O’zbekiston respublikasi oliy va


Тuzuvchi: X. Q. Polvonov


Download 220.5 Kb.
bet2/10
Sana02.01.2022
Hajmi220.5 Kb.
#184270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Таб ва син орг бир Ишчи дастур охирги

Тuzuvchi:
X. Q. Polvonov - UrDU, ”Kimyo” kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi

Tаqrizchilаr:
N. S. Polvonov – TTA Urganch filiali, “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti,

kimyo fаnlаri nоmzоdi.



Y.R. Toxirov – UrDU, “Kimyo” kаfеdrаsi dotsenti, kimyo fаnlаri

nоmzоdi.


UrDU Tabiiy fanlar

fakulteti dekani;

2019 yil “___” _________ ____________________ J. Sh. Ruzimov

imzo


«Kimyo» kafedrasi

mudiri:

2019 yil “___” _________ ____________________ M.M. Baltaeva

imzo
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Tabiiy va fiziologik faol farmatsevtika, oziq-ovqat, parfyumeriya sanoatlarida va qishloq xo‘jaligida o‘simlik va hayvon organizmida uchraydigai turli kasalliklarga qarshi dori vositalar, biologik qo‘shimchalar, biostimulyator, pestitsidlar, gormonlar, hidli moddalar sifatida keng qo‘llaniladi. Tabiatdan olinadigan dorivor moddalarning 90 % dan ortig‘i quyi molekulali bioregulyatorlar qatoriga kiradi. Quyi molekulali bioregulyatorlar fermentlar, retseptorlar va biomembranalarga ta’siri orqali o‘z faolligini bildiradi va biokimyoviy jarayonga ta’sir etib ana shu jarayonlarning muvofiqlashtirishida ishtirok etadi. Biomembranalar va lipidlar o‘simlik va tirik mavjudotlar organizmida muhim vazifani bajaradigan tabiiy birikmalar sohasiga kirib, ular haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish talabalar tomonidan muhim ahamiyatga ega.

Ushbu fan mutaxassislik fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib, I kursning 1 va 2 semestrlarida o‘qitilishi rejalashtirilgan.


1.1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarga “Tabiiy va sintetik organik birikmalarning tuzilishi va xossalari” fanning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalarini, soha bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar usullarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotdga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.



Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kimyoviy jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
1.2. Fan bo`yicha bilim, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

-tabiiy va sintetik organik birikmalar kimyosining asosiy tushunchalari, tuzilishi, xossalari, mono- va bifunksional tabiy birikmalar sinflari va ularga xos bo‘lgan kimyoviy reaksiyalari; yog‘ kislotalarning konformatsiyalari, lipid tuzilishidagi membranalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi:

-uglevodorodlar, galogenli birikmalar, aldegillar, karbon kislotalar, gidroksikislotalar, oksikislotalar, aminospirtlar, b- aminokislotalar tuzilishi olinishi, kimyoviy xossalari, stereokimyosi va biosintezi, peptidlar, peptid bog‘i tabiati; peptidlarni sintez qilish usullarini (suyuq va qattiq fazalarda) bilish va ulardan foydalana olish:

-tabiiy va sintetik organik birikmalar kimyosi soxasida anik bir kimyoviy masalani kuyish, tabiiy va sintetik organik birikmalar biologik faollik ta’siri mexanizmlarini tushunish. Tabiiy birikmalar molekulasila molskulalararo yoki molekula ichra vodorod bog‘lari mavjulliginn aniklash, tabiiy va fiziologik faol birikmalar bilan ishlash kabi kuniklippriga ega bulishi kerak.

Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling