O'zbekiston respublikasi profi universitety


Psixik jarayon - bu psixik faoliyatni o'zining aks etish ob'ektiga va


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Psixik jarayon - bu psixik faoliyatni o'zining aks etish ob'ektiga va 
boshqaruvchilik funktsiyasiga ega bo'lgan aktidir. Psixik aks ettirish faqat jonli 
tabiatgagina xos bo'lgan aks etish shakli bo'lib, uni aks etish shakllarining boshqa 
turlaridan farqini quyidagi rasmda keltirib o'tilgan tarzda ko'rishimiz mumkin (7-
rasm). Aks etish shakllaridan eng keng tarqalgani va eng soddasi, mexanik aks 
ettirishdir. Mexanik aks ettirishga narsa, predmetlarni bir biriga urilishidan 
chiqadigan tovushlarni, ularning bir-biriga tegishi oqibatida hosil bo'ladigan aks 
etishni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Fizik aks etish esa, mexanik aks 
etishdan ko'ra murakkabroq aks etish shakli bo'lib, ularga fizika qonuniyatlariga 
ko'ra amalga oshadigan aks etish shakllari kiradi. Masalan, elektr toki va boshqa 
shu kabi hodisalar.
Aks etishning navbatdagi shakli - ximiyaviy aks etishdir. U ximiyaviy 
elementlarning o'zaro ximiyaviy reaktsiyalarga kirishishi oqibatida sodir bo'ladi. 
Aks etishning yuqorida keltirib o'tilgan shakllari tabiatdagi deyarli barcha narsa, 
hodisalarda kuzatiladi. Biologik aks etish esa jonli tabiyatda ro'y beradigan aks 
etish shakli hisoblanadi. Bu o'simliklarda, jonivorlarda kuzatiladi. Psixik aks etish 
asosan hayvonlarda, odamlarda kuzatiladigan aks etish shaklidir. 
Aks etishning eng oliy shakli, ijtimoiy aks etish bo'lib, u faqat 
insonlargagina xos. Faqat insongina voqelikni o'z hayotiy tajribasi, atrofida ro'y 
berayotgan voqea hodisalar, ijtimoiy o'zgarishlar, shular asosida shakllangan 
dunyoqarashi, ijtimoiy ustanovkalari va boshqalar ta'siriga bog'liq ravishda aks 
etish imkoniyatiga ega.


49 
7-rasm. Aks etish shakllari. 
Aks etishning psixik aks etish 
shakliga qaytadigan bo'lsak, psixik aks 
etish bu psixik jarayonlar ko'rinishida 
namoyon bo'ladi. Psixik jarayonlar

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling