O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet35/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Asosiy adabiyotlar

  1. Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology. Express Publishing

  2. Gromov Yu.Yu. Informatsionnыe texnologii. Tambov 2015

  3. Zaxarova I.G. Informatsionnыe texnologii v obrazovanii. Moskva ACADEM'A 2003

  4. David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.

  5. Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya/Palgrave Macmillan.

14-Mavzu: Internet ta’lim uchun web-maydonchalar:
mustaqil ta’limning asosiy elementi sifatida (2 soat)
Reja:
1. Internet tarmog’i xizmatlari. Provayder.
2. Elektron pochta, chat, forumlar.

  1. Skayp, Mail Agent, Google Talk, ICQ.

  2. GOOGLE apps

An'anaviy pochta xizmati. An'anaviy pochta xizmati bizga ma'lum bo'lgan va har
bir shahar va markazlarda hoylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda ho'natilishi rehalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo'llhallanganligi yoziladi. Shu ma'lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u erda saralanib tegishli manzilga eltib berishni ta'minlaydi. Kamchiligi shundaki yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba'zi hollarda umuman etib bormasligi ham mumkin.
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari. Internet-xalqaro tarmog'ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo'lib, faqat bunda xatni qog'ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so'zlarni terib, ma'lum elektron yozuv ko'rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo'lib, uning yordamida Internet tarmog'i orqali dunyoning ixtiyoriy hoyidagi elektron manzilga xat, huhhat, ya'ni ixtiyoriy ma'lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) ho'natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo'natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog'iga ulangan bo'lishi zarur. 5.1-rasm.




Xabar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo'lgan ma'lumot xisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali ho'natishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o'zining matn terish oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin.


Pochta qutisi - bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko'rinishida shakllantiriladi va u o'zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. Elektron
pochta manzillaridagi elektron pochta manzili belgisidan ( @ . ) oldin
kelgan yozuv pochta qutisi nomini anglatadi.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling