Oʻzbekiston respublikasi qishloq


Download 135.67 Kb.
bet7/9
Sana01.04.2023
Hajmi135.67 Kb.
#1316766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida Transmilliy kooperatsiyalar

Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talab saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.


3. Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining rivojlanish bosqichlari.
ITTKI o’tkazish uchun TMKlar ishlab chiqarish infrastrukturasiga ega bo’lgan, universitetlar va milliy tadqiqot markazlari faoliyat ko’rsatayotgan, olimlarning maoshi unchalik katta bo’lmagan va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan qabul qiluvchi mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omil bo’lib ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari orasida aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi, qabul qilayotgan mamlakatning hukumati tomonidan milliy ITTKIlarni qo’llab-quvvatlanishi va intellektual mulkni qo’riqlashning mustahkam huquqiy asosi hisoblanadi. 90-yillarda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, TMKlar bajonidil o’z tadqiqot markazlarini joylashtirayotgan ilmiy va texnologik parklar keng tarqaldi. Bunday parklarning muvafaqqiyatli faoliyati uchun u yerda olimlarning ishlashi va yashashi uchun qulay sharoitlarga ega asosiy ilmiy va o’quv markazining joylashishi, shuningdek, u yerda ilmiy izlanishlarni kengaytirish va takomillashtirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo’lishi zarur.

Dunyodagi yirik korporatsiyalar o’rtasida birlashish va qo’shib olishlar, shuningdek, ―yomon‖ aktivlarni sotish va natijada raqobatchilar bilan solishtirganda birmuncha afzallikka erishgan korporatsiyalar guruhini ajratib ko’rsatish mumkin. Bunday korporatsiyalarga, BP (Buyuk Britaniya, neft sohasi), ExxonMobil, ChevronTexaco, ConocoPhilips (AQSh, neft sohasi), General Electric (AQSh, konglomerat), Gla Kline (Buyuk Britaniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, IBM, Apple (AQSh, elektronika sanoati), Nestle (Shveytsariya)larni kiritish mumkin. Innovatsion ishlanmalar yoki texnologiyalarga ega bo’lgan boshqa kompaniyalar qo’shilishining muhim jihati farmatsevtika TMKlarining raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holatni Amerika TMK faoliyatini tahlil etish isbotlab beradi, Pfizer, Johnson & Johnson, Abbot Laboratories, Bristol-Myers-Squibb, Shveytsariya TMKlari Hoffman-La Roche va Novartis, Angliya TMKlari GlaxoSmithKline va AstraZeneca, Frantsiyaning Sanofi-Aventis. TMKlarning qo’shilishi orqali yangi bozorlarni o’zlashtirish hamda ularda samarali faoliyat yuritish, moliyaviy resurslarni jalb etgan holda o’z faoliyatlarini kengaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Jahon iqtisodiyotida korporatsiyaning raqobatbardoshligini oshirish uchun muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo’shib olishlarga misol sifatida General Electric korporatsiyasi tomonidan birlashish va qo’shib olishlar va raqobatbardosh bo’lmagan aktivlarni sotish bo’yicha 25,4 mlrd. doll. qiymatdagi 228 ta bitimning amalga oshirilishi korporatsiya faoliyatining rivojlanishiga va kapitallashuv darajasining oshishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatdi.


Download 135.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling