O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti


-jadval  Tovar moddiy zaxiralar o’rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana08.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#252132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Soyibov Abdumalik Kurs ishi

1-jadval 

Tovar moddiy zaxiralar o’rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan 

ko’rsatkichlar 

8

 

№  



Tovar –moddiy zaxiralari nomi  

Belgilangan 

kun 

me’yorlari  



1  

Oziq-ovqat 

maxsulotlari 

(mavsumiy 

tayyorlashdan tashqari)  

15 kun  


2  

Mavsumda 

tayyorlanadigan 

oziq-ovqat 

maxsulotlari  

150 kun  

3  

Dori-darmonlar, 



reaktivlar, 

bog’lash 

materiallari va       

60 kun  


 

7

  “O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetini  tuzish  va  ijro  etish  qoidalari”  (O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 



vazirligida 2019-yil 14-martda 1111-son bilan ro‘yxatga olingan) 

8

 18. 



S.U.Mehmonov, D.Y.Ubaydullayev “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” darslik, Toshkent 2019, 

“Sano-standart” nashriyoti. 

qimmatliklarning   miqdor - qiymat   hisobi   



 

dorixona anjomlari  

4  

Barcha  byudjet  tashkilotlari  uchun  yoqilg’i 



(bolalar va  

davolash tashkilotlaridan tashqari)  

75 kun  

5  


Bolalar va davolash tashkilotlari uchun yoqilg’i  

90 kun  


6  

Xo’jalik va kontselyariya materiallari  

45 kun  

7  


O’quv  ilmiy  va  boshqa  maxsus  maqsadlar 

uchun materiallar  

120 kun  

8  


Ozuqa  va em xashak  

120 kun  

9  

Qurilish ta’mirlash materiallari  



45 kun  

      


  Materiallar    bo’yicha  yil  oxiridagi  qoldiqni  me’yorlarini  aniqlash  uchun 

“Nomoliyaviy  aktivlar  harakati  to’g’risida”  hisobotning  060-069  subschyotlari 

bo’yicha  yil  davomida  tashkilot  extiyojlari  uchun  sarflangan  materiallar  qiymati 

olinib, yoqilg’i va moylash materiallari bo’yicha  isitish  mavsumidagi kunlar soni 

(asosan 5 oylik isitish mavsumi -150  kun olinadi), tibbiyot muassasalari bo’yicha 

oziq-ovqat  mahsulotlarining  har  bir  guruhi  bo’yicha  ko’rsatilgan  summa  360  ga, 

boshqa  byudjet  tashkilotlari  bo’yicha  tashkilot  extiyojlari  uchun  sarflangan 

materiallar  va  oziq-ovqat mahsulotlari har bir guruhi bo’yicha 305 ga bo’linadi va 

chiqqan natija materiallar  bo’yicha belgilangan kun me’yorlariga  ko’paytiriladi. 

Chiqqan natija me’yor hisoblanib balansning 060-069 subschyotlari qoldig’i bilan 

solishtiriladi.  Agar  materiallar  qoldig’i  chiqqan  me’yordan  ortiq  bo’lsa,  o’sha 

summaga keyingi yil xarajatlar smetasida  materiallar xarajat  moddasi summasini 

moliyalashtirish kamaytiriladi.  

Budjet  munosabatlari  davlatning  markazlashtirilgan  pul  mablag’lari 

jamg’armasida  moddiylashadi.  Bu  jamg’arma  taqsim  qilinishi  sababli  uning 

shakllanishi  va  sarflanishi  qiymat  xarakati  orqali  ifoda  etiladi.  Bu  jarayon  davlat 

tomonidan  yig’iladigan  va  sarflanadigan  pul  resurslari  oqimlari  ko’rinishiga  ega 

bo’ladi.  Davlat  byudjeti-  davlatning  soliqlar  yordamida  jamlanadigan  eng  yirik 




 

markazlashtirilgan  pul  jamg’armasidir  hamda  moliyaviy  rejalar  tizimida  yetakchi 

o’rinda  turadi.  Davlat  byudjeti  davlat  tomonidan  o’z  funksiyalari  va  vazifalarini 

amalga  oshirish  yo’lida  sarflanadi.  Byudjet  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  o’zining 

tegishli moddiy ifodasiga ega. 

Shartli misol tariqasida quydagini keltiramiz. 

Byudjet tashkilotida 2019 yil yillik hisobotga asosan materiallarni o’rnatilgan 

me’yorlar bo’yicha hisob-kitob qilinganda xo’jalik va kontselariya mollari, yoqilg’i  

moylash materiallari bo’yicha  me’yordan ortiqcha qoldig’i  mavjudligi aniqlandi. 

Hisob-kitobni  amalga  oshirish  uchun  5-son  shakldagi    “Nomoliyaviy  aktivlar 

xarakati to’g’risida”gi hisobotdan foydalanamiz.   

A) 

Hisobotga ko’ra xo’jalik va  kantselyariya mollari  qoldig’i yil oxiriga  

78000  ming  so’mni  tashkil  etgan.  Yil  davomida  190000  ming  so’mlik  xo’jalik  va 

kantselyariya    mollari  sarfi  amalga  oshirilgan.  Me’yordan  ortiqcha  qoldiqni 

mavjudligini aniqlash uchun quyidagi amallar bajariladi:  

1) 

190000 ming so’m / 305= 623 ming so’m  

2) 

623 ming so’m * 45= 28032.8 ming so’m  

3) 

28032,8 ming so’m – 78000 ming so’m = - 49967,2 ming so’m.  

         Demak,  me’yordan    ortiqcha  49967,2  ming  so’mlik    xo’jalik  va  

kantselyariya mollari qoldig’i mavjudligi aniqlandi.  

B) 

Hisobotga ko’ra yoqilg’i  va moylash materiallari qoldig’i yil ohiriga 

54000 ming so’mni tashkil etgan. Yil davomida 205000 ming so’mlik yoqilg’i va 

moylash  materiallari    sarfi  amalga  oshirilgan.  Me’yordan    ortiqcha  qoldig’i  

mavjudligini aniqlash uchun quyidagi amallar bajariladi:  

1) 

205000 ming so’m / 305 = 672,1 ming so’m  

2) 

672.1 ming so’m * 75 = 50409,8 ming so’m  

3) 

50409,8 ming so’m – 54000ming so’m = -3590,2 ming so’m.  

         Demak,  me’yordan  ortiqcha  3590,2  ming  so’mlik  yoqilg’i  va  moylash 

materiallari qoldig’i mavjudligi aniqlandi (2 - jadval). 

9

 



 

9

 Malikov T.S., Haydarov N.X. Byudjet daromadlari va xarajatlari. - Tashkent:  "IQTISOD-MOLIYA", 



 2019 y. - 45 b.; 


 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling