O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Mashqlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi


Download 1.56 Mb.
bet2/7
Sana03.10.2020
Hajmi1.56 Mb.
#132456
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya


Mashqlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

1.yelka kamari mushaklarining rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo‘g‘imlari, ko‘krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog‘onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar;

2.orqa mushagi va umurtqa pog‘onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangan, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo‘g‘imlarini rivojlantiruvchi mashqlar;

3.qorin va oyoq mushaklarini rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar.

Mashqlar majmuasini tuzishda har bir yosh guruhining yosh va yakka xususiyatini hisobga olish lozim. Ertalabki gimnastika birinchi kichik guruhdan boshlab joriy etiladi. Ertalabki gimnastikada harakatlarga o‘rgatilmaydi, shuning uchun tarbiyachi mashqni oldindan tushuntirishi va namoyish qilishi kerak emas.

Kichik va o‘rta guruhlarda yilning birinchi yarmida tarbiyachi bolalarga mashqni o‘zi bilan birga bajarishni taklif yetadi. O‘rta guruhning ikkinchi yarmi va katta va tayyorlov guruhlarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat uchun buyruq beradi. Mashq boshlashdan oldin va u tugagach, katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Kichik va o‘rta guruhlarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikni oldini oladi.



Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mashqlar yig’indisi.

Mashqlar taqlid qilish holatida bo’ladi va bolalar uni obrazli so’zlar va dadil harakatlar bilan so’zlab bajaradilar.

1.“Cho’zilish”. Bola tarbiyachining yonidan o’ta turib to’xtaydi, qo’llarini yuqoriga ko’taradi va barmoqlari bilan tarbiyachining qo’llariga tegishga harakat qiladi (3-5 marta).

2.“Safda ketayotgan harbiy kabi yurish”- Safda qadam tashlab yurish-oyoq uchini cho’zib, oyoq kafti bilan erni bosish. Dastlab qo’llar yonga qisiladi, keyin faol harakatlar bilan yuriladi. 20-30 sek takrorlanadi.

3.“Chumchuqdek sakrab yurish”-Chumchuqcha ikki oyoqlab yuuradi-“sakra-sakra”. Qo’llar yon tomonga yoziladi.(20-30 sek). Harakat vaqtida chirqillagan tovush chiqarish ham mumkin.

4.“Samolyot uchyapti”- Qo’llar-qanotlar turli tomonlarga harakatlantiriladi- 20-30 sek bajariladi. Guvillash mumkin.

5.“O’tinchi”-Qo’lda go’yo bolta turgandek, siz o’tin yormoqchisi.Oyoqlar kengroq qo’yiladi, qo’llar keng yoziladi va butun kuchni yig’ib, to’nkaga uriladi. Gavdani pastga egib, qo’llar oyoqlar orasida turadi. Nafas chiqarayotganda “ih” deyiladi(10-12 marta).

6.“Tarozi”-Ikkita bola qo’llaringizdan ushlaydi. Oyoqlaringiz barmog’iga oyog’i tegib turadi. Bir bola o’tirganda ikkinchisi turadi, keyin birinchisi turadi va ikkinchisi o’tiradi. 20-30 sek bajariladi.

7.“Ayiqqa o’xshab yurish”- Cho’kkalab o’tiriladi, chap qo’l va o’ng oyoq oldinga qo’yiladi, tizzalar bukilmaydi. 15- 20 sek bajariladi.

8.“Qushga o’xshab uchish”-Turgan joyda va yurayotganda qo’llarniharakatlantirish, qusha o’xshab qo’llarni xuddi qanotlar kabi uchirish.

9.“Qarsak chalish”-turgan joyda, keyin yurayotganda qo’lni oldinga qilib qarsak chalinadi. 15-20 sek bajariladi.

10. “Quyoncha”- Cho’qqayib turgan holatda qo’llar quyon quloqlarini tasvirlaydi va oldinga tomon qisqa-qisqa sakraladi(8-12 marta).

11. “Baliqcha”-Qorin bilan yotib, qo’llar va oyoqlar yuqoriga ko’tariladi, baliq kabi harakat qilinadi(5-6 marta)

12. “Parovoz”-aylana bo’ylab dastlab turgan joyda, keyin yurgan holda qo’llar bilan harakat qilinadi. Tizzalar balandroq ko’tariladi.”odinga yur”. “orqaga yur” deb buyruq berib turiladi. Guvillagan ovoz chiqarish mumkin. 20-30 sek bajariladi.

13. “Yana chapak chalamiz”-Turgan joyda bosh tepasida va bir oyoq tagida qarsak chalinadi. 15-20 sek bajariladi.

14. “Oyoqni qo’lga tekizish”-Chalqancha yotib, avval bir oyoq, keyin ikkinchi oyoq ko’tariladi, ular bilan o’rtoqning qo’liga tegishga harakat qilinadi-har bir oyoqda 6-8 marta.



Bolalarni jismoniy mashqlar bilan amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari

Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho‘milish) va quyosh vannalaridan foydalaniladi. Tabiiy omillardan mujassam holda foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg‘ir, s hamol, qizish) nisbatan chidamlilikni hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo‘ladi: faol mushak ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi.

Chiniqtirish maqsadidagi cho‘milish dasturda o‘rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun tavsiya etiladi. Suvga o‘rgatishni 1, 5-2 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, suv sachratish kichkintoylarga o‘zlari uchun yangi bo‘lgan suv muhitini o‘zlashtirishda yordam beradi, axloqiy hislarni uyg‘otadi, jasurlikni tarbiyalaydi. Cho‘milish yozda, kun issiq paytda, havo harorati 20-25 S, suv harorati kamida 20-25 S paytida boshlash, ikki haftadan keyin havo harorati 18-20 S, suvning 15-16 S bo‘lganda cho‘milish mumkin. Cho‘milish joyini sinchiklab tekshirish, 3-4 bolaning kattalarning hushyor kuzatuvida bir vaqtda cho‘milish, shifokorning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish – bu muolajalarni o‘tkazishning majburiy shartidir. Cho‘milish muddatini har bir yosh guruhi uchun bolalar muassasasi shifokori belgilaydi. Bunda metereologik sharoit suv va havo temperaturasi, s hamol, quyoshli yoki bulutli havo va barcha bolalar organizmining chiniqqanlik darajasi hisobga olinadi.

X U L O S A

Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni uyg’un rivojlantirish, har tomonlama jismoniy tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat tashkilotlari g’amxo`rligida, ularning kuch-g’ayratlari bilan amalga oshiriladi. Hozirda bolalarni axloqan va jismonan tarbiyalashda ota-onalar hamda pedagoglar jamoasining hamkorligi ijobiy yakun berishi bir qancha olimlarning ishlarida yoritilgan. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etishda eng avvalo jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga katta ahamiyat qaratish kerak. To`g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni har tomonlama garmonik rivojlanishida yordam berib, ularda sog’lom turmush tarzi ko`nikmalarini shakllantirishda dasturi amaldir. SHu bilan birga kun tartibidagi ertalabki gigienik gimnastika, harakatli o`yinlar, ovqatdan keyingi sayrlar paytida ham jismoniy tarbiya vositalaridan keng va to`g’ri foydalanilsa jismoniy tarbiya ishlarini takomillashtirishga zamin yaratiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 3261-sonli qarori. 2017 yil.

  2. .Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”. T.: 2018

  3. . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 sentyabr kuni “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish» masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi nutqi.

  4. K.M.Maxkamdjonov. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi T.: “Iqtisod-moliya”, 2008 .

  5. .M.X. Tadjiyeva, S.I. Xusanxodjayeva “maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”.

  6. . Dubrovskiy V.I., «Sportivnaya meditsina».

  7. Dubrovskiy V.I – «Valeologiya»:

  8. Sog’lom turmush tarzi, M. Retorika – Flinta, 1999 y

  9. B.B.Ma`murov. “Bolalar rivojlanishida Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”

  10. Bo’tayev.Z. “sog’lom turmush tarzini tashkil etishda jismoniy tarbiya mashqlarining ahamiyati”.

  11. .“Bolalarni maktabga tayyorlashda noan’anaviy o‘yinlardan - 227 - foydalanish (metodik qo‘llanma)”. Toshkent, 2004

  12. www.Lex.uz

  13. www.Ziyonet.uz

  14. www.Kitobxon.uz


ILOVALAR

Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi.

Maqsadi:Bolalarda sog’lomi jismoniy shakllanishni rivojlantirish va immunitetini mustahkamlash. Hamda yurish va yugurishga oid malakani rivojlantirish.

Kerakli jihozlar: Turli xil rangdagi kotokchalar, rangli lentalar, yumoshoq yostiqchalar, halqalar.

Jismoniy mashg‘ulotlar quyidagicha tuziladi: tashkiliy, asosiy, yakuniy qismlar.



I. Tashkiliy qism: yurish, yugurishlar. II. Asosiy qism: a) umumrivojlantiruvchi mashqlar (2–3 ta va 3–4 marta takrorlanadi); b) 1 yoki 2 ta asosiy harakatlarga o‘rgatish; d) harakatli o‘yin.

III. Yakuniy qism: sekin yurish yoki kam harakatli o‘yin. Ertalabki gimnastika ham 3 qismdan iborat: I. Tashkiliy qism: yurish va yugurishlar.

II. Asosiy qism: umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l va yelka, o‘mrov o‘stiradigan mashqlar, oyoq muskullarini mustahkamlovchi mashqlar. Shulardan 3 xil mashq tanlab olinib, 3–4 marta takrorlanadi.

III. Yakuniy qism: tinch yurish yoki nafas olish mashqlari. Tanlangan mashqlarni ana shunday taqsimlash 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalarga jismonan to‘g‘ri rivojlanishga, mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha asta-sekin murakkablashtirishga yordam beradi. Tarbiyachi o‘z ishida tayyor mashqlar kompleksidan foydalanishi mumkin yoki o‘zi ham tuzishi mumkin. Mashqlarni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak: a) bolalarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi; b) mashqlarni tanlashda bola organizmiga asta-sekin ta’sir etishini;

d) tanlangan mashqlarni yarmisi bolalarga tanish, takroriy, yarmisi esa yangi mashqlar bo‘lishi; e) ko‘p mashqlarni dastlabki holati o‘tirish, qorinda va orqada yotish; f) mashg‘ulotlarni yakuniy qismida albatta harakatli o‘yinni qo‘shib olib borish kerak. 2–3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, chiniqtirish tadbirlari, tizimlilik va izchilik asosida o‘tkazilsagina samarali ta’sir ko‘rsatadi.



Tinglovchi Abdullayeva Sh ning o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan

YO‘L XARITASI



Amalga oshiriladigan tadbir (muammo)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati (yil, oy)

Kutilayotgan natijalar diagnostikasi

1-yil

1

MTT tarbiyalanuvchilarining jismoniy holati undagi o’zgarishlar , atrof muhitning bola organizmiga salbiy ta’sirlarini o’rganish. Va ulardagi jismoniy nuqsonlar va ular ustida ishlash




Bolalarda sog’lomlashtirish to’garaklarini boshlash va samarali olib borish, bolalar organizmida bo’ladigan o’zgarishlarni doimo nazorat qilish,jismoniy chiniqtirish


1 yildan 5 yilgacha



Uzluksiz olib borilgan badan-tarbiya mashg’ulotlari va sрort bilan shug’ullantirish natijasida bolalarni hayotga sog’lom tarbiyalash yetuk va barkamol inson sifatida ulg’aytirish, bolalalar salomatligini mustahkamlash.

2-yil

2

Bolalardagi jismoniy qoloqlik yoki sрortga qiziqmaslik ,berilgan vazifalarni bajarmaslik, qiziqishning sustligi.





Qizizqarli sрort musobaqalarini tashkil etish va unga bolalarni jalb qilib qiziqtirish, rangli jihozlarddan foydalanib bolalar taffakurini yuksaltirish. Ko’рroq vaqt sarflagan xolda amaliy yordam ko’rsatish

6 oydan 1 yilgacha


Bolalarda sezilarli darajada sрortga va jismoniy mashqlarga bo’lgan qiziqishning ortishi va doimiy shug’ullanish xoxshinig aydo bo’lishi.



3-yil

3



Sрortga layoqatsiz bolalarning mavjud ekanligi ulardagi ruhiy yoki jismoniy zaiflikning bor bo’lishi

Ota onalar bilan xamkorlikda ish olib brogan xolda boladagi ruhiy yoki jismoniy zaif tomonlarini aniqlash va kerakli choraslarni ko’rish bolada qiziqish uyg’otish uchun ota onalar bilan birgalikda sрort mashg’ulotlarini bajarish va bolani xam bunga jalb qilish.

2 oydan 6 oygacha



Bu usul orqali ota ona va farzand o’rtasidagi munosabatlarni yanada mustaxkamlash xamda birgalikda berilgan vazifalarni bajarish ko’nikmasini rivojlantirish orqali bolani sрortga mehrini oshirish

4-yil

4



Deyarli har kuni bir hil tarzda olib boriladigan jismoniy mashqlar va toshiriqlar natijasida bolalarda zerikishning рaydo bo’lishi

Eskirgan usuldan voz kechish va yangi metodlardan foydalanish bolalarni qiziqishlarini va xoxishlarini inobatga olish jismoniy mashg’ulotlarning orasiga qiziqarli o’yinlarni qo’shgan xolda olib borish.

6 oydan 1 yilgacha



Bolalarda yana qiziqish va xoxish aydo qiladi va jismoniy sog’ligini mustahkamlaydi vaziyatga moslashuvchanlikni shakllantiradi.

5-yil

5



Bolalarning Jismoniy mashg’ulotlardan zerikishi

Tabiat qo’yniga sayohat qildirish va bu sayohat davomida bolalarga o’simliklar turlari, hayvonlarni yashash tarsi bilan tanishtirish. Suzish xavzalariga olib borish, turli xildagi sрort musobaqalarini qo’shni bog’chalar bilan hamkorlikda tashkil etish

3 oydan 6 oygacha



Bolalarda tabiatga bo’lgan qiziqish va hayvonlarga nisbatan mehr tushunchalari shakllanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan musobaqalar orqali bolalarda do’stlik axillik jamoa bo’lib ishlash qobiliyatini shaklllantirish.


Tahliliy asar

Shum bola” (G’afur G’ulom)

„Shum bola“ — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli. “Shum bola” qahratonda qulf urib gullagan bodom, Choʻlpon iborasi bilan aytganda, qor qoʻynidagi lola yangligʻ kishini hayratga soladi”. Qissa qahramoni asl ismi pinhon tutilgan Shum bola, 14-15 yoshli oʻsmir yigitdir. U yarim yillik sarguzashti davomida hayotning barcha jabhalarini, undagi ikir-chikirlargacha koʻzdan kechiradi.

Agar yerda zulm koʻpaysa, ijodkor mavzu va makonni oʻsha yerdan olisga koʻchiradi, qahramonlarini sarguzashtga chorlaydi yoxud voqea-hodisalarni arshi aʼloga koʻchiradi. Gʻ. Gʻulom qahramoni sarguzashtga chiqadi. Muallif oʻz badiiy niyatini sarguzasht davomida anglatib boradi. Qissadagi real voqeliklar gʻayrishuuriy tarzda aks ettiriladi. Ruhiyat birinchi planga olib chiqilib, aql ikkinchi darajali qurolga aylanadi. Agar Shum bola aql egasi sifatida gavdalantirilganda bu kabi erkinliklarga ega boʻlmasdi va asar ham hozirgidek mavqe qozonolmasdi. Muallif buni anglagan holda oʻz qahramoniga katta ruhiy erkinlik beradi. Badiiy asarda ruhiy erkinlikni taʼminlash esa badiiylikning muhim asosi sanaladi.

Biz tadqiq etayotgan qissada ruhiy kechinma va tuygʻu bolada rivojlangan boʻlib, uni shakllantirish, butun boshli mafkuraga qarshi qoʻyish, aql bilan tizginni boshqarish yozuvchining oʻzida qolgan. Muallif va qahramon oʻrtasidagi aqliy va ruhiy asoslar uygʻunlashib asar badiiy qimmatini taʼminlagan.

Shum bolaning oʻsmir yoshda boʻlishi diqqatga sazovor. Yosh davrlari psixologiyasiga koʻra, u oʻtish davrini boshdan kechirayotgan, rivojlanayotgan oʻsmirdir. Bu davrda oʻsmirning “men”i qaytadan shakllanadi. Uning atrofidagilari, ayniqsa, oʻz-oʻziga munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yoʻnalishi keskin oʻzgaradi. Psixologlar oʻrtasida yoshni davrlashtirishda tafovutlar bor, lekin barcha psixologlarning tasnifiga koʻra ham Shum bola oʻsmirdir. Psixolog D. I. Feldshteynning fikricha, shaxs shakllanishi jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib oʻtadi. Bu “Men jamiyat ichida” va “Men va jamiyat”, degan pozitsiyalardir. Bu bosqichlarni bosib oʻtish uchun shaxsga kamida besh-olti yil kerak boʻladi. Shum bola esa, olti oy ichida bu bosqichlardan oʻtib, oʻz-oʻzini anglashga yetib boradi. Bundan anglashiladiki, Shum bola dinamik tarzda rivojlanuvchi xarakter, uning xarakteri dinamikasiga ijtimoiy hayot hodisalari turtki beradi.

Ijod ahli erkinlik kishilari ekanligiga va ijod mahsuli erkinlik mevasi sifatida maydonga kelishiga shubha yoʻq. Gʻ. Gʻulomning ong ostida hamisha ruhiy erkinlikka tashnalik yashab kelgan. Hukmron mafkura tazyiqi ostida bu tashnalik yana ham ortgan. Ruhiy tashnalikni ifodalash uchun unga ramziy obraz, aynan Shum bola kerak edi. Muallif unga badiiy, ramziy soʻz vositasida oʻzidagi ruhiy tashnalik, oʻtkir yumorni yuklay olgan. Natijada, Shum bola oʻsmirlikdayoq oʻz-oʻzini anglagan, yetarli darajada mukammallikka erishgan badiiy obraz sifatida gavdalangan.

Lug’at


  1. Kindergarden – bolalar bog’chasi.

  2. Exercise or training- mashq qilmoq

  3. Swim- suzmoq

  4. Running- yugurish

  5. Jumрing – sakrash

  6. Gymnastics- gimnastika

  7. Throw out- uloqtirish biror narsani

  8. Sun bath – havo (quyosh) vannasi

  9. Be temered- chiniqmoq

  10. Creeр- emaklamoq

  11. Be lined uр- chiziq bo’ylab saflanmoq

  12. Game- o’yin

  13. Comрetition- musobaqa

  14. Рhysical strength- jismoniy kuch

  15. Triр- sayr qilmoq

  16. Nature – tabiat

  17. Toy- o’yinchoq

  18. Рarents- ota- onalar

  19. Educator- tarbiyachi

  20. Rest- dam olmoq

  21. Sрort exercise- mashq bajarmoq

  22. Develoр or rogress- rivojlanmoq

  23. Health –sog’lik

  24. Hygiene- gigiyena

  25. Equiрment- jihoz

  26. Creeр- o’rmalamoq

  27. Bicycle-velosiрed minmoq

  28. Nimbleness-chaqqonlik

  29. Dance –raqs tushmoq

  30. Children-bolalar

  31. Boy- o’g’il bola

  32. Girl- qiz bola

  33. Ball- to’р

Taqdimot slaydlari






Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling