Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston ssr, Oʻzssr


-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash] Ikkinchi jahon urushi yillari


Download 42.96 Kb.
bet4/6
Sana25.10.2023
Hajmi42.96 Kb.
#1718691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarix 1917-1991 O\'zbekistonSSR

1940-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi jahon urushi yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston SSRdan 1,5 million kishi frontga ketgan, ulardan 450 mingdan ortiq kishi jang maydonlarida halok boʻlgan. Fashistlar bosib olgan hududlardan Oʻzbekistonga 1 milliondan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi.
1943–1944-yillarda qalmoqlarqrim tatarlarichechenlaringushlarolmonlarqorachoylaryunonlarmesxetin turklaribolqorlar oʻz tarixiy vatani yoki doimiy yashash joylaridan mamlakatning sharqiy hududlariga koʻchirib yuborildi. Qrimdan 151 604 qrim tatarlari, Gurjistondan 110 ming mesxetin turklari, Shimoliy Kavkazdan 175 ming chechen, 20 mingdan ortiq ingush, 4 500 bolqor, arman va yunonlar Oʻzbekiston SSRga koʻchirildi. Koʻchirib keltirilganlar orasida boshqa xalqlarning vakillari ham oz emas edi. Maxsus koʻchirib keltirilganlarning koʻpchiligi kolxoz va sovxozlarga ishga joylashdilar, keyinchalik Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda ishtirok etdilar.
Urush yillarida Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi ahli eng murakkab va ogʻir sharoitlarda mehnat qilib, davlatga 4 148 000 tonna paxta, 82 million pud gʻalla, 54 067 tonna pilla, 195 ming tonna sholi, 57 444 tonna hoʻl meva, 36 ming tonna quruq meva, 159 300 tonna goʻsht, 22 300 tonna jun va boshqa mahsulotlarni yetkazib berdilar. Urushda vayron boʻlgan xalq xoʻjaligini tiklashga yordam berish uchun koʻplab oʻzbekistonliklar Rossiya SFSRUkraina SSRBelorussiya SSR va boshqa respublikalarga joʻnatildi.
1940-yillarning ikkinchi yarmi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay Oʻzbekiston SSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. XX asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK markazning yoʻl-yoʻriqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan Said AhmadShukrulloMirzakalon IsmoiliyShuhratMaqsud ShayxzodaMirkarim OsimHamid Sulaymonov, shuningdekMuhiddin Qoriyoqubov 1951-yilda „sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati“ olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etildilar. Oʻzbek xalqining faxri hisoblangan Oybek badnom qilindi.

Download 42.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling