O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik omil.
- Bozor iqtisodiyoti omili
Ilmiy texnika taraqqiyoti Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda
ilmiy-texnika taraqqiyotining ahamiyati ham juda yuqori. Ushbu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi. Masalan, “ilmtalab” mashinasozlik zavodlari yuksak darajada fan-texnika salohiyatiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi. Yuqorida ko’rilgan omillarning ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishga ta’siri ularning barchasi ”ekologik omil” bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Ekologik omil. Ekologik jihatdan eng avvalo kimyo, sellyuloza-qog’oz, go’sht, vino, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektr stansiyalari “nomaqbul” hisoblanadi. Binobarin, ular aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lgani yaxshiroq. Ekologik omilning ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishiga ta’sirini kimyo sanoati misolida ko’rish ayniqsa namunaviydir, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilshi juda erkin xususiyatga ega. Sababi-ular o’simlik, hayvonot, mineral xom ashyosi, suv, havo asosida, boshqa sanoat chiqindilari negizida ham rivojlanishi mumkin. Shunday qilib, kimyo sanoati korxonalarini istagan joyda qurish imkoniyati bor. Ammo, bu masalaning bitta nozik tomoni bor- bu ham bo’lsa ekologik omildir va u bilan ayniqsa hozirgi kunda hisoblashmasdan iloji yo’q. 24 Bozor iqtisodiyoti omili. Bozor iqtisodiyoti- bu ishlab chiqarish erkinligi, raqobat va ochiq iqtisodiyot yurgizishdir. Bunday sharoitda ko’p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va raqobat, qulay investitsiya makonini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bozoq iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an’anaviy fikr yuritishlar tamomila o’zgarib ketishi kerak. Chunki, bu sharoitda aksariyat narsani, shu jumladan nimaga ixtisoslashuvni va qayerda joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab belgilaydi. Hozirgi sharoitda infrastruktura tizimining mavjudligi ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishda katta rol o’ynaydi. Yo’l, yer osti va yer usti qurilmalari, elektr uzatuvchi shaxobchalar, turar joy, maishiy xizmat ko’rsatish ob’yektlari muhayyo bo’lgan joylar yangi ishlab chiqarishni, qo’shma korxonalarni o’ziga jalb qiladi. Xorijda bunday joylarni sanoat parki deb atashadi. Hozirgi vaqtda qulay investitsiya makonini yaratish ham katta mazmun kasb etadi. Infrastruktura va boshqa sharoitlarning mavjudligi, huquqiy va tashkiliy masalalarning hal etilganligi, kafolatlanganligi xorijiy sarmoyadorlarning kirib kelishiga qulaylik yaratadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling