O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
A. Mansurov M. Bafoev
Download 0.94 Mb.
|
Musiqa ma`danyati fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli buyicha O`QUV US
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Orzu» «To’maris»
- «Sevgi tumori» M.Ashrafiy U. Musaevning “To’maris” baleti mavzuidagi dars ishlanmasi.
O’zbek baletlari
«Sevgi tumori» M.Ashrafiy U. Musaevning “To’maris” baleti mavzuidagi dars ishlanmasi. Bugundan boshlab biz sizlar bilan yuqorida tilga olingan o’zbek bastakori Ulug’bek Musaev tomonidan yaratilgan «To’maris» baleti bilan tanishib, uni o’rganishni boshlaymiz. Bolajonlar, sizlar adabiyot darsida «To’maris» dostoni bilan tanishgansizlar. Qani menga «To’maris» dostoni haqida kim gapirib bera oladi? O’quvchi: To’maris ayol kishi bo’lgan. U malika bo’ladi. To’maris qaysidir shaxsga qarshi kurashadi. O’quvchi: To’maris ahmoniylar podshosi Kirga qarshi kurashadi. O’qituvchi: To’maris o’z-o’zidan u shaxsga qarshi kurashadimi yoki qandaydir sabab bo’ladimi? O’quvchi: O’sha shoh saklar yerini bosib olmoqchi bo’ladi, o’z yerlarini saqlab qolish uchun To’maris unga qarshi kurashadi. O’quvchi: To’maris mard, jasur, qo’rqmass ayol bo’ladi. U o’z yerlarini saqlab qolish uchun xalqini, vatanini himoya qilib kurashadi. O’qituvchi: Juda ham to’g’ri, bolajonlar, sizlar «To’maris» dostonini katta qiziqish bilan o’zlashtirgan ekansizlar. Yuqoridagi fikrlaringizni umumlashtirib, men sizlarga «To’maris» dostonini eslatib o’tmoqchiman. To’maris mard, jasur SHarq ayoli. U massagetlar malikasi va massagetlar qo’shiniga qo’mondonlik qilar edi. Ahmoniylar podshosi Kir uni o’ziga mahramlikka so’rab sovchi yuboradi. Ammo bu soxta muhabbatning tagida hali aytib o’tganingizdek, massagetlar yerini ishg’ol qilish yetar edi. To’maris Kirning yovuz niyatini bilib qolib, unga rad javobini beradi. Bundan g’azablangan Kir, yovuz niyatini amalga oshirish maqsadida, massagetlar yeriga bostirib kirish harakatiga tushadi. To’maris va Kir o’rtasida ayovsiz qonli janglar bo’lib o’tadi. Bu urushda To’marisning yakkayu-yagona o’g’li Spargandan ayriladi. Kir uni nayrang yo’li bilan asir qilib oladi. Lekin To’maris o’z Vatani va xalqini o’g’lining boshiga almashishdan bosh tortadi, qo’shinlar o’rtasida ayovsiz urushlar davom etadi. Ahmoniylar ko’p qo’shinidan ajraladi va Kirning o’zi halok bo’ladi. To’maris nomard Kirning kallasini tanasidan judo qilib, qon to’ldirilgan meshga tiqib qo’yadi. SHunday qilib, mard, jasur SHarq ayoli To’maris tarixda o’zining qahramonligi bilan hammamizga o’rnak bo’lib kelmoqda. Mana shu doston asosida o’zbek kompozitori Ulug’bek Musaev «To’maris» baletini yozganlar. (Iste’dodli kompozitor haqida bayon qilib berdik). Mana, bolajonlar, endi sizlar o’zbek kompozitori Ulug’bek Musaev haqida ham bilib oldingiz. «To’maris» dostonini ham eslab oldingizlar. Endi sizlarga shunday topshiriq beriladi: -tasavvur qiling, sizlarning har biringiz kompozitorsiz. Siz hozir «To’maris» baletini yozishingiz kerak. Buning uchun har bir o’quvchi berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishi lozim (barcha o’quvchilarga bir varaqdan oq qog’oz berildi). qo’lingizdagi oq varaqning yuqori qismiga «To’maris» baletidagi ijobiy qahramonga, xususan To’maris obraziga xos xususiyatlar haqida 4-5 tadan so’z yozasiz, uni har kim mustaqil yozadi (buning uchun ikki minut vaqt ajratildi, ya’ni o’tgan shu ikki minut davomida o’quvchilar mustaqil fikr yuritdilar, o’z aqlari bilan ish ko’rdilar); -endi ikkinchi vazifa. Bunda har ikki qo’shni partadagi o’quvchilar birgalikda ijobiy obrazga xos xususiyat, ya’ni To’maris obrazi balerina tomonidan qanday harakatlar orqali ifodalab berilganligi haqida o’ylab ko’ringizlar. (Buni endi o’quvchilar guruhlarga bo’linib, bamaslahat hal qiladilar va vazifaga ajratilgan 5 minut vaqt o’tgan, guruhdagilardan bir kishi kelishilgan holda chiqarilgan xulosani bayon qiladi. SHu tariqa barcha guruhdagilar o’z fikrlarini bayon qiladilar). Shundan so’ng o’qituvchi berilgan javoblarni umumlashtirib, unga ayrim qo’shimchalar kiritdi. Endi o’qituvchi butun sinfga savol tashlaydi, ijobiy obrazni, To’marisning obrazi qanday musiqa orqali tasvirlanishi lozim. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling