O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Konsalting - konsalting firma tomonidan har qanday iste‘molchiga keng  ko‗lamdagi maslahat xizmatlarini ko‗rsatish.  Konsern


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Konsalting - konsalting firma tomonidan har qanday iste‘molchiga keng 
ko‗lamdagi maslahat xizmatlarini ko‗rsatish. 
Konsern - manfaatlarning mos kelishi asosida korxonalar umumlashuvi
birlashuvining rivojlangan shakli. Konsernga kiruvchi korxonalar mustaqil korxona 
hisoblangani bilan yahaqiqatda yagona xo‗jalik rahbarligiga bo‗ysunadi. Konsernda 
konsorsiumdan farqli o‗laroq, yagona iqtisodiy siyosat yurgizish, moliyaviy 
manbalarning bir qismini to‗plash va ayrim boshqa vazifalar markazlashtiriladi. 
Kredit kartochkasi - eletron bank tizimlari orqali tovar va xizmatlarni naqd 
pulsiz to‗lash instrumenti. 
Kross-kurs - ikki xorijiy valyutani kesishuvchi kotirovkasi, bunda 
valyutalarning hech biri kursni belgilovchi bitimni imzolagan ishtirokchining milliy 
valyutasi bo‗la olmaydi.


142 
Ko„ngilli eksport cheklashlari (KECh) - tashqi savdo hamkori tomonidan 
ikkinchi biri bilan kelishilgan holda eksport operatsiyalari hajmini chegaralash. 
Lizing - mashina, qurilmalar, texnologiya va ko‗chmas mulkni ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berish. 
Litsenziyalash - davlat tomonidan huquqiy va jismoniy shaxslarga tashqi 
iqtisodiy operatsiyalar olib borishga ruxsat berish .
Marja - valyuta xaridori va sotuvchisi kurslari o‗rtasidagi farq.
Marjinal (qo„shilgan) foyda - sotish narxi va o‗zgaruvchan xarajatlar 
yig‗indilari orasidagi farq. 
Maastrixt shartnomasi - shartnoma 1993 yilning 1 fevralida imzolangan 
bo‗lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a‘zo bo‗lgan 12 davlat o‗rtasidagi kelishuv. 
“Marshall plani” - AQSHning davlat kotibi J.X.Marshall tomonidan 1947 
yilning 5 iyunida ilgari surildi, AQSH tomonidan Ikkinchi jahon urushida vayron 
bo‗lgan evropa mamlakatlari xo‗jaligini tiklash va rivojlantirish uchun berilgan 
iqtisodiy yordamdir. Yevropaning 17 davlati (sobiq SSSR va sotsialistik yo‗lni 
tanlagan Sharqiy Yevropaning barcha davlatlaridan tashqari) a‘zo bo‗lgan edi. 
Marshall rejasiga ko‗ra 4 yil ichida 14 mlrd. doll. yordam uyushtirildi. Ko‗rsatilgan 
yordamning 60 %dan ko‗prog‗i Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va G‗arbiy 
Germaniyaga to‗g‗ri kelgan edi. Bu davlatlar iqtisodiyoti 50-yillardan so‗ng tez 
rivojlanish davriga qadam qo‗ydi. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling