93623 Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalarning topshiriq, vositachilik yoki saqlash
shartnomalariga asosan olingan qimmatli qog‘ozlarining, shuningdek saqlanayotgan tijorat
hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 — “Saqlanayotgan qimmatli
qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq
hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar va tijorat
hujjatlarining nominal qiymati, shuningdek topshiriq yoki vositachilik shartnomalariga asosan
sotish uchun olingan xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshiriq yoki vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotilgan
qimmatli qog‘ozlarning, sotilmagan va mijozlarga qaytarilgan, shuningdek saqlanish hisobidan
chiqarilgan xususiy korxonalarning qimmatli kog‘ozlarining va tijorat hujjatlarining nominat
qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |