O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Kuzatishning bir necha variantlari mavjud. Tashqi kuzatish - bu odam 
psixologiyasi va xulqi haqida uni chetdan bevosita kuzatish yo'li bilan ma'lumotlar 
yig'ish usulidir. Ichki kuzatish yoki o'zini-o'zi kuzatish psixolog-tadqiqotchi o'z 
oldiga uni qiziqtirayotgan hodisa uning ongida qanday ko'rinishda tasavvur 
1
“O'rtacha arifmetik qiymat”, “Standart og'ish”, “Pirson koyeffitsenti”, “X-kvadrat”, “Styudent 
mezoni” va boshqalar.


40 
qilinishligini bevosita o'rganish vazifasini qo'ygan hollarda qo'llaniladi. Mavjud 
hodisani ichki idrok qilar ekan psixolog go'yo uni kuzatadi (masalan, o'zining 
obrazlari, hissiyotlari, fikrlari, kechinmalarini kuzatadi) yoki uning topshirig'i bilan 
o'zini-o'zi kuzatib, ro'y berayotgan hodisalarni introspektsiya (o'z xulqi, 
kechinmalari, psixikasi mazmunini kuzatish) qilib boshqa odamlardan olgan 
ma'lumotlardan ham shu tarzda foydalanadi (“Tabib tabib emas - boshdan 
o'tkazgan tabib”). 
6 - rasm.
Asosiy psixologik tadqiqot metodlari va ularning birlamchi ma'lumotlar 
olish uchun qo'llanilinadigan variantlari 
Asosiy metod
 
Asosiy metod variantlari
 
Kuzatish
 
Tashqi (chetdan kuzatish) 
Ichki (o'zini-o'zi kuzatish) 
Erkin 
Standartlashtirilgan 
Qo'shilgan (Kiritilgan) 
Chetdan
 
So'rov
 
Og'zaki; Yozma; Erkin
 
Testlar
 
Standartlashtirilgan 
Test - so'rovnoma 
Test - topshiriq 
Proyektiv test
 
Eksperiment
 
Tabiiy; Laboratoriya
 
Modellashtirish
 
Matematik; Mantiqiy; Texnik; Kibernetik
Erkin kuzatish uni amalga oshirilishining oldindan ishlab, belgilab 
chiqilgan qolipi (ramkasi), dasturi, yo'l-yo'riqlari mavjud emas. U kuzatish 
jarayonini borishidayoq kuzatuvchining xohishiga bog'liq ravishda, kuzatish 
ob'ekti, predmetini yoki xarakterini o'zgartirishi mumkin. Stantardlashtirilgan 
kuzatishda esa, aksincha, nima kuzatilishi va qanday kuzatilishi oldindan aniq 
belgilab, chegaralanib qo'yiladi. U kuzatish jarayonida kuzatish ob'ekti yoki 
kuzatuvchining o'zida nima ro'y berishidan qat'iy nazar oldindan ishlab chiqilgan
aniq belgilab qo'yilgan dastur asosida amalga oshiriladi va shunga qat'iy rioya 
qilinadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling