O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet58/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Asosiy adabiyotlar

  1. Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology. Express Publishing

  2. Gromov Yu.Yu. Informatsionnыe texnologii. Tambov 2015

  3. Zaxarova I.G. Informatsionnыe texnologii v obrazovanii. Moskva ACADEM'A 2003

  4. David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.

  5. Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya/Palgrave Macmillan

  • 183p.



12- Amaliy mashg’ulot: Internet tarmog’i xizmatlari (Google va boshqa xizmatlar)
Mashg’ulotning maqsadi: Web-xujjatlarni ko'rib chiqish uchun xizmat qiladigan maxsus programmalardir, ya'ni, giperko'rsatgich orqali boshqa ob'ektga o'tishni amalga oshirib beradigan dasturlardir.
Ularning asosiy funksiyasi Web-xujjatlarni aks ettirishdir. Brouzerlarning bir necha o'nlab xili mavjud, masalan, CERN - grafik bo'lmagan brouzer, NCSA Mosaic - birinchi grafik brouzer, Cello - kompyuter resurslarini ishlatish nuqtai-nazaridan eng yaxshi brouzer. Lekin ularning ichida eng keng miqyosda tarqalgani va bir biri bilan raqobatchi sifatida bo'lganlari Google Chrome, OPERA, Mozilla, FireFox, Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer lardir.
Barcha brouzerlar WWW-serverlar bilan maxsus gipermatn uzatuvchi protokol orqali muloqot qiladilar. Uning nomi HTTP - Hyper Text Transfer Protocol bo'lib, boshqa bir matnlarni xam o'z ichiga oladigan gipermatnlarni kompyuterlararo uzatish uchun ishlatiladi. HTTP bo'yicha ulanish jarayoni to'rt bosqichdan iborat: ulanishga erishish, talab qilish, javob olish va tugallash. HTTP programma-mijozi masofada joylashgan kompyuterning 80- raqamli HTTP porti bilan TCP/IP ulanishni amalga oshiradi va so'ngra mijoz HTTP serveriga talab yuboradi. Server javob yuborganidan so'ng mijoz (klient) va server muloqotni to'xtatadilar.
HTTP mijoz tegishli HTTP serveridan ko'pincha gipermatnli faylni (masalan HTML fayl) yoki gipermediali faylni (masalan, tasvir, video, tovush, multiplikatsiya) jo'natishni so'raydi. Server esa bunga javoban talab qilingan faylni baytlar oqimi sifatida lokal programmaviy portga jo'natadi. Web tarmoqdagi foydalanuvchilarga Internet resurslari bo'lgan katta miqdordagi fayllardan foydalanish imkonini yaratadi. Faylni olish uchun WWW ning programma-mijozi faylning nomini, uning qaerdaligini (sayt adresini) va uzatish usulini (ko'pincha HTTP yoki FTP protokollari) ko'rsatsa bas. Ushbu elementlarning kombinatsiyasi resurslarning universal ko'rsatgichi (URL -Universal Resource Locator) deb ataladi.
Ko'pchligimiz Tas-IX haqida eshitganmiz. Uning ichida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo Tas-IX o'zi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi.
Albatta, texnik va ilmiy atamalar odamda dastlab ozgina cho‘chish va mavhumlik hissini uyg‘otadi. Lekin. Ma’nosini tushunib olganingizdan keyin «o‘zingizniki» bo‘lib ketadi. Tas-IX ham shunday. «Tas-IX» atamasidagi «Tas» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Ya’ni Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joy - Toshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» - «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali ma’lumotlar almashinuv nuqtasi deb ta’riflasak bo‘ladi.
Bilasiz, dastlab Internetga ulanish Dial-up modemlar orqali amalga oshirilar edi. Bunda uzog‘i bilan 56 Kb/s tezlikni ta’minlash mumkin bo‘lardi. Keyinchalik, Internet texnologiyalari taraqqiy eta borgach, provayderlar ommaviy ravishda Internetga kengpolosali ulanishni taqdim eta boshladilar. Jumladan, 2004 yildan ADSL texnologiyasi keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi. Ushbu texnologiya ham telefon simi orqali aloqaga asoslangan, lekin ADSL-modem ishlatilganda, ma’lumotlarni uzatish telefon signali.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling