Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. O‘zbekiston
Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va
mos fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan,
hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini
o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarishi deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning
105-moddasiga ko‘ra, «Shaharcha, qishloq va ovullarda,
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda
fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |