O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet97/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112
Barter operastiyasi - bu bir yoki har xil turdagi tovarlarning ma’lum miqdorini baho qiymati miqdoriga mos keladigan boshqa tovar yoki tovarlarga almashish operastiyalaridir.
Bojxona ittifoqi — ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini o‘tkazishidir.
Bojxona tarifi — tovar oqimlarining chegarani kesib o‘tishida davlat tomonidan olinadigan soliq miqdori ko‘rsatilgan tartiblangan tovarlar ro‘yxati.
Bojxona hujjatlari- tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tish uchun rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarga quyidagilar kiradi: bojxona deklarastiyasi, import va valyuta listenziyalari, tovarning qaerdan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi guvohnoma, konsullik fakturasi, tranzit hujjatlari, veterinar, sanitar va karantin guvohnomalari va boshqalar.
Bojxona deklaratsiyasi asosiy bojxona hujjati bo‘lib, yukni tasarruf qiluvchi shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi.
Valyuta — ma’lum bir davlatning qonun bilan o‘rnatilgan pul vositasi (milliy valyuta), bir yoki bir necha etakchi mamlakatlarning valyutasi ko‘rinishidagi jahon rezerv pullari, Xalqaro valyuta fondi va Evropa valyuta tizimi a’zolari tomonidan ko‘p tomonlama xisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari.
GATT- Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh kelishuv — tashqi savdo operastiyalarini o‘tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‘yicha xalqaro akt.
Distribyutorlar – shunday vositachilarki, ular o‘z nomi va o‘z hisobidan tovar sotish bilan shug‘ullanadi, ularning o‘zi tovarlarning buzilish yoki yo‘qolishi, hamda xaridorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi natijasida vujudga keladigan qaltislikllarni o‘z bo‘yinlariga oladi.
Eksport kvotasi - mamlakat eksporti hiymatining unig yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga nisbati (foizlarda).

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling