O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Valyuta tavakkali va ularni sug‘urta qilish usullari


Download 0.57 Mb.
bet73/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112

Valyuta tavakkali va ularni sug‘urta qilish usullari


Valyuta tavakkali deganda tashqi iqtisodiy operatsiyalar va TIA qatnashchilarining xo‘jalik faoliyati natijalarini valyuta kurslari o‘zgarishi natijasida mumkin bo‘lgan o‘zgarishi tushuniladi. Xalqaro iqtisodiy operatsiyalarning barcha subyektlari: davlat, valyutalar, savdo va sanoat kompaniyalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar valyuta tavakkaliga (xatariga) duch kelishi mumkin.
Importchi va eksportchilar tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta tavakkalchiligiga duch keladilar. Agar eksportchi tovarini to‘lov muddatini cho‘zish bilan savdo qilsa va bunda valyuta sifatida importchi mamlakat yoki uchinchi mamlakat valyutasi olinsa valyuta tavakkaliga duch kelinadi. Eksportchi valyuta kursi tushib ketganida o‘z milliy valyutasiga nisbatan sarflagan harajatni qoplamasa foyda ko‘rmaydi va katta zarar ko‘radi. Shunday qilib eksportchi uchun valyuta kursining milliy valyutaga nisbatan shartnoma imzolashi va to‘lash davrida pasayib ketishi - bu valyuta tavakkalidir. Bu davr har qanday tipdagi tashqi savdo va kredit operatsiyalarini amalga oshirishda to‘lov muddatini cho‘zilishini ko‘zda tutilgan yoki tutilmaganidan qat’iy nazar mavjud bo‘ladi. Bundan chiqadiki qariyib barcha tashqi savdo bitimlari valyuta tavakkaliga duch keladi.
Importchilar uchun valyuta tavakkali (xavfi) tovar sotib oliganda narx chet el valyutasida belgilanib, davlat valyutasiga nisbatan ko‘tarilsa valyuta tavakkali yuzaga keladi. Bunda sotib olingan tovar uchun ko‘proq maxalliy valyuta sarflanadi.
Tadbirkorlar o‘z ishlarining oxirgi natijalarini iloji boricha uzoqroq kelajak uchun rejalashtiradilar. Shuning uchun ham g‘arb korporastiyalari amaliyotida valyuta tavakkali uchun vaqt hisobi korporastiya tomonidan bitim tuzish uchun qaror chiqqan kun olinmaydi.
Valyuta tavakkalini valyuta mablaglarini joylashtirish bo‘yicha operatsiyalarida paydo bo‘ladigan xavf sifatida qarash lozim. Bu turdagi valyuta xavfidan banklar va ularning mijozlari shuningdek davlat ham zarar ko‘rishi mumkin. Bu holdagi valyuta tavakkallarida moliya keladi, chunki valyuta mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha operatsiyalar mazmuniga ko‘ra kredit harakteriga egadir.
Yuqorida aytilganlarning barchasi valyuta xavfini quyidagicha izohlash imkonini beradi: valyuta tavakkali - bu xorijiy valyuta kursining milliy valyutaga nisbatan tashqi savdo, kredit, valyuta operatsiyalarini o‘tkazish va valyuta mablag‘larini saqlash vaqtida o‘zgarish natijasida valyutalarining noxush qayta baholanishi, yoki valyutani yuqotish xavfidir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling