O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Xalqaro standartdan foydalanish asosida auditorlik xulosasi va
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
3.2. Xalqaro standartdan foydalanish asosida auditorlik xulosasi va
hisobotini tuzishni takomillashtirish masalalari Xalqaro audit amaliyotiga ko`ra auditorlik faoliyatida muhim masalalardan biri auditorlik tekshiruvlarini o`zida aks ettirgan auditorlik hisobotlari va xulosalari asosida audit natijalarini rasmiylashtirish orqali mijozlarga zarur axborotlarni yetkazib berish hisoblanadi va ularni amaliy yechimlarini topish muhimdir. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad xo`jalik subyektlari daromadligi, likvidligi va to`lov qobiliyatiga jiddiy e'tibor qaratish natijasida auditor tomonidan beriladigan audit natijalariga bog`liq bơladi. Biroq, natijalarni ifodalashni tartibga soluvchi mahalliy va xalqaro me`yorlarning orasidagi tafovutlar audit natijalariga nafaqat baho berish, balki anglab yetishni murakkablashtiradi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24 apreldagi PF-4720-son 61 www.sciencedirect.com. M.Robuloan, B.Robu. The Influence of the Audit Report on the Relevance of Accounting Information Reported by Listed Romanian Companies. Procedia Economics and Finance.2015. Pages 562-570-. 76 «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni, 2015 yil 28 apreldagi «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-2340-sonli qarori, 2007 yil 4-apreldagi «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko`rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to`g`risida»gi PQ-615-sonli qarori hamda auditorlik faoliyatiga tegishli bo`lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda auditning xalqaro standartlari va milliy standartlarni yaxlit ko`rinishga keltirish va ham mahalliy ham xorijiy foydalanuvchilarga birdek tushunarli bo`lgan auditorlik hisoboti va xulosalarining yagona namunasini ishlab chiqish talab etiladi. Audit faoliyatidagi auditorlik hisoboti va xulosalarni tuzish va taqdim etishdagi standartlardagi muammolarni bartaraf etish hamda takomillashtirish yo`llarini ishlab chiqish uchun avvalo ulardagi tafovutlarni ko`rib chiqish lozim. Standartlar o`rtasidagi eng birinchi tafovut bu auditorlik hisoboti va xulosalari bilan bog`liq masalalarni tartibga soluvchi standartlarning soni hamda ko`lamida seziladi. Ushbu farqlarni tahlil qilish uchun ularni rasm ko`rinishiga keltirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ushbu tahlilni amalga oshirishda auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditning xalqaro standartlari bilan taqqoslangan hamda umumiy auditorlik hisoboti va xulosasi bo`yicha standartlar tafovutlari yaqqol ko`rsatib berilgan. Quyida xalqaro va milliy standartlar soni orasidagi farq rasmda keltirilgan (3.4-rasm). Rasmdan ko`rinib turibdiki, xalqaro va mahalliy amaliyotda auditorlik hisoboti va xulosasi uchun belgilangan me`yorlar ko`lami har xil. Milliy amaliyotda auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish va taqdim etish uchun birgina 70-standart qo`llanilsa, xalqaro faoliyatda 6 ta standart, maxus masalalarni tekshirish bo`yicha auditorlik hisoboti va xulosasi masalalarini tartibga solish uchun esa milliy amaliyotda 1 ta(xulosa masalasi yoritilmagan) xalqaro auditda 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling