O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Download 337.32 Kb.
bet64/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Ijtimoiy marketing. Ijtimoiy marketing iste‘molchilar va ushbu tovar o’rtasida ayirboshlashga ijobiy ta‘sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta‘sir ko’rsatadigan notijorat harakatlarini o’z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo’ladi. Ingliz tilidagi ifoda to’laroq ma‘no beradi: cause related marketing. Ijtimoiy marketingdan oldin ijtimoiy-etika
marketingi mavjud bo’lgan bo’lib, uning uchun birlamchi vazifa uzoq muddatli
istiqbolda iste‘molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan iborat bo’lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamotchilik marketingi va ekologiya marketingi sanaladi.
Geomarketing. Geomarketing taklifni yaxshiroq moslashtirish uchun mahalliy iste‘molchilar talabini tushunish va aniqlashga yo’naltiriladi. U ko’cha/kvartal/sektor tipologiyasini aniqlash uchun iqtisodiy makonlarni aniq va geografik tahlil qilishga asoslanadi. Marketing nazariyasini geomatikadan ajratishga intiladiganlar bu marketingni makon marketingi deb ataydilar. Geomatika – geografik va kartografik tarkibiy qismlar bilan raqamli ma‘lumotlarni taqdim etish va tahlil qilishga bag’ishlangan texnikalar to’plamini birlashtiradigan fandir. Mikromarketing – geomarketingdan kengroq tushuncha bo’lib, reaksiya darajasi yuqori bo’lgan iste‘molchilar mikrosegmentlarni aniqlash va xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan bozorlarni juda nozik segmentlashga asoslanadi.
Munosabatlar marketingi. Munosabatlar marketingidan maqsad – korxona va mijoz uchun o’zaro manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o’rnatish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashdir. Tahlil mijozning (korxona, xaridor, iste‘molchi) individuallashuviga yo’naltiriladi va ishonchli mijozlar va ta‘minotchilar o’rtasida uzoq munosabatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. Keyingi maqsad ushbu mijoz uchun tovarlar va xizmatlarni to’g’ri tanlashdan iborat (aksincha emas). Agar aniqroq aytadigan bo’lsak, one-to-one marketing (yoki munosabatlar marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish va aynan unga xizmat ko’rsatish bo’lib, bunda mijozni personifikatsiya qilish uchun axborot texnologiyalari va ma‘lumotlar to’plamlari foydalaniladi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling