P 18-dars. Fales teoremasi va uning natijalari. Simmetriya Мусаев Хусан Teorema


Download 195.48 Kb.
bet4/8
Sana21.04.2023
Hajmi195.48 Kb.
#1376041
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
P 18 dars. Fales teoremasi va uning natijalari. Simmetriya

25. Uchburchakning tomonlari o’rtalari tutashtirilib, perimetri 50 sm ga teng uchburchak hosil qilindi. Berilgan uchburchakning perimetrini toping.
26. Uchburchakning perimetri 14,5 sm ga teng. Undan o’rta chiziqlaridan biri yodamida ajratib olingan uchburchakning perimetrini toping.
27. Kvadratning diagonali 14 sm ga teng. Berilgan kvadrat tomonlarining o’rtalarini ketma-ket tutashtiruvchi kesmalar hosil qilgan to’rtburchakning perimetrini toping.
28. Trapetsiyaning asoslar 11 sm va 17 sm ga teng. Uning o’rta chizig’ining uzunligi qancha?
29. Trapetsiyaning asoslar 4,5 dm va 8,2 dm ga teng. Uning o’rta chizig’ining uzunligi qancha?
30. Trapetsiyaning asoslar 9 sm va 2 sm ga teng. Uning o’rta chizig’ining uzunligi qancha?
31. Trapetsiyaning o’rta chizig’i 16 sm ga, asoslaridan biri esa 12 sm ga teng. Trapetsiyaning ikkinchi asosi nimaga teng?
32. ABCD trapetsiyaning yon tomoni AB ga parallel CP to’g’ri chiziq AD asosni AP=10 sm va PD=8 sm li kesmalarga ajratadi. Trapetsiyaning o’rta chizig’ini toping.
33. ABCD trapetsiyaning yon tomoni AB ga parallel CP to’g’ri chiziq AD asosni AP=5 sm va PD=7 sm li kesmalarga ajratadi. Trapetsiyaning o’rta chizig’ini toping.
34. Teng yonli trapetsiyaning diagonallari o’tkir burchagining teng ikkiga bo’ladi. Trapetsiyaning perimetri 66 sm, asoslarining nisbati 2:5 kabi. Trapetsiyaning o’rta chizig’ini toping.
35. ABCD trapetsiyaning tomonlari ma’lum AB=4 sm, BC=6 sm, CD=5 sm, AD=10 sm. Agar EF – trapetsiyaning o’rta chizig’i bo’lsa, AEFD trapetsiyaning tomonlari nimaga teng.
36. Trapetsiyanng katta asosi kichik asosidan 3 marta katta va uning o’rta chizig’i 20 sm ga teng. Trapetsiyaning asoslarini toping.
37. Trapetsiyaning katta asosi 16 sm ga teng, kichik asosi esa o’rta chizig’idan 6 sm qisqa. Trapetsiyaning kichik asosini va o’rta chizig’ini toping.
38. To’g’ri chiziqdan bir tomonda yotgan kesmaning uchlari undan 5 sm va 13 sm uzoqlikda. Kesmaning o’rtasi to’g’ri chiziqdan qancha masofada bo’ladi?
3 9. Trapetsiyaning diagonali uning o’rta chizig’ining 3:8 nisbatda 2 kesmaga ajratadi. O’rta chiziq kesmalarning ayirmasi 15 sm ga teng. Trapetsiyaning asoslarini toping.
40. Ixtiyoriy to’rtburchak tomonlarining o’rtalari 62-rasmda ko’rsatigandek birlashtirilgan. Bu kesmalar bilan kesishmaydigan diagonal 30 sm ga teng. Bu kesmalarning uzunliklarini toping.

Download 195.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling