O`zbekiston respublikasi


Dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash


Download 0.49 Mb.
bet4/24
Sana02.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#188561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
DORIVOR O‘SIMLIKLAR kurs ishi

Dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash. Dorivor yig‘malar qadimgi dori turlariga kiradigan, uy sharoitida ishlatishga qulay va dorivor о‘simliklarni ishlatishning eng oddiy shakli bо‘lgan dori turidir.

Dorivor yig‘malar va choylar ma’lum bir kasallikni davolashga mо‘ljallangan bir nechta dorivor о‘simliklarning yirik maydalangan mahsulotlarining aralashmasidir. Yig‘malar va choylar qat’iy dozalanmagan (dozalarga - iste’mol qilinadigan miqdorlarga bо‘linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bо‘lgani uchun, ularni odatda zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi о‘simliklardan tayyorlanmaydi. Taxminiy dozalash ham yig‘ma yoki choydan dori turi tayyorlovchi shaxs (bemorning о‘zi yoki unga dori tayyorlab beruvchi) zimmasiga yuklangan. Masalan, bir osh qoshiqda (yoki choy qoshiqda) olib, bir stakan qaynab turgan suvda damlanadi va hokazo.

Yig‘ma va choylar ishlatilishiga qarab quyidagicha bо‘lishi mumkin:


  1. Og‘rigan yerga qizdirib (yoki qaynatib) bosiladigan (yoki bog‘lanadigan) yig‘ma va choylar.

  2. Vanna qilish uchun yig‘ma va choylar.

  3. Damlama va qaynatmalar tayyorlash (iste’mol qilish) uchun yig‘ma va choylar.

  4. Chekish uchun yig‘ma va choylar va boshqalar.

Bu yig‘ma va choylar bir-biridan tarkibi hamda tayyorlash texnologiyasi (usullari) bо‘yicha farq qiladi.

Dorivor yig‘malar va choylar qadimdan dorixonalarda tayyorlanib kelingan. Lekin dorixonalar sharoitida kо‘p miqdorda dorivor о‘simliklar mahsulotini maydalash, aralashtirish qiyinligini hisobga olib, hozirgi vaqtda ularni farmatsevtika sanoatining korxonalarida tayyorlanadi. Ular quyidagicha tayyorlanadi:

yig‘ma va choylar tarkibiga kiradigan dorivor о‘simliklar mahsuloti (jо‘ka, sigirquyruq va moychechak gullari, ba’zi mevalar va urug‘lardan tashqari) ayrim-ayrim holda maydalaniladi, maxsus elakda elanadi va retseptda kо‘rsatilgan miqdorda olib, to bir xil aralashma hosil bо‘lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. О‘simlik poroshogi (changi) teshigining diametri 0,2 mm li qil elakda elab tashlanadi va qadoqlab idishlarga (karton qutichalarga) joylashtiriladi. Karton qutichalar ustiga yig‘malar — choylar nomi, tarkibi, ishlatilishi, tayyorlash texnologiyasi va boshqa ma’lumotlar yozilgan yorliq yopishtiriladi. Shu ahvolda tayyor bо‘lgan dorivor yig‘malar va choylar dorixonalarga sotish va laboratoriyalarga analiz qilish uchun yuboriladi.

Dorivor yig‘malar va choylarning analizi, ular tarkibidagi dorivor о‘simlik mahsulotlarining chinligini va miqdorini aniqlash, ularni о‘zaro nisbati tо‘g‘ri ekanligi hamda yot aralashmalar yо‘qligini isbotlashdan iboratdir.

Analiz qilish uchun yig‘ma va choylardan ularni og‘ir-yengilligini hisobga olgan holda namuna (0,5—10 g) tarozida aniq tortib olinadi, qalin oq qog‘oz varag‘iga tо‘kib, uni karton kurakcha yoki chо‘tkacha yordamida tarkibiy qismga ajratiladi. Ayni vaqtda aralashmalar bо‘lsa, ular ham ajratilib, keyin tarozida tortiladi, sо‘ngra yig‘maning tarkibiy qismini tо‘g‘ri yoki tо‘g‘ri emasligi haqida tegishli xulosa chiqariladi.

Kо‘pchilik yig‘malar - choylar tarkibiga kiradigan mahsulotlar bо‘lakchalari osonlik bilan aniqlanadi, ayniqsa ular yirik yoki butun – maydalanmagan holda bо‘lsa. Mayda, aniqlanishi qiyin bо‘lgan mahsulotlarni analiz qilishda lupa va mikroskoplardan foydalaniladi.

Dorivor yig‘ma va choylardan uy sharoitida iste’mol qilish uchun vrachlar tavsiyasi bо‘yicha damlama yoki qaynatma tayyorlanadi. Tibbiyot sanoati hozirgi kunda quyidagi yig‘ma va choylarni ishlab chiqaradi:


Yel haydovchi yig‘ma tarkibi:

Qalampir yalpiz bargi – 33,3 g

Fenxel mevasi – 33,3 g

Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi - 33,3 g


Kо‘krak yig‘masi tarkibi:

Gulxayri ildizi - 40 g

Oqqaldirmoq bargi - 40 g

Tog‘ rayhon yer ustki qismi - 20 g


Vitaminli yig‘ma tarkibi:

Na’matak mevasi — 50 g

Qora qoraqat mevasi — 50 g


Tomoqni chayish uchun yig‘ma tarkibi:

Jо‘ka guli — 40 g

Moychechak guli — 60 g


О‘t haydovchi yig‘ma tarkibi:

Qumloq bо‘znoch guli — 40 g

Uchbargli meniantes bargi — 30 g

Qalampir yalpiz bargi — 20 g

Kashnich mevasi — 20 g


Tinchlantiruvchi yig‘ma tarkibi:

Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi — 10 g

Qalampir yalpiz bargi — 20 g

Uchbargli meniantes bargi — 20 g

Qulmok g‘udda mevasi — 10 g


Siydik haydovchi yig‘ma tarkibi:

Toloknyanka bargi — 60 g

Bо‘takо‘z guli — 20 g

Qizilmiya ildizi — 20 g



Terlatuvchi yig‘ma tarkibi:

Maymunjon (malina) mevasi — 40 g

Oqqaldirmoq bargi — 40 g

Tog‘rayhon yer ustki qismi — 20 g.



Me’da yig‘masi tarkibi:

Frangula pо‘stlog‘i — 30 g

Gazanda bargi — 30 g

Qalampir yalpiz bargi — 20 g

Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi — 10 g

Igir ildizpoyasi— 10 g.



Bavosilga qarshi choy tarkibi:

Sano bargi — 20 g

Bо‘ymodaron yer ustki qismi (yoki guli) - 20 g

Frangula pо‘sglog‘u — 20 g

Kashnich mevasi — 20 g

Qizilmiya ildizi — 20 g


Quyida dorivor о‘simliklardan uy sharoitida dori tayyorlash tartib qoidalari haqida tо‘xtalib о‘tishni lozim topdik. Bunda Davlat farmakopeyasida qabul qilingan va hamma dorixonalarda qо‘llaniladigan dori tayyorlash usullari haqida gap boradi. Uy sharoitida dorilar faqat zaharli bо‘lmagan dorivor о‘simliklardan tayyorlanadi. Biz buni boshqa о‘rinlarda ham aytib о‘tdik. Odatda, dorivor о‘simliklarning yupqa va nozik qismlaridan — bargi, yer ustki qismi, guli va ba’zi meva hamda urug‘laridan damlama tayyorlanadi. Yer ostki organlari - pо‘stlog‘i, mevasi, urug‘i va ba’zi qalin barglaridan qaynatma tayyorlanadi.



Zaharli bо‘lmagan dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatma 1:10 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni og‘irligi 10 qism mahsulotdan dokada siqib suzib olingandan sо‘ng hajmi 100 qism damlama yoki qaynatma olinishi kerak.

Agar uy sharoitida damlama va qaynatmalar tayyorlaydigan bо‘lsangiz, ular quyidagicha tayyorlanadi. Maydalangan о‘simlikni sirli kastryulkaga solib, ustidan suv quyiladi. 100 ml damlama olish uchun 10 g maydalangan dorivor о‘simlik mahsuloti va 100 ml hisobida suv solinadi. Kastryulkaning qopqog‘ini yopib, kichikroq tog‘oradagi qaynab turgan suvga qо‘yib, 15 daqiqa qaynatiladi. Qaynatish vaqtida mahsulot tez-tez chayqatib turiladi. Keyin damlama uy haroratida 1 soat davomida sovutiladi. Doka yoki ip-gazlama о‘ralgan paxta qatlamidan suzib о‘tkazib, unga retseptda kо‘rsatilgan hajmgacha qaynatilgan suv quyiladi. (Masalan, 1:10 nisbatda olingan yig‘madan 100 ml damlama olinishi kerak: agar damlama 90 g bо‘lib qolgan bо‘lsa, u holda yana 10 ml suv qо‘shish kerak).

Qaynatma ham damlama kabi tayyorlanadi, farqi shundaki, о‘simlik mahsulotiga qaynab turgan suv quyilib, suvli idishga quyib yoki past olovda 20-30 daqiqa qaynatiladi va sovugandan sо‘ng suzib olinadi.Suv hammomi о‘rnida suv quyib qaynatilgan har qanday idishdan foydalanish mumkin.

Damlama yoki qaynatma odatda kо‘rsatilgan miqdorda sovuq yoki iliq holida ichiladi. Damlama va qaynatma odatda tez buzilib qoladi. Shuni uchun ularni har kuni tayyorlab yoki salqin qorong‘u joyda saqlab 3 kungacha ishlatish mumkin.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling