O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 
Elam hujjatlari 
Suza arxivi. Fransuz arxeologlari tomonidan Suzadagi akropolda 
qazish ishlari davrida elam xo‘jalik hujjatlari arxivi topilgan. U erdan 
300 tadan ortiq taxtachaga bitilgan hujjatlar topib o‘rganilgan. Matnlar 
sanasi yo‘q, lekin mazmuniga ko‘ra, ularni ilk ahmoniylar davriga 
(Kir II podsholigi davriga) taalluqli bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi. 
Biroq, bu hujjatlarni so‘nggi Elam podsholigi yillari bilan belgilash 
mumkin (650-630 yy.) yoki bobilliklarning Suzani bosib olish davri 
(600-560 yy.) bilan bog‘lash mumkin. Elam hujjatlari qadimgi 
eronliklar haqida muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, bir hujjat 
ahmoniylar davri Doro I yoki Artakserks I podsholigi davri bilan 
belgilangan. Hozircha bu taxtacha (табличка)ning boshqa taxtachalar 


 
22
bilan bog‘liqligi aniqlanmagan. Hujjatlar V.Sheyl tomonidan nashr 
qilingan, rus tiliga tarjimasi Yu.B.Yusufov tomonidan amalga 
oshirilgan. Yu.B.Yusufov 1-298 matnlar VI asrning ikkinchi chora-
giga to‘g‘ri kelishini, 301-307 matnlar VI asrning ikkinchi yarmiga 
to‘g‘ri kelishini taxmin qiladi. 1950 yil R.Girshman Suzada uchta 
elam xo‘jalik hujjatlarini topgan, bular ham Suza taxtachalari kabi 
o‘sha davrga taalluqli bo‘lgan. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling