O'zbekiston respublikasi
MORFOLOGIYA O'QITISH METODIKASI. SO'Z TURKUMLARINI BOSHQA FANLAR
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
MORFOLOGIYA O'QITISH METODIKASI. SO'Z TURKUMLARINI BOSHQA FANLAR
BILAN BOG'LAB O'RGATISH
1.
So'z turkumlari haqida umumiy ma'lumot berish usuli. 2.
Mustaqil so'zlar, yordamchi so'zlar, undov va taqlidiy so'zlarning umumiy tavsifini berish. 3.
Morfologik tahlil o'tkazish usullari. 4.
So'z turkumlarini boshqa fanlar bilan bog'lab o'rgatish usullari. Morfologiya so'z shaklarini va ma'lum belgilar asosida so'zlarning guruhlarga bulinishi, ya'ni so'z turkumlarini o'rgatadi. Ot, sifat, fe'l kabi so'z turkumlarini boshlang'ich sinflarda ham, 5-, 6-sinflarda ham o'rgatish ko'zda tutilgan. Boshqa so'z turkumlarini esa bir o'quv yilida o'rgatish mo'ljallangan. Hozirgi o'zbek
orfografiyasidagi qoidalarning ko'pchiligi morfologik prinsipga asoslangandir. Shuning uchun ham o'quvchi o'zbek tili morfologiyasini puxta bilishi kerak. O'quvchilar boshlang'ich sinflarda so'z tarkibi, so'zning o'zagi, qo'shimchalarning turlari kabi tushunchalar bilan birga ot, sifat, fe'l kabi morfologik kategoriyalar haqida dastlabki
36 ma'lumotlarni olganlar. 5-sinfda bu ma'lumotlar eslanadi, mustahkamlanadi hamda morfologik sistemani o'tish boshlanadi. 5- sinfda har bir so'z turkumini alohida-alohida o'tishdan oldin so'z turkumlari haqida ma'lumot beriladi. Birinchi mashg'ulotni quyidagi usulda o'tish mumkin: O'quvchilar "Ot" mavzusini qancha puxta o'zlashtirishsa, keyingi mavzularni ham anglash imkoniga ega bo'ladilar. Chunki ot grammatik mohiyatiga ko'ra boshqa so'z turkumlari bilan bog'langan bo'ladi. O'quvchilar predmet tushunchasini ko'z bilan ko'rish va qo'l bilan ushlash mumkin bo'lgan narsalar, deb biladilar. Shuning uchun 5-sinfda predmet tushunchasini o'quvchilarga endi keng izohlash lozim. Predmet so'zi keng ma'noda qo'llanib, borliqdagi hamma narsalardan tashqari tasavvur qilingan ayrim mavhum tushunchalarni ham bildiradi. Masalan: yaxshilik, tinchlik... Bundan keyin otlarning morfologik belgilari-son, egalik, kelishik bilan turlanish o'rganiladi. "Ot" haqidagi ma'lumotlar fonetika, orfografiya, orfoepiya bilan uzviy bog'liq holda o'rganiladi. Masalan: toqqa, boqqa, o'rtog'im, qishlog'im... Otning ma'no tomonidan izohini bergan quyidagi jihatlarga e'tiborni tortiladi: 1. Bir narsa - buyum yoki bar turdagi narsa-buyumlarni ifodalanishiga ko'ra – atoqli - turdosh
2. Ifodalagan tushunchaning xarakteriga ko'ra - konkret-abstrakt 3. Yakkalik, jamlikni ifodalashiga ko'ra - yakka ot, tuda ot 4. Sanalish-sanalmasligiga ko'ra - sanaladigan ot, sanalmay-digan ot.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling