O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlarahamiyati


Fermer xoʻjaliklarining tashqiliy-iqtisodiy asosi


Download 53.01 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi53.01 Kb.
#1537273
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlarahamiyati

3.3.Fermer xoʻjaliklarining tashqiliy-iqtisodiy asosi


Qishloq xoʻjaligi tarmogʻida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy, tashqiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda qishloq xoʻjaligining tashqiliy-huquqiy shakllari, uni boshqarish tartibi va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish usullari, subyektlari tubdan oʻzgardi. Jumladan, mulkchilikning ijara shakllari va shartnomaviy munosabatlarga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimi sifatida fermer xoʻjaliklari tashkil etildi, rivojlantirildi hamda ularning faoliyati takomillashtirilib borilmoqda. Fermer xoʻjaliklarini iqtisodiy barqaror rivojlantirishning meʼyoriy - xuquqiy asoslari yaratildi. Bunda "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritishning asosiy shakli sifatida fermer xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirish uchun zarur huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Qishloqda dehqonning yerga va oʻzi yaratgan mahsulotga egalik hissini oshirishga qaratilgan mulkiy munosabatlar hamda uning mukammal huquqiy asoslari shakllantirildi. Shunda fermer xoʻjaligining faoliyatiga: xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xajmini oshirish, sifatini yaxshilash, ekin maydonlaridan samarali foydalanish,yerning haqiqiy egasi boʻlish, yetishtirgan mahsulotlarini sotish, saqlash,qayta ishlash, eksport qilish hamda ularni yetishtirishni tashkil etishdan iborat. Qishloq xoʻjaligida ham xususiy mulkchilikka asoslangan faoliyat mavjud boʻlib, shulardan fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning oʻzi tasdiqlab bermoqda. Aksariyat adabiyotlarda “fermer” deganda qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi tadbirkor tushuniladi, yaʼni “fermer-kapitalistik mamlakatlarda, qishloq xoʻjaligi tadbirkor, qishloq xoʻjaligi korxonasining egasidir” deb taʼrif beriladi. Qishloq xoʻjaligini isloh qilishdan koʻzlangan asosiymaqsad, yerning haqiqiy egasini topish, yer-suv munosabatlarini takomillashtirib borish hisobigayer-suv va boshqa resurslardan samarali foydalanishdir. Shu boisdan dehqon xoʻjaliklariga yer maydonlari merosga qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga, fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatga ijaraga berish qonun bilan belgilab qoʻyildi. Fermer xoʻjaligini rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy asoslari yaratilgan boʻlib, uning faoliyati boshqa qishloq xoʻjalik subyektlariga nisbatan takomillashib bormoqda. Olib borilgan islohatlar tufayli turli bosqichlarni bosib oʻtib ularning oʻziga xos boʻlgan rivojlanish davri boʻldi.Fermer xoʻjaliklari rivojlanishiningtarixiy davrlarinishartli ravishda 5 ta bosqichga ajratish mumkin:

Download 53.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling