O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
hermann hesse asarlarida gumanizm chol borisi va nyurenbergga sayohat asarlari misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asl nusxada
- 3.2.”Cho’l bo’risi” asarida xarakterning berilishi
- Harri
- Hermina
- Pablo, Mariya va boshqalar
Tarjimada: … xonasiga o’sha oqshom tongga qadar chiroq o’chmadi. Bamisoli qafasga qamalgan bo’riday soatlab bedor yurib chiqdi. 38
Bu misolning har ikkala muqobilida ham qiyoslash obrazlilik vositasi sifatida keltirilgan ya’ni, bu yerda qiyoslash qahramonning tunda kechgan holatini izohlash uchun xizmat qilyapti.
… Gellasen sah die dunkle steinerne Wand mich an, in tiefer Dämmerung Kugeschlossen, tief in ihren Traum versunken. 39
Tarjimada: … Qoramtir tusli poydevor menga vazminlik bilan mahdud boqdi, u allaqachon chuqur uyquga cho’mgan edi. 40
Bu gapga esa jonlantirish ishtirok etgan, ya’ni insonga yoki jonzodga xos bo’lgan xususiyat jonsiz narsaga, ya’ni devorga ko’chirilgan. Asl nusxada: … Wie sollte ich nicht ein SteppenWolf und Ruppiger Eremet sein inmetten einer welt von deren Zielen ich keines Teile, von deren Freuden keine zu mir spricht ?! Tarjimada: … Bu dunyoning murod-maqsadlariga tushunmasam, quvonchlariga sherik bo’lolmasam, men cho’l bo’risi bo’lmay, men nochor zohid bo’lmay, yana kim bo’lsin axir?!
37 Hermann Hesse.“Der Steppenwolf“.Suhrkampf Verlag.Frankfurt am Mein.2007.Seite 9 38 Ҳерманн Ҳессе. ”Чўл бўриси”роман.Шарқ нашриёти-2006,12 бет 39 Hermann Hesse.“Der Steppenwolf“.Suhrkampf Verlag.Frankfurt am Mein.2007.Seite 37 40 Ҳерманн Ҳессе.Чўл бўриси.Шарқ нашриёти.Тошкент-2006,40 бет
40
Bu yerda ikki xil xolatni uchratishimiz mumkin. Gapga faqat ritorik so’roq ishlatilgan, tarjimaga esa, ritorik so’roq bilan birgalikda ma’noni ko’paytirish maqsadida alletiratsiya ya’ni bosh harfi bir xil bo’lgan so’zlar ham qo’llanilgan. Asl nusxada: … Ich suchte die kleine altväterische Kneipe auf….. 41
… kichkinagina daqqiyunisdan qolgan qovoqxonani izlab topdim. 42
Bu gapda metaforik sifatlash mavjud bo’lib qovoqxonaning juda eski, ko’p yillardan buyon mavjudligini bildiryapti. Bu yerda “altväterische” so’zi bilan “daqqiyunusdan qolgan” iborasi bir-biriga judayam mos kelgan deya olamiz. Chunki “daqqiyunusdan qolgan” “otam zamonidan qolgan” kabi iboralar bizning kundalik turmushimizda ham tez-tez uchrab turadi.
… Harry verfährt, obwohl er ein hochgebildeter Mensch ist, etwa wie ein Wilder, der nicht über zwei hinaus zählen kann.
… Harri, garchi u juda o’qimishli kishi bo’lsada ikkidan ortiq sanashni bilmaydigan yovvoyidek hammayoqni chalkashtirib yuboradi. Bu misolda bir nechta vositalardan foydalanilgan, ya’ni bir gapda ham litota, ham qiyoslash hamda sifatlash yonma-yon tarzda ishtirok etyapti. Ushbu gapda bir paytning o’zida bir necha xil obrazli vositalar, ya’ni antiteza, uyushiq bo’laklar va qiyoslash, fikrni davom ettirish va bir-birini to’ldirish uchun xizmat qilayapdi. Asl nusxada: … Wenn ich aber mein Blaserder nehme und einen zügigen Schimmy spiele, so mag der Schimmy gut sein oder schlecht, er wird doch denn Leuten Freude machen, er führt ihnen in dei Beine und ins Blut. Tarjimada:
41 Hermann Hesse.“Der Steppenwolf“.Suhrkampf Verlag.Frankfurt am Mein.2007.Seite 30 42 Ҳерманн Ҳессе.Чўл бўриси.Шарқ нашриёти.Тошкент-2006,34 бет
41
… Agar men karnayimni qo’limga olib, uni hammabop “Shimmi” ga chala boshlasam, “Shimmi” yaxshi yo yomon chiqishi mumkin, biroq endi u odamlarga quvonch baxsh etadi, odamlarning vujud-vujudiga singib ularni hatto o‘yinga ham tushurib yuboradi. Bu gap oddiy ibora bilan berilgan, tarjimaga esa mubolag’a ishtirok etyapti. Bu albatta, ma’noning ta’sirliroq chiqishi uchun xizmat qilgan.
… der Schaum des Angenblicksglückes spritat zu weilen so hoch und blendend über das Meer des seides hinans
… bir lahzalik baxt-omad ko’pincha ko’zni qamashtirarli darajada qaynab chiqib, iztirob dengizi qirg’oqlaridan toshib ketadi. Bu gapga ham obrazlilik libosi kiydirilgan desak yanglishmagan bo’lamiz. Albatta, tarjimada bir nechta obrazli vositalarini bir paytda qo’llash usuli badiiy jozibadorlikni oshiradi.Shuning uchun tarjimon bu usuldan unumli foydalangan. Asl nusxada: … War den nicht dies das Ziel, nach welchem jenes Menschen leben linen Anlauf und Versuch betentete?
… Musibat ko’rgilik va kulfatlarga to’la har bir inson hayotining murod- maqsadi va muddaosi ham aslida shu emasmikan? Bu yerda tarjimonning antonim so’zlardan mohirlik bilan foydalanganligi ko’rinib turibdi, ya’ni sinonimlar “allteratsiya” maqsadida qo’llanilgan. Bu esa tarjimaning chiroyli chiqishi va o’quvchi diqqatini jalb qilish uchun xizmat qiladi. Bu usuldan gap hajmini ko’paytirishda ham foydalanish mumkin. Asl nusxada … Der Morgen gähnte schon durch die scheiben der bleierne, verdamte Morgeneins Winterregentages, als ich intlich zu Bette kam. Tarjimada: 42
… Nihoyat o’ringa yotayotganimda deraza oynasidan tong yomg’irli qish kuning yurakni siqadigan, og’ir, ziq, dilgir tongi angrayib qaray boshlagandi. Ushbu misolda ham sifatlash va jonlantirish mavjud bo’lib, so’zma-so’z tarjima qilingan desa ham bo’ladi. Lekin tarjimada biroz mubolag’a bo’rttirish ham mavjuddir. Cho’l bo’risi uslubi juda ravon sodda, tili boy asar. Obrazlar va xarakterlar olmon tilining boy badiiy tasviri vositalari orqali berilgan. Asar she’riy parchalar, frazeologizmlarga boy. Mazkur asarda tarjimashunoslikda eng qiyin masala hisoblangan iboralarning tarjimasi ham asosan to’g’ri talqin qilingan. Biz quyida ana shu fikrlarimizni ba’zi misollar orqali isbotlashga harakat qilamiz.
Er lebte sehr still und für sich, und wenn nicht die nachbarliche Lage unserer Schlafräume manche zufällige Begegnung auf Treppe und Korridor herbeigeführt hätte, wären wir wohl überhaupt nicht miteinander bekannt geworden, denn gesellig war dieser Mann nicht, er war in einem hohen, von mir bisher bei niemandem beobachteten Grade ungesellig, er war wirklich, wie er sich zuweilen nannte, ein Steppenwolf, ein fremdes, wildes und auch scheues, sogar sehr scheues Wesen auf einer anderen Welt als der meinigen. Tarjimada: U juda osoyishta, o’zi bilan o’zi andarmon bo’lib yashardi. Yotoqxonalarimizning yonma-yonligi sabablimi, zinada yo yo’lakda ba’zan ro’para kelib, ko’rishib turmaganimizda agar, bilmadim, bir-birimizni umuman tanimagan, bilmagan bo’larmidik, chunki bu odam kamgap, va shu qadar, men hali hech qachon hech bir kimsada kuzatmagan darajada odamovi, haqiqatan ham, o’zini-o’zi ba’zan atagandek, cho’l bo’risi, menga qaraganda boshqa bir olamdan bo’lgan, begona yovvoyi va jur’atsiz, hattoki juda bir yuraksiz zot edi. Asl nusxada Er lächelte dazu, und meine gute Tante lächelte auch,….. ich aber fand diese Begrüßungsworte eher komisch und hatte etwas gegen ihn.
43
va, kulimsiradi, bunga javoban xolam ham jilmaydi,….. biroq menga bu salom-alik kulgili tuyuldi va ichimda uni yanib qo’ydim. Yuqoridagi misolda tarjimon salmog’i jihatidan originalga mos tushunadigan frazeologizmni topishga harakat qilgan. Asl nusxadagi “etwas gegen jemanden haben” (kimgadir nimagadir qarshi bo’lmoq) iborasini „yanib qo’ymoq „iborasi bilan izohlagan. Bu bilan nemis iborasining o’zbek tilidagi muqobil variantini aks ettira olgan. Asl nusxada Eines solchen Ausspruches, welcher aber nicht einmal ein Ausspruch war, sondern lediglich in einem Blick bestand, erinnere ich mich aus der letzten zeit seines Hierseins. Da hatte ein berühmter Geschichtsphilosoph und kulturkritiker, ein Mann von europäischen Namen, einen Vortrag in der Aula angekündigt, und es war mir gelunden, den Steppenwolf, der erst gar keine Lust dazu hatte, zum Besuch des Vortrags zu überreden.
Shu o’rinda bir hikmatli fikr, uni hikmatli deb ham bo’lmaydi, balki atiga birgina nigoh bilan bog’liq bo’lgan voqeani aytib o’tmoqchiman. Nima bo’ldi-yu, mashhur bir tarixchi faylasuf, Yevropada nomi chiqqan madaniyat munaqqidi ma’ruza qiladigan bo’lib qoldi. Unga borishga cho’l bo’risini ham, garchi uning sira-sira ishtiyoqi bo’lmasa-da, arang ko’ndirishga muvaffaq bo’ldim. Ushbu misoldagi “keine Lust haben” (ishtiyoqi, kayfiyati yo’q bo’lmoq) iborasi tarjimasini to’g’ri bera olgan. Asl nusxada: Wir gingen zusammen hin und saßen im Hörsaal nebeneinander. Als der Redner seine Kanzel bestieg und seine Ansprache begann, enttäuschte er manche Zuhörer, welche eine art von Propheten in ihm vermutet hatten, durch die etwas geschniegelte und eitle Art seines Auftretens. Als er nun zu reden began und zum Beginn den Zuhörern einige Schmeicheleien sagte und für ihr zahlreiches Erscheinen dankte, da warf mir der Steppenwolf einen ganz kurzen Blick zu, einen Blick der Kritik über diese Worte und über die ganze Person des Redners, oh, 44
einen unvergeßlichen und furchtbaren Blick, über dessen Bedeutung man ein ganzes Buch schreiben könnte! Der Blick kritisierte nicht bloβ jenen Redner und machte den berühmten Mann durch seine zwingende, obwohl sanfte Jronie zunichte, das war das wenigste daran. Der Blick war viel eher traurig als ironisch, er war sogar abgründig und hoffnungslos traurig…. 43
Ma’ruzani tinglashga birga bordik va yonma-yon o’tirdik. Notiq minbarga chiqib, so’z boshlashi bilanoq, uni payg’ambardek kutib olgan ba’zi bir tinglovchilarning hafsalasi pir bo’ldi, nega desangiz, u oliftanamo, keksaygan edi. So’zini boshlarkan, u tinglovchilarga tilyog’lamalik qilib, ko’pchilik bo’lib kelishgani uchun minnatdorchilik izhor qildi. Shunda cho’l bo’risi menga rov qarab qo’ydi. Bu nigohda notiqning so’zlari-yu, uning butun shaxsiyati ustidan keskin tanqid zohir edi. O, bu shunaqangi esdan chiqmaydigan, qo’rqinchli nigoh ediki, uning mazmun-mohiyati haqida butun bir kitob yozsa bo’lardi! Nigoh o’zining asosli, nozik kinoyasi bilan nafaqat notiqning o’zinigina tanqid qilar, balki bu mashhur odamni yer bilan bitta qilib tashlardi, biroq bu hali holva edi. Uning qarashida kinoyadan ko’ra ko’proq iztirob, hattoki tagsiz-tubsiz, noumid qayg’u- alam mujassam edi…. 44
ifodalagan stilistik ma’no qirralari esa rang-barangdir. Tarjimon M.Akbarov tarjimada har bir so’zning, iboraning ma’nosini obdon o’ylab, taroziga solib ma’qul variantini bera olgan. Asl
nusxadagi “entäuschen” iborasini “hafsalasi pir bo’lmoq”, “schmeichelein” so’zini “tilyo’g‘lama”, “einen Blick zuwerfen” iborasini “rov qarab qo’ymoq”, “furchtbarer Blick” so’zini “qo’rqinchli nigoh”, “zunichte machen” iborasini “yer bilan bitta qilib tashlamoq”, “Das Wenigste daran” iborasini “bu hali holva” deb asl nusxaga monand aks ettira olgan.
43 Hermann Hesse.“Der Steppenwolf“.Suhrkampf Verlag.Frankfurt am Mein.2007.Seite 10 44 Ҳерманн Ҳессе.Чўл бўриси.Шарқ нашриёти.Тошкент-2006,12 бет
45
Tarjimonning muvaffaqiyati Harri Hallerni xarakterini o’zbek tilida ham gavdalantira olganidadir. U Harri Haller ruhiy holatini asl nusxadagidek bera olgan. Muallif xarakteristikasining biror so’zini tashlab ketmay ularni tarjima ko’zgusida jonli aks ettira olgan.
Einmal konnte ich ihn einen ganzen Abend lang beobachten, in einem Symphoniekonzert, wo ich ihn zu meiner Überraschung in meiner Nähe sitzen sah, ohne daß er mich bemerkte Erst wurde Hägespielt, eine edle und schöne Musik, aber der Steppenwolf saß in sich versunken und ohne Anschluß, weder an die Muzik noch an seine Umgebung. Unzugehörig, einsam und fremd gab er, mit einem kühlen, aber sorgenvollen Gesicht vor sich nieder blickend.
Bir kuni kechqurun simfoniya konsertiga tushgandim. Kutilmaganda uni ko’rib qoldim. U mening shunday yaqinginamda o’tirar, biroq meni ko’rmasdi. Uni anchagina kuzatishga muvaffaq bo’ldim. Avval Hendelning go’zal va ajoyib musiqasi ijro etildi, biroq cho’l bo’risi o’zi bilan o’zi ovora, na musiqaga, na atrofidagilarga e’tibor qilar, yolg’iz o’zi, yot, loqayd, biroq o’ychan, sertashvish qiyofada pastga qarab o’tirardi.
Dann kam ein anderes Stück. Eine kleine Symphonie von Friedeman Bach, und die war ich erstaunt zu sehen, wie nach wenigen Takten mein Fremdling anfing zu lächeln und sich hinzugeben, er sank ganz in sich hinein und sah, wohl zehn Minuten lang, so glücklich versunken und in gute Träume verlosen aus, daß ich mehr auf ihn als auf die Musik achtete. Tarjimada: Shundan keyin Frideman Baxning kichik simfoniyasi yangradi. Shu payt unga qarab, taajjubdan qotib qoldim: musofirim bir necha taktdan so’ng o’zicha kulimsiradi, keyin hayol ummoniga butunlay g’arq bo’ldi shekilli, o’zi bilan o’zi andarmon bo’ldi. Men endi musiqa bu yoqda qolib, unga ko’proq e’tibor bera boshladim. 46
Bei unserem Steppenwolfe nur war es so, daβ er in seinem Gefühl zwar bald als Wolf, bald es Mensch lebte, wie es bei allen Mischwesen der Fall ist, daß aber, wenn er Wolf war, der Mensch in ihm stets zuschauend, urteilend und in den Zeiten, wo er Mensch war, tat der Wolf ebenso. Tarjimada: Bizning cho’l bo’rimizda holat shunday ediki, u o’zining hissiyoti ichra barcha aralash, qorishiq jonzotlarga bo’lganidek, dam bo’ri bo’lib, dam inson bo’lib yashardi. Biroq shunisi bor ediki, u bo’rilik paytida uning vujudiga odam hamisha hushyor sergak va ogoh bo’lib turar, u inson bo’lgan paytda esa bo’ri xuddi shunday harakat qilardi. Asl nusxada “Hoffen wir ” sagte ich, “dap Goethe nicht wirklich so ausgesehen hat ! Diese Eitelkeit und edle Pose, dies emit den verehrten Answesenden liebäugelnde Würde und unter der männlichen oberfläche diese Welt von holdester sentimentalität! Man kann ja gewip viel gegen ihn haben, auch ich habe oft viel gegen den alten Wichtigtuer, aber zu weit” Tarjimada: - Ishonamanki,- dedim men, Gyotening ko’rinishi haqiqatdan ham bunday bo’lmagan! Bunday g’aliz takabburlik va oliyjanob qiyofa, muhtaram jamoat bilan bo’layotgan bu erkalanish-navozishli salobat viqor hamda yetuklik sirtidagi go’zal hassoslikning bunday olami! Albatta, unga ko’p e’tiroz bildirish mumkin, mening ham bu keksa maqtanchoq - shuxratparastga e’tirozlarim ko’p, biroq uni bunday tasvirlash yo’q-yo’q, bu endi haddan ziyod, o’ta oshirib yuborilgan.
Harry verfährt, obwohl er ein hochgebildeter Mensch ist, etwa wie ein Wilder der nicht über zwei hinaus zählen kann.
Garchi Harri o’ta o’qimishli bo’lsada, ikkidan ortiq sanashni bilmaydigan yovvoyidek hammayoqni chalkashtirib yuboradi.
47
Yozuvchi yetakchi qahramon ruhiy olamini tasvirlashda asardagi boshqa obrazlardan ham mohirlik bilan foydalanadi. Oddiy hayotiy voqea-hodisalar turmush ziddiyatlari orqali o’ziga xos xarakterlar yaratadi. Xarakter-(gr,character- belgi, alohida xususiyat,o’ziga xoslik so’zlaridan) badiiy ijodda individual xususiyatlar asosida har tomonlama to’liq yaratilgan inson obrazining mukammal turi. 45
Xarakter har tomonlama mukammallashgan, turli xususiyatlar aniq ko’rinib turgan, individual xususiyatlari kashf etilgan obrazdir. Har qanday obraz xarakter bo’la olmaydi, lekin har qanday xarakter obraz sanaladi. Ularning ruhiy inqirozini badiiy talqin etishda tush motivi, tabiat va inson fe’l atvori uyg’unligi, o’ylash, fikrlash, dialoglar usullaridan unumli foydalanadi. «Cho’l bo’risi» asaridagi shaxslarning ko’pchiligi hayotdan olingan, biroq to’qima obrazlar ham bor. Asar personajlarini quyidagicha tasnif qilish mumkin:
ham bo’lishi mumkin. Bo’ri: Harrining dushmani. Biroq u doim tirik , Harrining dilida, usiz yashay olmaydi.Bo’ri inson ruhiyatida mavjud hayvoniy tuyg’ularni aks etadi. Yemoq , ichmoq, o’ldirmoq hislari unga tegishli. Unga na mumtoz musiqa , na muqaddas kitoblar ta’sir qiladi. Hermina: Yuliya Laubi-Onegger – Hessening raqsdagi sobiq sherigi. Professor: Xitoyshunos va protestant ruhoniy Richard Vilgelmga o’xshaydi. U 1926 yil 6 fevralda Hessega Gyote tasvirlangan otkritka yuborgan. Gustav: Hessening maktabdagi do’sti Gustav Zeller Kampir: Ijarachi Marta Riger xonim. Erika: Hessening ikkinchi xotini Rut bo’lishi mumkin. Pablo, Mariya va boshqalar – to’qima obrazlar.
45 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil. 348- bet
48
Quyidagi sxema orqali “Cho’l bo’risi “ romanidagi personajlar haqida umumiy tasavvurga ega bo’lamiz. Sxema markazida Harri Haller obrazi berilgan. Asardagi boshqa obrazlar esa Harri Haller obrazini yanada teranroq ochib berishga xizmat qiladi.
49
Sevimli adibimiz Abdulla Qodiriy shunday deb yozadi: «Yozuvchi o’zi yaxshi bilgan narsani tasvirlashi kerak. Men esa, ko’pchilik qatori, ayniqsa yoshligimda ko’rgan bilganlarimni yaxshiroq tasavvur qilaman» 46 .
Hermann Hessening yozuvchilik tajribasi hamda o’ziga xos ijodkorligi va san’ati, xuddi Abdulla Qodiriy ta’kidlaganidek, bu holat “Cho’l bo’risi” rоmаnidа yaqqol seziladi. Hermann Hesse ham Pablo, Mariya va boshqalar obrazlarini hayotidan olib tasvirlaydi. Harri Haller. Harri Haller-50 yoshlar atrofidagi kishi, uzoq yillar bod kasali bilan og’rigan. U juda aqlli, ziyoli inson, gazeta uchun maqolalar yozadi, tinmay kitob o’qiydi. U o’zini Gyote va Motsart bilan ruhan bog’liq deb o’ylaydi va hozirga nisbatan yaxshiroq yashaydigan davr kelishiga ishonadi. Uning laqabi o`ziga mos chunki u juda odamovi odamlarga qo`shilmasdan yolg`iz yashaydi. U tashqi dunyo bilan qiziqmas faqat o`zining kitoblar dunyosida yashashni yaxshi ko`radi. Uning uyida Lessing, Dostoevskiy kabi yozuvchilarning kitoblari borligidan Hallerni ziyoli kishi deyish mumkin. Uning Gyote va Motsartga mehri o`zgacha chunki ular uning uchun zamonlar ichra daholarning dahosi hisoblanadi. Harri o`ta madaniyatli ziyoli kishi o`zi haqida ham atrofidagi kishilar haqida ham ko`p o`ylaydi. Ayniqsa uning hikoya qiluvchi xolasinining uyiga birinchi kelgan kuni u unga bir oz g`alati tuyulgandi, u esa aksincha atrofdagilarga xushmuomala munosabatda bo`ladi, shunga qaramasdan u o`zini kulgili holatga tushurgandek edi. U xonani ijaraga oldi. u hamma so`zlarni gaplarni diqqat va xushmuomalalik bilan eshitar edi. Cho`l bo`risi bilan bo`lgan suhbatlarda u bir oz kulgili bo`lib ko`rinsada u o`zini sipoyi qilib ko`rsatishga harakat qilardi. Yaxshi tarbiya ko`rganligi sezilardi. Harri o`ziga xos xarakterga ega insonlarga qiziqadi, lekin ularga qo`shilmaydi. U yolg`izlanib qolgan odamovi yovvoyi meshchanlar hayotini yoqtirmaydigan kishi boshqa tomondan esa o`zini odamlarga qo`shila olmaydigandek his qiladi. Meshchanlarning baodobliligi tartibliligidan zavqlanadi lekin ularni yomon ko`radi va o`zini
46 Наумов А. Биографии замысла. Ташкент 1974, с 44. 50
ulardan uzoq tutadi. Boshqa tomondan esa u yolg`izlikni hammasidan ham ko`ra yaxshi ko`radi, ammo u yakkalikni boshqasidan ajralishni istamaydi. Uning bizga faqatgina yovvoyi yolg`iz halovati yo`q adashib qolgan cho`l bo`risining shaharga kelib qolgan ko`rinishidan bo`lak hech narsa ma`lum emas. Harri bod kasalidan azoblanishiga qaramasdan uning eng katta azobi- ruhiy azobdir. U umuman kelajakka ishonmaydigan kishi, ruhi tushgan atrofdagi odamlardan nafratlanadi ularni tanqid qiladi o`zini ularni qatoriga umuman qo`shmaydi. Bu unda allaqachon kasallikka aylangan, u o`zidagi nafratlanishidan huzur qiladi. Buni biz quyidagi misolda ham ko’rishimiz mumkin.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling