Pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi qiyosiy pedagogika


Download 1.62 Mb.
bet25/59
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1444610
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
ҚИЁСИЙ O\'UM 2022-2023 ZIYAYEV

O’RTA TA’LIM
O’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugallab o’rta maktabga o’tadilar. O’rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi.
O’rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5, 4 o’rta, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak, sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o’rgatidi frantsuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika, tabiiy fanlar.
Shunday qilib 6 - 5 - sinflar umumiy o’rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda o’quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma oladilar.
Bundan keyin o’quvning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O’qish 3 yil davom etib 2- sinf kichik, 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinflarga bo’linadi.
O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va diplomi uchun imtixon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar.
Umumiy ta’lim yo’nalishidagi uch yillik ta’lim litseylarida quyidagi fanlar o’qitiladi: adabiyot tarixi, ona tili va adabiyoti, lotin tili, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari bo’lishi mumkin), tarix, geografiya, Fransiya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo’nalishlariga qarab matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o’qitiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o’quvchining bu bosqichda chet tillarni o’rganishiga katta e’tibor beriladi. Talab, o’qishni tugatgach, o’quvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari kerak.
O’quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o’quvchilar oliy maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Lekin hamma oliygohlarga ham imtihonsiz kirib bo’lmaydi. Talabalar oliy pedagogika instituti, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish imtihonlari bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko’riladi.


Deyarli barcha katta belgiyaliklar yozishni va o‘qishni biladi. Mamlakatda 2 xil o‘quv tizimi bor: davlat tomonidan na diniy tashkilotlar tomonidan tashkil kilingan maktablar Davlat xar ikkala tisim ta’lim muassasalarini mablag bilan ta’minlaydi. Qonunga ko‘ra 6 yoshdan 18 yoshgacha barcha bolalar ta’lim olishlari shart. Deyarli barcha ota-onalar o‘z farsandlarini yasli va bogchalarga beradilar.6 yoshdan 1 1 yoshgacha bolalar boshlang‘ich maktabda ta’lim oladilar 1970 Yilga kddar o‘quvchilar boshlang‘ich maktabdan sung biror kasbiy yoki o‘rta maktabga boradilar. Biroq 1970 yilda kabul kilingan karorga ko‘ra bolalarning barchasi fakat to‘lik o‘rta maktablarga borish lozim deb ko‘rsatildi. Bunday maktablarda o‘quvchilarga xam umumiy bilimlar, xam kasbiy yo‘nalish berilar edi. 1979 yilga kelib yangi maktablar avvalgi tizim muassasalarining o‘rnini to‘lik egalladi. Ammo ayrim mustakil maktablarda avvalgi tizim xususiyatlari saqlanib kelmoqda. Belgiyada boshlang‘ich ta’lim olgach 11 yoshdan 18 yoshgacha bulgan davrda umumiy ta’lim beriladi. O‘quvchilar o‘zlari kaysi fanga kiziksalar, o‘sha fandan ko‘prok ta’lim oladilar. Ular o‘z xoxishiga ko‘ra dars jadvalini tuzishadi. O‘qish bilan birgalikda albatta xunar urganadilar. Bu degani agar ba’zi bir o‘quvchilar o‘qishni davom ettirishni xoxlamasa, maktabni tugatgandan sung zavod va fabrikalarda texnik mutaxassis bulib ishlashlari mumkin.
SHanba va yakshanba belgiyalik o‘quvchilar uchun dam olish kunlari. Bu kunlarda o‘quvchilar turli sport klublariga borishadi, musobaka va bellashuvlar uyushtiriladi. SHuningdeq yaqinlari va dsttlari davrasida buladilar. YAna bolalar uchun «Saodat» tashkiloti mavjud bulib, unda xar bir bola o‘zi kisikdan Yo‘nalishli guruhga a’so buladi. Masalan geografiya, biologiya astranomiyaga nunaltiril gan guruxlar yoshlarni birlashtirgan xolda ish olib boradi. Bu tashkilot faoliyati shunday kisikarliki, aslida 18 yoshgacha bulganlar a’so buladilar-da, undan yukori yo’shdagilar xam ixtiyoriy ravishda bu tashkilotlarda ish olib boradilar.Belgiyada oliy ta’lim universitetlarda amalga oshiriladi. Mamlakatda 4 ta davlat univesiteti va 4 ta xususiy universitet mavjud.
SHvetsiya-SHimoliy YEVROPAdagi industrial tarakkiy etgan mamlakatdir. SHvetsiya xukumati talabiga ko‘ra 7-16 yoshdagi barcha bolalar maktabga katnashlari shart. Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim bepul amalga oshiriladi. Xukumat, shuningdeq barcha universitetlarni boshkarib boradi.Kupchilik bolalar 7 yoshga bog‘chalarga boradilar. Xukumat bog‘chalarni xam kullab-kuvvatlaydi, ammo ularga katnashni talab etmaydi. Boshlang‘ich maktablar SHvetsiyada «grandashola» deb yuritiladi. Ular kuyi va yukori bosqichlarga bulinadi. Kuyi bosqich o‘z navbatida yana 2 bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich 1-3 sinflarni, ikkinchi bosqich 4-6 sinflarni kamrab oladi. YUkori bosqich 7-9 sinflarni kamrab olib, 7-8 sinflardan o‘quvchilar o‘zlari uchun kerak fanlarnn tanlay boshlaydilar. Kupchilik o‘quvchilar keyinchalik umumiy ta’limni davom ettiradilar. Ba’zilar uy xujaligi yoki ishlab chikarish sexlarida kerak bilimlarni urganishadi. Ba’zi bolalar tilshunoslik, texnologiya yoki iqtisodiyot buyicha bilim beriladigan maxsus kurslarni tanlaydilar. 4-7 sinflarda barcha bolalardan ingliz tilini urganish talab kilinadi. 90% o‘quvchilar keyin xam xorijiy tilni urganishni davom ettiradilar.
Grandasholani tugatgach, bolalar o‘rta maktabga borishlari mumkin. 1966 yildan buyon mamlakatda 3 turdagi o‘rta maktablar mavjud, uch yillik oliy o‘rta maktablarda o‘quvchilar universitetga tayyorlanadi. Ikki-uch yillik davom ettiruvchi maktablarda ijtimoiy, ixtisodiy va texnik fanlardan bilim beriladi. (kasbiy o‘rta maktablarda kunduzgi va kechki bulimlar mavjud bulib, ularda ishlab chikarish, iqtisodiyot asoslaridan bilim beriladi. SHvetsiyada 6 ta universitet mavjud. SHvetsiya oliy o‘quv yurtlari azaldan o‘zining yukori sifatli bilim dargoxlari ekanligi bilan mashxur. Ularda ta’lim bepul amalga oshiriladi. Bugungi kunda SHvetsiya oliy o‘quv yurtlari xorijlik talabalarga ochik ekanligi bilan juda mashxur.
SHVETSIYA OLIY O‘QUV YURTLARI
YAqin vaktlargacha Skandinaviya universitetlari unchalik ommaviylashmagan edi. Mamlakat tili xam jaxon mikyosida u kadar katta mavqega ega emas edi. Ammo keyingi 10 yil ichida SHimoliy YEVROPA, xususan SHvetsiya oliy o‘quv yurtlarida boshka mamlakatlardan talabalarni kuprok jalb qilish xarakati boshlandi. CHet ellik talabalar uchun maxsus stipendiyalar joriy kilgan, ingliz va shved tilini bepul urganish va imtixon topshirish mumkin.
SHved oliy ta’limida ikkita musbat jixat bor.
1.An’anaviy oliy sifat. Mamlakat tabiatining betakror go‘zalligi etuk mutaxassis, menedjer, olim, muxandislar tayyorlashga xam sharoit tugdiradi.
2.Bu erda barcha talabalar kaysi millatga mansubligidan kat’iy nazar tekin bilim oladilar.
SHunday kilib SHvetsiya oliy o‘quv yurtlarida bir kadam olga siljish boshlandi. SHvetsiya Universitetlarida o‘qishni istagan abiturientlar Internet orkali o‘zi xoxlagan oliy o‘quv yurtining xalkaro bulimiga murojaat kiladi.
CHet elliklar shvedlar bilan umumiy tartib koidalar asosida tanlovdan utishadi. Avval, undan bazaviy ma’lumotlardan xabardorligi talab kilinadi. YA’ni u o‘ziga yaratiladigan gamxurliklar xakida biladimi? Kabul bir yilda 2 marta buladi. 5 oylik mustakil kurslar uchun kuzgi semestrga joriy yilning 15 apreli, baxorgi semestri 15 oktyabrga kadar xujjat topshiriladi. U o‘rta maktabni, kiska muddatli kurslar, bakalavrlikni tugatganligi xamda ma’lumotnoma yoki diplom nusxasi abiturientdan talab kilinadigan asosiy xujjatlardir. Unga esa o‘z mamlakatining biror pedagogi bergan tavsiyanoma xam kushib topshiriladi. Uni qiziktirgan fakultet elektron pochtaga ulanganligi sababli abiturientdan bu xaqidagi referat xam ingliz tilida talab kilinadi. Umuman, xar kanday mamlakat talabasi bu erda talim olishdan avval xech bulmaganda bir yil o‘z yurtida taxsil olgani ma’kul. Maktabni tamomlab, birdan SHvetsiyaga kelib kolgan chet el fukarosi ancha kiynalib koladi. SHvetsiya Universitetlariga ariza yo‘llagan talaba ta’limni tekin olsada, u turar joy masalasini o‘zi xal kiladi. Talaba 750$ stipendiya oladi. SHuniig 3/1 kismini turar joyga taksimlaydi. Stokgolm va Edborg shaxarlarida boshpana topish katta baxt xisoblanadi. Talabalar 10-5 kishi foydalanishga mo‘ljallangan yotokxonalarga xam joylashishi mumkin. SHvetsiyada bilim olishni xoxlovchilarga kelishi bilan kredit kartochkasi beriladi. Stokgolm va Geterborg Universitetlariga kelib, fundamental fanlar bilan shugullanishni istasa, uning amaliy tadkikotlari, keyinchalik oliy kirollik texnika, CHalmersov maktablarida davom etadi. Gumanitar soxa mutaxassislariga Uppsal va Lund Universitetlari xizmat kiladi. Stokgolm Universitetlari bilan teng obro‘da yuradigan Sedertorn oliy maktabi xam borki, u poytaxtga yakin joyda joylashgan. Maktab 1996 yilda o‘zining ilk talabalarini kabul kilgan edi. SHvetsiyada ta’lim va biznes dunyo qonuniyatlariga kup xam mos tushavermaydi. Stokgolm iqtisod maktabi YEVROPA mamlakatlarida yukori nufuzga ega. Maktabning Riga va Peterburgda filiallari mavjud.
Ta’lim uslublari Germaniya, Daniya, Finlyandiyanikiga uxshash. Ingliz millatiga mansublar bu erda kuprok; Avstraliyaliklar, YAngi Zellandiyaliklar xam kam emas. SHarkiy YEVROPA fukarolari xam kam emas, etarli. MDX. davlatlaridan borib taxsil olayotganlar nisbatan kam. Lotin Amerikasi, YAponiya, Xitoy davlati vakillari xam uchraydi. Ta’lim olish uchun SHvetsiyaga eng kam fukaro keladigan mamlakat bu Arabiston va Afrikadir.
Shvetsiya ta’lim tizimining o’ziga xosligi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling