O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#260106
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

17

www.uzse.uz 

18

www.uzse.uz 


57

 

 



normativ  hujjatlarda  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  har  qanday  funksiyalarni 

bajarish  uchun  biron-bir  cheklashlar  yo’q.  Demak  banklar  emitent,  investor, 

investitsiya  muassasasi  sifatida  ham  ish  olib  borishlari  mumkin.  Banklarning 

barqaror  moliyaviy  ahvoli  va  bank  operatsiyalarining  yuksak  darajadagi 

daromadliligi  banklarga  katta  hajmdagi  resurslarni  qimmatli  qog’ozlar  bilan 

operatsiyalarga  yo’naltirish  imkonini  beradi.  An’anaviy  bank  operatsiyalari 

bo’yicha  daromadlilik  darajasi  pasayishi  banklarni  boshqa  muqobil  daromad 

manbalari  ustida  yanada  faolroq  ishlashga  majbur  qilmoqda.  Mijozlarning 

moliyaviy-xo’jalik  faoliyati  to’g’risida  keng  ko’lamli  axborotga  ega  bo’lgan 

banklar yirik emitentlar sifatidagina emas, ayni paytda yirik investorlar sifatida 

ham  faoliyat  yuritmoqda.  Banklar  o’z  salohiyatidan  faol  tarzda  foydalanib, 

qimmatli  qog’ozlar  bozorida  bevosita  ishtirokchi  va  shu  bilan  birga  umuman 

qimmatli qog’ozlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni 

yuzaga  keltiradigan  fond  bozori  infratuzilmasining  muhim  yordamchi 

muassasasi  sifatida  ham  tobora  kattaroq  ahamiyatga  ega  bo’lib  bormoqda. 

Banklarda  o’z  qimmatli  qog’ozlarini  chiqarish  asosida  o’zlarining  ustav  va 

aylanma  jamg’armalariga  qo’shimcha  resurslarni  jalb  etish  ehtiyoji  borligi 

qimmatli qog’ozlar bozorida banklarni faollashtirishning eng muhim omillaridan 

biridir.  

O’zbekiston  Respublikasi  fond  bozori  faoliyat  yuritib  kelayotgan  davr 

mobaynida  mamlakat  tijorat  banklari  uning  faol  ishtirokchilari  bo’libgina 

qolmasdan, bozor infratuzilmasini shakllantirishga doir vazifalarning bir qismini 

ham  o’z  zimmalariga  oldilar.  Bu  borada  O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki  haqli  ravishda  etakchi  o’rinlardan  birini  egallab 

turibdi.  Respublikadagi  eng  katta  universal  bank  hisoblanuvchi  O’zmilliybank 

fond  bozorida  avvalo  investor  sifatida  ishlamoqda.  Bunda  u  korxonalarning 

ishlab  chiqarish  salohiyatini  kengaytirishga  qaratilgan  milliy  investitsiya 

dasturiga tayanib ish ko’rayapti. 

O’zR  Prezidentining  “Iqtisodiyot  real  sektori  korxonalarining  moliyaviy 

barqarorligini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  2008  yil  18 




58

 

 



noyabrdagi  PF-4053  sonli  Farmonini  bajarish,  shuningdek  O’zbekiston 

Respublikasida  qimmatli  qog’ozlar  bozori  infratuzilmasini  rivojlantirish 

maqsadida  Bank  tomonidan  ikki  boshqaruvchi  kompaniya  –  “NBU  INVEST 

GROUP” OAJ va “NBU Investment” OAJ tashkil etildi. Bu kompaniyalarning 

ustavida  belgilangan  asosiy  vazifalar  xorijiy  investitsiyalarni,  investitsiya 

fondlarini tashkil qilish, konsalting, anderrayting, depozitar xizmatlar ko’rsatish 

hamda  iqtisodiy  nochor  korxonalarning  mulki  negizida  tashkil  etilgan  shu’ba 

korxonalarning aktivlarini samarali boshqarishdan iboratdir. 

Qimmatli qog’ozlar bozoridagi bank operatsiyalari bo’yicha asosiy moliya 

vositalari quyidagilardan iborat:  

   •  davlat  qimmatli  qog’ozlari  va  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

bankining obligatsiyalari; 

  • depozit sertifikatlari va depozit (jamg’arma) sertifikatlari; 

 • korporativ obligatsiyalar; 

 • aktsiyalar. 

Bank  qimmatli  qog’ozlardan  dividendlar,  foizlar,  kurs  (bozor)  qiymati 

o’sishi  ko’rinishida,  shuningdek  yangi  mijozlarni   hisobiga  faoliyat  sohasi 

kengayishidan  daromad  olish  istiqbollari  mavjud  bo’lgan  hollarda,  aktivlar 

likvidligi  talablarini  hisobga  olgan  holda,  qimmatli  qog’ozlarga  mablag’larni 

investitsiyalaydi. Bankning o’z mablag’lari mamlakat iqtisodiyoti va/yoki Bank 

uchun  strategik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  emitentlarning  qimmatli  qog’ozlariga 

ham yo’naltirilishi mumkin.  




59

 

 



 


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling