O'zbekiston respublikasi profi universitety


Motivatsiya - organizmning yo'naltirilgan faolligini yuzaga keltiruvchi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Motivatsiya - organizmning yo'naltirilgan faolligini yuzaga keltiruvchi 
(chaqiruvchi), ehtiyoj bilan shartlangan ma'lum bir nerv tuzilishi (funktsional 
sistema)ning qo'zg'alishidir.
Bosh miya qobig'ida u yoki bu sensor (sezgi) qo'zg'alishlarning yuzaga 
kelishi, ularning kuchayishi yoki zaiflashuvi motivatsion holatga bog'liq bo'ladi. 
Tashqi stimulning samaradorligi nafaqat uning ob'ektiv sifatlariga, balki 
organizmning motivatsion holatiga (to'q organizm eng mazali, jozibali taomga ham 
reaktsiya qilmaydi) ham bog'liq bo'ladi. Tashqi qo'zg'atuvchilar faqat 
organizmning mos keluvchi, munosib motivatsion holatidagina xatti - harakat 
uchun stimul, ya'ni signal bo'ladilar. 
Shunday qilib, ehtiyoj bilan shartlangan motivatsion holat shu bilan 
xarakterlanadiki, unda miya ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'lgan 
ob'ektlarning parametrlarini modellashtiradi va talab qilinadigan ob'ektga ega 
bo'lish bo'yicha amalga oshiriladigan faoliyat sxemasini tuzadi. Bu sxemalar - xulq 
dasturlari - tug'ma, instinktiv yoki individual tajribaga asoslangan yoki tajriba 
elementlaridan yangitdan yaratilgan bo'lishi ham mumkin.


95 
Faoliyatni amalga oshirish, erishilgan oraliq natijalar va yakuniy natijalarni 
oldindan dasturlashtirilganlar (rejalashtirilganlar) bilan solishtirish orqali amalga 
oshadi. Ehtiyojning qondirilishi, ijobiy hissiyotni yuzaga keltirish bilan birga
motivatsion zo'riqishni bartaraf etadi, faoliyatning mazkur turini (uni foydali xatti-
harakatlar foniga qo'shib) “tasdiqlaydi”. Ehtiyojlarning qondirilmasligi salbiy 
hissiyotlarni yuzaga keltirib, motivatsion zo'riqishni, shu bilan birga - qidiruv 
faoliyatini kuchaytiradi. Shunday qilib, motivatsiya - mazkur individning xulqi 
usullarini belgilovchi, ichki va tashqi omillar nisbatining individual-

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling