O‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Turistlar va yo‘lovchilar guruhlarini tashkiliy ravishda tashish
Download 35.03 Kb.
|
8-mavzu
Turistlar va yo‘lovchilar guruhlarini tashkiliy ravishda tashish
28. Yo‘lovchilarning ayrim guruhlarini tashish uchun yuridik shaxslarga chiptalar sotish ularning buyurtmanomalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarning ayrim guruhlari (10 kishi va undan ortiq) yo‘lga chiqishini ta’minlash uchun yuridik shaxslardan joylarga yozma buyurtmanomalar, yo‘lovchi tashish poyezdlar jo‘nashidan 20 kun oldin tashuvchi tomonidan qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Buyurtmanoma yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bo‘lishi kerak. Unda yuridik shaxs nomi, talab qilinadigan joylar soni, yo‘lovchi tashish poyezdi tartib raqami, jo‘nash sanasi hamda jo‘nash va yetib kelish stansiyasi ko‘rsatiladi. (28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son) Yo‘lovchi tashish poyezdlari va vagonlarida buyurtmanomada ko‘rsatilgan joylarning yetishmasligi holatlarida, yuridik shaxs roziligi bilan boshqa yo‘lovchi tashish poyezdlari yoki boshqa toifa vagonlarida joylar berilishi mumkin. Guruhiy buyurtmanomalarga, jo‘nayotgan guruh a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami, tug‘ilgan yili ko‘rsatilgan ro‘yxati 2 nusxada ilova qilinishi kerak. Agar buyurtmanomada yo‘lovchi tashish poyezdlarida alohida vagon taqdim qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, vagon joylari soniga muvofiq ravishda vagondagi barcha joylarga yo‘l haqi to‘lanishi kerak. Yuridik shaxs joylar qismiga yo‘l haqi to‘lashni rad etganda, bu joylar chipta kassalariga umumiy sotish uchun belgilangan muddatlarda beriladi. Yo‘lovchilar guruhi yo‘lda boshqa poyezdga o‘tish bilan ketayotganlarida, jo‘nash stansiyasi unga chiptalarni o‘tish stansiyasigacha rasmiylashtirishi shart. Yuridik shaxs yoki alohida shaxslar telegrammalariga binoan yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni taqsimlash va foydalanish bo‘yicha birlashgan yo‘l byurosi va stansiya (vokzal) boshlig‘i tomonidan yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni zaxiraga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘lovchi tashish poyezd jo‘nashidan 10 kun oldin yuridik shaxs buyurtma qilingan chiptalarni to‘liq yo‘l haqi to‘lagan holda sotib olishi kerak. Agar jo‘nash oldidan belgilangan muddatda chiptalar sotib olinmagan bo‘lsa, buyurtmanoma bekor qilinadi va joylar sotishga beriladi. 29. Yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan jamoaviy chiptalar uchun pullar, vokzallardagi chipta kassalari tomonidan qaytarilmaydi. Yuridik shaxslarga foydalanilmagan chiptalar uchun to‘lovlarni qaytarish masalasi, tashuvchi tomonidan da’vo tartibida chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq ko‘rib chiqiladi. 30. Yo‘lovchi, yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘nalish bo‘yicha har qanday stansiyagacha, har qanday toifadagi vagon va yo‘lovchi tashish poyezdiga chipta sotib olish huquqiga ega. Manzil stansiyasigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri poyezd bo‘lmaganda, yo‘lovchiga yo‘lovchi tashish poyezdida joylar mavjud bo‘lganda hamda bu stansiya shakllantirish punkti va tarkib (vagon) aylanishi punkti hisoblangan shartlarda ikkinchi chipta rasmiylashtirilishi mumkin. Boshqa poyezdga o‘tish bilan ketayotgan va imtiyozlar huquqqa ega bo‘lgan yo‘lovchiga yurish rasmiylashtirilganda, dastlabki jo‘nash stansiyasi chipta kassiri, bunday yo‘lovchining imtiyozli yoki bepul chiptasida dastlabki stansiyadan oxirgi stansiyagacha, o‘tishni hisobga olgan holda to‘liq yo‘nalishda yetib borishi to‘g‘risida belgi qo‘yadi. Bunda poyezdga o‘tirish yo‘lovchi tashish poyezdlari borishining eng qisqa yo‘nalishi bo‘ylab uchtadan ortiq bo‘lmagan o‘tish mavjud bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha rasmiylashtiriladi. O‘tish punktida keyingi jo‘nash yo‘liga imtiyozli yoki bepul chipta, o‘tish punktigacha foydalanilgan imtiyozli yoki bepul chipta o‘rniga rasmiylashtiriladi. 31. Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poyezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo‘l haqi to‘lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi. Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi. 5 yoshdan 10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalarga ham tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi. 10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi. 32. 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) ikkinchi bolani yo‘l haqi to‘lamasdan yurishiga, alohida joy taqdim qilinmasdan, poyezdda yurish ikkala ota-ona tomonidan amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yiladi. Bunday holatda bolaga yo‘l haqi to‘lanmaydigan chipta har bir ota-ona chiptasiga bittadan rasmiylashtiriladi. 33. 10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar poyezdda yurishlari uchun bolalar chiptalari beriladi. 16 yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yo‘lovchi tashish poyezdlarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, maktab, litsey, kollejga borish uchun temir yo‘l transportidan foydalanuvchi o‘quvchilar bundan mustasno. O‘tirish joylariga ega umumiy vagonda, bolalar chiptasiga ega bo‘lgan har bir bolaga katta yoshdagi yo‘lovchilar kabi joy taqdim qilinishi kerak. 34. Shaharlararo qatnov yo‘nalishlariga quyidagi chiptalar sotiladi: a) bir tomonga (“borish”) va qaytish uchun (“borish” va “kelish”) bir martalik yurishlar uchun; b) turli xildagi abonement chiptalari, shu jumladan imtiyozli va yuridik shaxslarga — abonement chiptalar. 35. Abonement chiptalari tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda sotiladi. Shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlariga imtiyozli-abonement chiptalari sotish amalga oshiriladigan stansiya va to‘xtash punktlari ro‘yxati tashuvchi tomonidan belgilanadi. 36. Ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida yo‘lovchi iltimosiga binoan yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan chiptalar o‘rniga dublikat taqdim etiladi. Dublikat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlariga va tashuvchining shakllantirilgan yo‘lovchi tashish poyezdlariga beriladi. Xalqaro yo‘nalishlarda rasmiylashtirilgan chiptalar qayta tiklanmaydi. Dublikat taqdim etilgani uchun Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi, tashuvchi aybi bilan yo‘qotilgan va yaroqsiz holga kelgan holatlar bundan mustasno. Yig‘im miqdori tashuvchi tomonidan chiptalarni sotishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq belgilanadi. Download 35.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling