Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti


Download 0.53 Mb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1275456
1   2
Bog'liq
OZIQ OVQAT KIMYOSI

Vitamin B1 yoki tiamin
(Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o‘rganilgan, uning nomi tiamin grekcha “tion-oltingugurt” atamasidan olingan. Tiamin— ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobig‘i (kepagi)da bo‘ladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish uchun tiamin ko‘proq talab qilinadi. Tiamin bo‘lmasa, polinevrit kasalligi ro‘y beradi. Organizmda bu vitamin bo‘lmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining og‘ir kasalligi — beri-beri paydo bo‘ladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar bo‘shashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Vitamin B2 vazifasi
Vitamin B2 (riboflavin) — hujayralar almashinuvi jarayonini va terining yuza qatlamidagi jarayonda muvozanatga keltiruvchi vazifani bajaradi, undan tashqari nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Riboflavin— o‘sish jarayonida qatnashadi va o‘stiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, ko‘z gavharidagi moddalar almashinuviga ta’sir etadi, yorug‘likni sezish va rang ajratishga yordam beradi.
Vitamin B6 yoki piridoksin
Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi.
Vitamin B12 yoki sianokobalamin
Vitamin B12 (Sianokobalamin) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi.
Siankobalamin jonivorlar tabiatiga ega mahsulotlarda bo‘ladi. Bular: jigar, go‘sht, baliqning ayrim turlari, pishloq va h. B12 vitamini ichak florasida ham ishlab chiqariladi. B12 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 15-20 mkg.ni tashkil qiladi.
Vitamin C vazifasi
Vitamin C — allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, birlashtiruvchi to‘qimalarning holatini yaxshilaydi. Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zlashtirilishida, bu to‘qimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga terining silliqligini ta’minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi. Undan tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida ishtirok etadi va ayrim gormonlarning ishlab chiqarilishida ham ishtirok etadi. C vitamini virus va bakterial infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. C vitamini terida pigmentning to‘g‘ri taqsimlanishida ko‘maklashadi.
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling