya, farmakologiya, klinik farmakologiya fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Farmakoterapiya fani boshqa klinik fanlar qatori, klinik farmatsevt bilishi zarur bo‘lgan tibbiy bilimlar asosini tashkil etadi. U sog‘liqni saqlash amaliyotida umumiy amaliyot shifokorlarida dori vositalarini ratsional va havfsiz qo‘llash konsepsiyasini shakllantirish bilan birga, talabada klinik fikr yuritishning rivojlanishini ta’minlaydi. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning farmakoterapiya fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda - Murakkab klinik vaziyat masalalari to‘plami - Murakkab bo‘lgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi test savollari to‘plami (kompyuterda ishlanadi) - «Mavzuli» kasallik tarixi va tavsiya varaqalari to‘plami 7
- Ko‘p uchradigan patologik sindromlarni davolashda qo‘llanadigan dori vositani tanlash algoritmlari sxemalari -Ekstremal xolatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan dori vositani tanlash algoritmlari sxemalari - «Rolli» o‘yinlar - Tavsiya varaqasini ekspert baxolashni o‘tkazish sxemasi - Jadvallar, slaydlar -O‘quv videofilmlaridan foydalanish - Kafedradagi «Axborot va maslaxat markazida” tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanayotgan yangi dori vosita bilan tanishtirish. Shulardan kelib chiqqan holda “Farmakoterapiya” fanining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak. 1.
namoyish qilish o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi. 2.
ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish. 3.
Yuqoridagi konseptual yondashuv va “Farmakoterapiya” fanining tarkibi, mazmuni, o‘quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o‘qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi. 4.
O‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, muammoli usul, “aqliy hujum”, insert, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, aniq holatlarni echish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy). 5.
O‘qitishni tashkil qilish shakllari: kollektiv, guruhiy. 6.
O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop) dan kompyuter va axborot texnologiyalari. 7.
karta ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talaballarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.
8
8. Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash.
taqsimlanishi: № Amaliy mashg‘ulotlarning nomi Jami soat Ma’ruz a Amaliy mashg‘ul ot Musta qil ta’lim 1 Personal (P) preparat. Ular kombinatsiyasi, dozalash tartibini tanlash, nojo‘ya ta’sirlar oldini olish va ularni bartaraf etish; o‘tkazilayotgan davolash samarodorligini baxolay olish bilimi, maxorati va ko‘nikmalari. 7 2
3 2 Qon aylanishi etishmovchiligida (o‘tkir va surunkali) dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish. 7 2
3 3 Turli etiologiyali shish sindromida qo‘llanadigan diuretik dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik- farmakologik yondoshish. 7 2
3 4 Arterial gipertoniyalarda dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish. 7 2 2 3 5 Tomir tonusini oshiruvchi preparatlarni tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish. 7 2
3 6 Antianginal dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish. 7 2 2 3 7 YUrak ritmi buzilishlarida qo‘llanadigan dori vositani tanlash va
qo‘llashga klinik-
farmakologik yondoshish. 7 2 2 3
9
8 Gemostaz buzilishlarini korreksiyalashda qo‘llanadigan dori vositani tanlash va qo‘llashga yondoshish. 7 2 2 3 9 Bronxoobstruktiv sindromni davolashda dori vosita tanlash algoritmi. 7 2
3 10 YUqumli kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan mikrobga qarshi
preparatlarni tanlash
algoritmlari. 7 2 2 3 11 Me’da-ichak yo‘li kasalliklari, ichak dispepsiyasi sindromini davolashda qo‘llanadigan dori
vositani tanlash
va qo‘llashga klinik- farmakologik yondoshish. 7 2 2 3 12 Jigar va o‘t pufagi kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarini tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish. 7 2
3 13 Revmatik va autoimmun kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan preparatlarni tanlashga klinik farmakologik yondoshish. 6 2 2 2 14 Metabolizmni yaxshilovchi dori vositalarni tanlash va qo‘llashga klinik farmakologik yondoshish. 4 2
94 28 28 38 Fanning uslubiy jixatdan uzviy ketma-ketligi Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma ketlikda keltiriladi. Xar bir mavzuning moxiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi,ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy siyosiy
va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni 10
erkinlashtirish, iqtisodiy xuquqiy va boshqa soxalardagi isloxatlarning ustivor masalalarini qamrab olishi xamda fan va texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi. NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI 1 -Mavzu: Personal (P) preparat. Ular kombinatsiyasi, dozalash tartibini tanlash, nojo‘ya ta’sirlar oldini olish va ularni bartaraf etish; o‘tkazilayotgan davolash samarodorligini baxolay olish bilimi, maxorati va ko‘nikmalari. Muayyan bir bemorni davolash uchun farmakoterapiyaning ma’lum standartlarini xisobga olgan xolda DV tanlash. DV nojo‘ya ta’sirlarini oldini olish va ularni bartaraf etish. O‘tkazilayotgan farmakoterapiya samaradorligini oshirish uchun preparatlarning ratsional kombinatsiyasini tanlash. O‘tkazilayotgan davorlash samaradorligini baxolash. 2-Mavzu: Qon aylanishi etishmovchiligida (o‘tkir va surunkali) dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish. Qon aylanish etishmovchiligini kechuvi, etiologik omillar, yondosh kasalliklar, kuzatilayotgan patologik jarayonning o‘ziga xosligini va tanlanayotgan preparatning klinik farmakologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda yurak glikozidlari, angiotenzin-hosil qiluvchi ferment ingibitorlari va ijobiy inotrop ta’sirga ega bo‘lgan boshqa dori vositani tanlash. YUqorida ko‘rsatilgan omillar, hamda bemorlar yoshini e’tiborga olgan holda dozalash rejimini aniqlash. «P- preparatni» uning havfsizligi, samardorligi, qulayligi va narxini e’tiborga olgan holda tanlash. Tanlangan preparatlarni samarasi va havfsizligini nazorat qilish. Dori vositani o‘zaro ta’sirlarini e’tiborga olgan holda ratsional kombinatsiyalash. Dori vositani nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish.
11
Klinik xolat xususiyati (qon aylanish etishmovchiligi, arterial gipertoniya, nefrotik sindrom, jigar sirrozli bemorlardagi shish, endokrin patologiya va boshqalar), og‘irligi, shish sindromining keksinligiga bog‘liq xolda diuretik dori vositani tanlash. Ba’zi ichki va tashqi omillar ta’sirini e’tiborga olib, ularni yuborish yo‘llari, dozalash rejimini tanlash. Axborotli va o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan nazorat usullari yordamida diuretik davo xavfsizligini ta’minlash. Diuretiklarni o‘zaro va boshqa dori vosita bilan ratsional kombinatsiyasi. Diuretik preparatlarning nojo‘ya ta’sirlarini patologik jarayon xususiyati, ular farmakodinamikasi va farmakokinetikasi xaqidagi ma’lumotlar, eliminatsiyalovchi organlar xolati, bemor yoshi, xomiladorlik va emizikli davrlarni e’tiborga olgan xolda aniqlash va oldini olish. «P-preparat» tanlash.
klinik-farmakologik yondoshish. Kasallik nazolik turi, miokard asosiy funksiyasining holatlari va yondosh kasalliklarni, hamda gipotenziv preparatlarning klinik-farmakologik xususiyatlarini inobatga olgan holda eng samarali va xavfsiz dori vositani tanlash. Klinik xolat va yuqorida ko‘rsatilgan omillarni e’tiborga olib dori vositani yuborish yo‘llari va dozalash rejimini aniqlash. O‘tkazilayotgan farmakoterapiyaning nazorat qilish usullarini aniqlash. Nojo‘ya ta’sirlar salmog‘i va namoyon bo‘lish darajasi. Tomir tonusini pasaytiruvchi dori vositani o‘zaro va boshqa dori vosita bilan ratsional kombinatsiyasi. Uzoq muddatli gipotenziv davo uchun mo‘ljallangan «P-preparat» yoki uning kombinatsiyasini tanlash. Gipertonik krizlarda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan dori vosita tanlash algoritmlari.
Keskin gipotoniya, kollaps va shok xolatlarida kasallikni nozalogik turi va dori vositaning klinik farmakologik xususiyatlarini e’tiborga olib shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun samarali va xavfsiz dori vositani tanlash. 12
Reanimatsiya bo‘limlari va
kasalxonagacha bo‘lgan
bosqichlarda preparatlarni yuborish yo‘li va tezligini, kerakli dozalarini va optimal davolashni ta’minlash uchun nazorat usullarini belgilash. Nojo‘ya ta’sirlarsalmog‘i va namoyon bo‘lish darajasi, xamda ularni oldini olish. Dori vositani ratsional kombinatsiyalash.
Download 3.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling