78
3.2-jadval.
Auditorlik hisoboti va xulosasi bo`yicha qo`llaniladigan standartlar
taqqoslama jadvali
63
O`zbekiston
Respublikasining
auditorlik faoliyatining milliy
standartlari
Rossiya Federatsiyasi
auditorlik faoliyatining
federal qoidalari standartlari
AFMS №70
"Auditorlik
hisoboti va moliyaviy
hisobot to`g`risidagi auditorlik
xulosasi"
AFFS № 1/2010
“Buxgalteriya(moliyaviy)
hisobot
to`g`risida
auditorlik xulosasi va uning haqqoniyligi to`g`risida
fikrning shakllanishi
AFMS № 80
“Maxsus
savolni
tekshirish
natijalari
bo`yicha
auditor
hisoboti “
AFFS № 2/2010
“Auditorlik xulosasida modifikatsiyalashgan fikr”
AFFS №3/2010
“Auditorlik xulosasida qo'shimcha axborotlar”
Jadvaldagi ma`lumotlardan ko`rinib
turibdiki, milliy standart xalqaro
standartlarning o`zidangina emas, boshqa mamlakatlardan ham farq qiladi.
Demak, auditorlik hisobotlarini butun jahon
foydalanuvchilariga birdek
tartibda va mazmunda yetkazib berish me`yorlari MDH ning boshqa
mamlakatlarida ham yechimini topmagan muammo hisoblanadi. Biroq,
Rossiya
Federatsiyasining Moliya Vazirligi 26-sentabr 2017-yilgi 147N raqamli buyrug`iga
binoan Rossiya Federatsiyasi auditorlik faoliyatining federal qoidalari
standartlarini tasdiqlash tog`risidagi buyruqlari o`z kuchini yo`qotgan deb e`lon
qilingan va bu milliy standartlarning xalqaro
standartlar foydasiga audit
amaliyotidan olib tashlanishidan dalolat beradi
64
.
MDH mamlakatlaridan Ozarbayjon Respublikasida esa auditning xalqaro
standartlariga 2010-yilning 1-yanvarida to`liq o`tib bo`lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: