O’zbekiston respublikasining konstitutsiyasi – inson xuquq va erkinliklarining kafolati. Reja: 1
Download 22.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqkONSTITUTSIYA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI – INSON XUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATI. Reja: 1. Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi. 2. Huquq va erkinliklar kafolatlarining o`ziga xos xususiyatlari. 3. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qoidalar. 4. Xulosa. Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi Davlat mustaqilligini qo`lga kiritib, O`zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqarolik jamiyatni shakllantirish yo`lini tanladi. Demokratik fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo`ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko`rsatuvchi shartlaridan biri inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to`liq belgilanishi hamda ularning ta'minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad — ushbu davlatda yashovchi har bir fuqarolarning huquq va erkinliklarini to`la ta'minlashdan iboratdir. Tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi muhim ahamiyatga egadir, ammo ularni amalga oshirishning kafolatlangan, himoyalangan imkoniyatlari bo`lmasa, ular quruq gapligicha qolib ketadi. Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to`g`risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g`oyasi va maqsadi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining mazmun mohiyatini to`la tushinish uchun avvalo kafolat tushunchasiga to`xtalmoq zarurdir. O`zbek tilining izohli lug`atida bayon etilishicha: «Kafolat» so`zi bu — mas'uliyatni, javobgarlikni o`z zimmasiga olgan holda, ishontirish, kafillik, ta'minlash» ma'nosini bildiradi. Kafolat — bu fuqarolarga qonunda belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirilishini ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlardir. Download 22.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling