Tetiklashtiruvchi mashq
Jimjiloq
Yig’laydi jimjiloqcha
Tushunmaydi akasi.
O’rta barmoq qaramas,
Hatto ne deb so’ramas.
Ko’rsatkich undan so’rar,
- Qorning ochgandir balki?
Kattasi keltirib osh,
Deydi: Yeb oshing, so’ng bo’l yuvosh.
Musht tugib, barmoqlar jimjiloqdan boshlab navbat bilan birma-bir ochiladi. Oxirgi jumla aytilganda, bosh barmoq uchlari jimjiloqqa tegizib olinadi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
-Qanday suratni ko’rdik?
-Bolalar nima qilyaptilar?
-Bolalarning qo’llarida nima bor?
- Sochiq qani?
-Likopcha qani?
-Qoshiqni ko’rsat.
21-mashg’ulot
Mavzu: Mavzu: Asarni qayta hikoya qilish «Maqtanchoq quyon» o’zbek xalq ertagi
Maqsad: Bolalarning badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o’stirish. Adabiy asarlari mazmunli, mantiqiy izchillikda so’zlab berishga o’rgatish.
Vazifalar:
Kitobdagi rasmlarga qarab ertakning mazmunini gapirib berishga o’rgatish
Asar qahramonlarining suhbatini ifodali so’zlab berishga o’rgatish.
Mashg’ulot uchun jihoz: Ertak uchun ishlangan rasmlar.
Mashg’ulotning borishi:
Bugun men sizga maqtanchoq quyon haqida ertak o’qib beraman. Diqqat bilan eshiting. Tarbiyachi ertakni ifodali qilib o’qib beradi.
Ertak asosida savollar:
1.Ertak nima haqida ekan?
2. Ertakdagi quyon sizga yoqdimi?
3. U qanday ekan? (Qo’rqoq, yolg’onchi)
4.Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va quyon bilan qanday voqyea ro’y beribdi?
5. Quyonning qaysi so’zlari uni maqtanchoq ekanligini bildiradi?
Savol-javobdan so’ng tarbiyachi ertakni yana bir bor o’qib beradi.
Tetiklashtiruvchi mashq
Quyoncha
Dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
Mahkam ushlab qo’lida
Sabzisini quyoncha.
Barmoqlar tugiladi. Ko’rsatkich hamda o’rta barmoq ko’tarilib u yon-bu yon qimiriatiladi.
So’ngra 3-4 bola kitobdagi rasmlarga qarab ertakning mazmunini gapirib beradi.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |