Pеdаgоgikа instituti pedagogika va psixologiya fakulteti pеdаgоgikа va psiхоlоgiya yo’nаlishi 204-guruh isroiljonova xulkaroyning


l.2. Ilk o’sprinlik davrining psixologik xususiyatlari


Download 76.93 Kb.
bet4/11
Sana22.12.2022
Hajmi76.93 Kb.
#1042140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHAXSIY

l.2. Ilk o’sprinlik davrining psixologik xususiyatlari
Ilk o’spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilaridir. O’spirinlik - bu odamning fiiqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o’z taqdirini o’zi hal qilishi, ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri, fiiqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, o’qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ulaming ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o’spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga urg’u beradi: o’quvchilaming hayotda o’z o’mini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o’z-o’zini anglashga va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi. '
Ilk o’spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo’lar ekanlar, o’zlarining hayot yo’llarini belgilab olishga, bundan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o’zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq bo’lib qoladi, yigit va qizlar o’z kelajaklari haqida jiddiyroq o’ylay boshlaydilar.
Ilk o’spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to’xtalib o’tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko’ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o’spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lura darajada ta’sir ko’rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o’rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlaming individual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog’liqdir. Ikkinchidan, jinslaming o’zaro mayli ta’sir ko’rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o’ynaydi. O’zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog’lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o’ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlaming tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi.
Bo’yning o’sishi o’spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o’g’il bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez o’sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko’p bo’ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, to’g’ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishiga ko’p jihatdan bog’liq.Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yoshdagi ko’pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda bo’ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy rivojlanishidan kam farq qiladi. Bo’yning va organizmning notekis o’sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi. O’spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo’y, og’irlik) nisbatan barqaror darajaga yetgan bo’ladi. Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
Ko’krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to’qimalar va a’zolaming shakllanishi va fimksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va qon tomirlaming rivojlanishida o’smirlarga xos bo’lgan notekislik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bit me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va xususan, miya rivojlanishidagi o’zgarishlar ma’lum bo’lib qoladi. Lekin, bu o’zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro’y beradi.
Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralaming tuzilishi sekin-asta kattta yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarga ega bo’ladi. Bosh miya po’stining qismlarida assotsiativ to’qimalaming miqdori ko’payadi. Natijada o’qish va mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi.Ba’zan bu yoshdagi o’quvchilarda nerv qo’zg’aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ishlashining buzilishi ko’pincha noto’g’ri yashash rejimining: tungi mashg’ulotlar, to’yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablaming natijasida ro’y beradi.
Ilk o’spirlik yoshining boshlanishida odatda jinsiy yetilish tugallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hoi yigit va qizlaming tashqi ko’rinishida ham sezilarli o’zgarish hosil qiladi. Jinsiy yetilish davrining tugallanishi hali jismoniy yetuklikni ham, buning ustiga psixik va ma’naviy yetuklikni ham anglatmaydi. Faqat 18 yoshga borib, nikohdan o’tishga ruxsat beriladigan davrda, shu yosh uchun minimal darajada zarur bo’lgan jismoniy, ma’naviy, fuqarolik yetuklik darajasi boshlanadi. 18 yoshli yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta yoshli kishilar deb e’tirof etiladi.
Ilk o’spirinlik davrini ikkinchi o’tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o’tish davri ko’proq bolalikka yaqin bo’lsa, ikkinchi o’tish davrida bo’lgan o’spirin ko’proq yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan o’rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o’spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi (o’rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi) bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu o’zgarishlar ilk o’spiriiming shaxsiga, o’z-o’zini anglashiga ta’sir ko’rsatadi.
Ilk o’spirinlaming mustaqilligi ortishi bilan kattalaining unga munosabatlari ham o’zgaradi. Kattalar o’smirga ko’proq bola deb bo’ladilar. Ilk o’spirinlar hayotda o’z o’mini topishga nisbatan intilishi anglangan holatda bo’ladi. U o’z hayotiy rejalarini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha bo’yicha akademik litseylarda o’qishini davom ettiradi. O’spirinlar tanlagan sohalari yoki kasblarida juda katta yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta-sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun ularda bilim va tajriba yetishmayotganligini, buning uchun ko’proq o’qish va o’rganishlari kerakligini anglay boshlaydilar.
Hayot faoliyati kengaygan sari, o’spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham o’zgarib boradi. Masalan: 16 yoshda pasport oladi; 18 yoshidan faol saylash huquqiga' va oila qurish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’spirin jinoiy ishlar uchun javobgar bo’ladi. Ba’zi o’spirinlar bu yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash haqida o’ylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay o’spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.
O’spirinlar (16-18 yoshlar) o’zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy hamda aqliy jihatdan voyaga yetgan, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, o’z-o’zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan bo’ladi. Ular vazmin, mulohazali bo’ladilar, katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni ko’zlaydigan, kelajak uchun qayg’uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar. O’quv faoliyati o’spirinning asosiy faoliyati bo’lib qolaveradi, o’qishga nisbatan o’smirlik yoshiga qaraganda o’spirinlikda bir muncha yuqoriroq bo’ladi. Mustaqil hayotga tayyorgarligini o’z-o’zini anglashi bilan bog’liq motivlar bu davrda yetakchi o’rinni egallaydi. Motivlar tizimida jamiyatning to’laqonli a’zosi bo’lishga intilish, insonlarga naf keltirish kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda o’spirinlaming kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga ko’ra fanlarga nisbatan qiziqishlari o’zgaradi.
O’spirinning fanlarga hamda shu fan o’qituvchilariga nisbatan munosabati o’zgaradi. O’spirinlik davrida o’zi ko’zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan motivlar birinchi o’ringa ko’tariladi. O’smirlar o’zlarining o’qishga bo’lgan munosabatlari va ulaming o’qish-o’rganishga undovchi sabablami yaxshi anglaydilar. O’spirinlik yoshida boshdan kechiriladigan his-tuyg’ulaming boyligi, xilma-xilligi bilan, hayotning turli tomonlariga emotsional munosabatda bo’lishi bilan ajralib turadi.
D.B.Erkoninning va A.N.Leont’evning ta’kidlashicha, o’quv kasbiy faoliyat o’spirinlik davrida yetakchi faoliyat hisoblanadi. D.I.Feldshteynning fikricha, o’spirinlik davrida o’qish va mehnat asosiy faoliyat turlari sifatida shaxsning taraqqiyotini belgilaydi. Boshqa psixologlar esa kasbiy o’z-o’zini belgilashni ilk o’spirinlik davrida yetakchi faoliyat sifatida ko’rsatadilar. I.V.Dubrovina bu holatga aniqlik kiritadi, maktabni tugatgan paytda kasbiy o’z-o’zini belgilash haqida gapirish erta, chunk! unda faqat istak, haqiqatda amalga oshmagan kelajak rejalar mavjud bo’ladi.
Ilk o’spirinlar shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning roli katta. Ilk o’spirinlar mehnati faqat o’zining moddiy natija berishi tomoni bilangina muhim emas. Bu yoshdagilaming mehnatini to’g’ri tashkil etish shaxsning kollektivizm, umum foydasi uchun qilinadigan mehnatga muhabbat, tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, qat’iyatlilik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi. O’quvchilar umumiy mehnatda qatnashar ekanlar, mehnatni va mehnat kishilarini hurmatlash tuyg’usini hosil qiladilar, ularda mehnat qilish ehtiyoji va istagi paydo bo’ladi.
Mehnat jarayonida o’quvchilarda yangi tuyg’ular - o’z mehnatidan quvonish, yaratilgan narsa bilan faxrlanish tuyg’usi, ko’p kuch-g’ayrat sarflagandan keyin erishilgan g’alabadan qanoat hosil qilish tuyg’usi vujudga keladi. Ana shu yangi quvonchli emotsiya o’quvchini yana bir marta bu tuyg’ulami boshdan kechirish uchun tag’in mehnat vaziyatiga jalb qiladi. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va uning natijalariga ijtimoiy baho berish - o’quvchini mehnatga psixologik jihatdan tayyorlashning zarar tomonlaridan biridir. Jamoada mehnat qilishda uning tarbiyaviy ahamiyati kuchli bo’ladi. Jamoaviy mehnat, o’zaro mehnat ma’suliyati ilk o’spirin shaxsini tarkib toptirishda katta rol o’ynaydi. Jamoa bo’lib mehnat qilish o’quvchilaming mehnatda hamkorlik va o’zaro yordam ko’rsatish tajribasini, bir-birlarini nazorat qilish tajribasini hosil qilishlariga imkon beradi, mehnatning umumiy natijalaridan shaxsiy manfaatdorlikni, o’z xatti- harakatlarini jamoa manfaatlariga bo’ysundirish odatini tarkib toptiradi.
Ilk o’spirinlik yoshi - mehnat hayotida o’z-o’zini aniqlab olish yoshi bo’lib, bu vaqtda o’quvchi o’zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o’zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo’ladi. O’smirlardan farqli ravishda ilk o’spirinlar kasbni o’ylab tanlaydilar, nima uchun shu kasbni tanlaganliklarini asoslab beradilar. Ulaming ko’plari o’zlarining individual jismoniy va psixik xususiyatlarini biror kasb kishisiga qo’yiladigan talablar bilan taqqoslamoqchi bo’ladilar. Buning natijasida ilk o’spirinlar amaliy jihatdan masalaga yaqinlashib qoladilar va o’z qiziqishlari hamda imkoniyatlarini hisobga olib, haqiqiy kasblami tilga ola boshlaydilar.
Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik bilan unga bo’lgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berish birga qo’shilib ketgan vaqtdagina chin yurakdan tanlangan kasbgina kishiga ma’naviy qoniqish va jamiyatga foyda keltiradi. Ilk o’spirinlar uchun xarakterli xususiyat - kasblarga keskin tanlab munosabatda bo’lishdir.Ular ayrim kasblami yuksak baholaydilar, o’quvchilaming ko’z o’ngida bu kasblaming ijtimoiy mavqei ulug’dir. Boshqa kasblaming ijtimoiy mavqei juda past. Ko’pdan-ko’p materiallar maktab o’quvchilarida o’zlarining kelajakdagi kasblariga qiziqishni tarbiyalashda maktab va o’qituvchilaming ma’lum darajada rol o’ynashini ko’rsatadi. Bir qancha tadqiqotlaming bergan ma’lumotlariga qaraganda, so’rab chiqilgan o’quvchilaming 40-50 % kelajakdagi kasbni tanlashga biror o’quv predmetiga bo’lgan qiziqishlari sabab bo’lganligini aytadi. Ko’pgina o’quvchilar xalq xo’jaligi uchun zamr bo’lgan kasblami tanlaydilar, bunga Vatanga foyda keltirish istagini sabab qilib ko’rsatadilar, lekin bu kasblami o’zlarining individual xususiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq keladi, deb hisoblamaydilar. Ilk o’spirinlaming ko’pchiligi kasb tanlashga motiv qilib o’z qobiliyatlarini ko’rsatadilar. Ko’p o’quvchilar esa oilaviy an’analaming mavjudligini, moddiy-maishty ta’minlanganlik sababini, do’stlar va o’rtoqlaridan namuna olganligini motiv qilib ko’rsatib o’tadilar. Ayrim hollarda ish joyi yoki oliy o’quv yurtining uydan yaqinligi va boshqalar motiv bo’lgan.
V.N.Shubkinning ta’kidlashicha, biz tanlaydigan yp’llardan boshqa bizlami tanlaydigan yo’llar ham mavjud. Oliy o’quv yurtini tugallagan yoshlar ta’limni hayotni mazmunli va qiziqarli qilish vositasi sifatida hamma narsadan ustun qo’yishadi. Ishlaydigan yoshlar esa ta’limning mohiyatini jamiyatga ko’proq foyda keltirishda degan fikrdalar.
O’spirinlar turli kasblami turlicha baholaydilar.17 yoshlilar kasblami kontrast “oq- qora”, mavhum deb baholasalar, 25 yoshlilar o’zlarining hayot yo’llari bilan baholaydilar. Muvaffaqiyatli kasbga yo’naltirishning muhim shartlaridan biri o’quvchilaming mehnatga to’g’ri munosabatda bo’lishi va ulaming faolligidir. Ilk o’spirinlaming bilish jarayonlari shunday darajaga yetadiki, kattalar bajaradigan barcha aqliy ishlami bajarishga amaliy jihatdan tayyor bo’ladilar. Ulaming bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bo’Iib boradi.Ular bu yoshga kelib jiddiy ishlarga ko’p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam olish va o’yin-kulguga juda kam vaqt ajratadilar. Ulaming barcha bilish jarayonlari, jumladan, xayol, xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk o’spirinlik yoshidagi o’quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlami tahlil etishga va bu masala bo’yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera oladi. Bilishga qiziqishning rivojlanishi, o’qishga ongli munosabatda bo’lishning o’sishi bilish jarayonlarining ixtiyoriyligini, ulami boshqara olish mahoratini yanada rivojlantirishga undaydi.
Bu yosh davrining oxiriga borib, o’quvchilar o’zlarining bilish jarayonlarini to’la- to’kis egallab oladilar, ulami hayot va faoliyatning muayyan vazifalariga bo’ysundiradilar. Ular axloqiy va siyosiy va boshqa mavzular bo’yicha erkin fikrlaydilar. Ilk o’spirinlarga umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga xulosa chiqarish, ya’ni induksiya va deduksiya xosdir.
Ilk o’spirinlar ko’pchilik ilmiy tushunchalami o’zlashtiradilar, turli masalalami yechish jarayonida ulardan foydalanishni o’rganadilar. Bu esa ularda nazariy yoki so’z-mantiq tafakkuming rivojlanganligini bildiradi. Kuzatish aniq maqsadga qaratilgan va yanada sistemali bo’Iib boradi. Shaxsning kuzatuvchanlik xususiyati rivoj topadi.
Shu bilan birga N.D.Levitov ko’rsatib o’tganidek, o’spirinlar o’z kuzatishlarida parishonxotir bo’lmasliklarini, kuzatishni o’z oldilariga qo’yilgan vazifalarga bo’ysundirishlarini, yetarli darajada to’plangan faktlar to’planmaguncha xulosa chiqarishga shoshilmasliklarini nazorat qilib borish zarur. Ilk o’spirinlaming o’quv faoliyati ulaming faolligi va mustaqilligiga ancha yuqori talablar qo’yadi. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji dasturida belgilangan materiallami o’zlashtirish uchun nazariy tafakkur rivojlangan bo’lishi hamda mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini egallash zarur.
Xotirani rivojlantirishda mavhum so’z-mantiq xotira, ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roll sezilarli darajada ortadi. Garchi ixtiyoriy xotira ustunlik qilsa-da, ixtiyorsiz esda olib qolish ham ilk o’spirinlar tajribasidan chiqib ketmaydi. U faqat o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi, ilk o’spirinlaming qiziqishlari, xususan ulaming bilishga oid va kasb tanlashga oid qiziqishlari bilan ko’proq bog’lanadi. Shu bilan birga faol ravishda bilim egallash, o’qish va jamoat faoliyatida har holda ixtiyoriy xotira yetakchi rol o’ynaydi.
So’zma-so’z yodlab olish alohida hollarda zarur ekanligini o’quvchilar yaxshi tushunadilar. Ilk o’spirinlar esda olib qolish usullaridan - rejalami va tekstning sxemalarini, konspektlami tuzish, asosiy fikrlami ajratib ko’rsatish va ostiga chizish, ilgari ma’lum bo’lgan fikrlarga taqqoslash, solishtirish usullaridan o’smirlarga qaraganda beqiyos darajada keng suratda foydalanadilar. Ular esda olib qolishga alohida-alohida yondoshadilar.
Qiziqishlaming differensiyalashganligi diqqatning tanlovchanligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli aneha ortishini belgilab beradi. Ilk o’spirinlarda ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ham ahamiyati ortadiki, ular o’quv materiali bilan bevosita qiziqmasdan, o’rganilayotgan hodisalaming hayotiy ahamiyatini tushunib, unga diqqatlarini qaratadilar.
Diqqatni ko’chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi. Xususan, diqqatni taqsimlash bir vaqtning o’zida o’qituvchining tushuntirgan narsalarini ham tinglash, ham yozib borish, o’z javobining mazmunini kuzatib borish mahoratining shakllanishida o’z aksini topadi. Ilk o’spirinlar o’quv ishlari jarayonida o’zlariga ta’sir qiladigan chalg’ituvchi narsalarga o’smirlardan ko’ra ko’proq qarshi turishga, bardosh berib yengishga qobildirlar..
Ilk o’spirinlarning ayrimlarida diqqatning tanlovchanligi shu narsada ham ko’rinadiki, ular o’quv materialini idrok qilar ekanlar, hamma vaqt uning ahamiyatiga baho berishga, uni amaliy jihatdan ahamiyatliligi nuqtai nazardan idrok qilishga harakat qiladilar. Agar unga material muhim bo’lib tuyulmasa, u o’z diqqatini susaytiradi. SHunisi qiziqki, diqqatning bu o’ziga xos harakati ko’pincha atayin ro’y bermaydi. Odatda ilk o’spirinning diqqati shu sohadagi mua)fyan bilimlami amalda tatbiq etish haqida gap borgan vaqtdagina ixtiyorsiz ana shu predmetga qaratiladi.
Bu yoshdagi o’spirinlar atrofdagi turli voqea-hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularai tayyor yechimlar, ma’lumotlar emas, balki shu yechim va ma’lumotlami o’zlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining o’zi ko’proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo’yicha bahs va mimozaralar yuritishga va o’zlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu davrda bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu rivojlanish o’spirinning o’ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o’spirinlar to’la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo’ladilar, nazariy fikr yuritib, o’zlarini-o’zlari tahlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o’z munosabatlarini bildira oladilar. O’spirinlik davrida bolalar juda ko’p ilmiy tushunchalami o’zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarui yechishda foydalana oladilar. O’spiriiming o’z-o’zini anglashi o’quv, mehnat va muloqot motivatsiyalarini o’zgarishida o’z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi.
O’spirinlik yoshi o’qish, mehnat, muloqot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish o’spirinning o’ziga va xming atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O’spirinlik davriga kelib, juda ko’p bolalarda o’z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shuningdek, o’z-o’zini boshqarish ham o’spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
O’spirinning o’quv mashg’ulotiga munosabati o’z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o’quvchilaming ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. Ular voyaga yetib boradilar, ulaming tajribasi ortadi; ular mustaqil hayot bo’sag’asida turganliklarini anglaydilar. O’quvchilaming o’qishga ongli qarashi kuchayadi, bu qarash bevosita hayotiy ma’no kasb etadi. Ilk o’spirinlar jamiyaming kelajakdagi mehnat hayotida to’laqonli ishtirok etishning zaruriy sharti bilim, ko’nikma va malakalaming mavjud fondi ekanligini, hosil qilingan mustaqil bilim egallash ko’nikmalari ekanligini aniq ravshan his qiladilar. Bilimlarga ehtiyoj sezish hozirgi vaqtda ilk o’spirinlaming xarakterli xususiyatlaridan biridir. O’quv rejasi va dastuming murakkablashuvi, yangi fan va mavzulaming kiritilishi, o’zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o’quvchilarning o’qishga munosabati ham o’zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo’la boshlaydilar.
O’spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko’lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va hokazolarga qiziqishi kuchayadi. O’spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo’li sifatida ta’lim jarayonida yetakchi vazifani ado eta boshlaydi. Mazkur pallada o’spirinlaming tafakkuri tobora mantiqiy, faol, mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi. bilan birgalikda o’quvchilarning nutq madaniyati rivojlanadi. O’spirin turli janrdagi adabiy asarlarai o’qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishish, nazariy fikrlash hamda o’z-o’zini tahlil qilishga o’rganib boradi. O’spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkuming mazmundorligi deganda, o’spirin ongida tevarak- atrofdagi voqelik to’g’risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.
Tafakkuming chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va hodisalaming asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ulaming o’zaro bog’lanish va munosabatlari o’spirinning fikrlash faoliyatida to’liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkuming kengligi o’zining mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan bog’liq boTadi. Tafakkuming mustaqilligi deganda o’spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga yangi vazifalar qo’ya bilishi, bu vazifalami hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini tushunish kerak. Tafakkuming tezligi qo’yilgan savolga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi.
Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo’lib, o’quv materiallarini o’zlashtirishga ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiravchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, chunk! bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, hodisa va faktlami yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish uchun o’qish faoliyatlarida faollashtirish va ulaming bilimlarini ongli ravishda o’stirib borish kerak.
Ta’limda onglilik o’quvchining yuqori darajadagi faolligi bilan ta’minlanadi. Bilimlarini faol faoliyat ko’rsatib o’zlashtirganda, o’quvchilar bu bilimlami yaxshi tushunibgina qolmay, ulami amaliy faoliyatda qo’llashga ham o’rganadilar. O’quvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy faktlar va hodisalami mustaqil ravishda ilmiy tahlil qilish va ularga baho berish usullarini maxsus o’rgatish muhim va zarurdir. Bu o’rinda o’quvchilaming mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga, to’g’ri rahbarlik qilgan holda rivojlantirish lozim. O’spirinlaming aqliy jihatdan rivojlanishida nazariy tafakkuming roli kattadir.
O’spirin adabiy asarlami o’qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va munozaralarga kirishishga o’rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma’lumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil o’ylashi, to’g’ri hukm va xulosalar chiqarishi, qat’iy qarorga kela olishi natijasidir.
O’spirinlaming adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlami bildirishi, muammo yuzasidan bahslashuvi insoniy xislatlaming muayyan darajada ishtirok etishi tanqidiy tafakkuming aynan o’zginasidir. Turmushda uchraydigan noo’rin tanqidiylik esa o’spirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga ko’tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtai-nazardan qarashni o'rgatishdan iborat. O’spirinlarda moddiy dunyo to’g’risida shaxsiy fikrlar, imilohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkuming tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Tanqidiy tafakkuming rivojlanishi o’quv inateriallarini puxta o’zlashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, voqelikni isbotlash va asoslash ko’nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. Hodisalar to’g’risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O’spirinning qobiliyati va iste’dodi ta’lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. Qobiliyatning o’sishi bilimlar, ko’nikmalar, malakalaming sifatiga bog’liq bo’lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo’shilib ketadi. Demak, maktabda o’tiladigan, darslar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, referat, konspekt yozish kabi faoliyat turlari o’spirinlar o’zlashtirish uchun zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi.
Shaxsning bilish jarayonlari uning emotsiyalari bilan bog’liq. O’smirlik davridagi kuchli emotsional reaksiyalar garmonal va fiziologik jarayonlarga bog’liq. Bolgariyalik psixologlar G.D.Pirov va boshqalar 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalami ko’ndalang kesim metodi orqali o’rganib, nerv faoliyatining eng qo’zg’aluvchan tipi 5 yoshlilar orasida uchrashini aniqlashgan. Bola katta bo’lgan sayin qo’zg’aluvchanlik kamayib, muvozanatlilaming soni ortgan. Pubertat yoshda (11-13 yosh qizlarda va 13 -15 yosh o’g’il bolalarda) qo’zg’aluvchanlaraing miqdori ortadi, bu davming oxiriga borib qo’zg’aluvchanlik yana kamayadi.
Emotsional zo’riqishning fiziologik manbaalari qizlarda aniq payqaladi, ularda depressiya, jizzakilik, xavotirlanish va o’z-o’zini hurmat qilishning pasayishi hayz ko’rishning ma’lum davrlariga bog’liq. Bunga o’z vaqtida Sh.Byuller ham e’tibor bergan edi.
O’g’il bolalarda aniq fiziologik bog’liqlik ko’zga tashlanmaydi, lekin pubertat davr ular uchun ham qiyin kechadi. Rus psixologi P.M.Yakobson kattalar va tengdoshlariga salbiy reaksiyalar 12,5 -13, 5 yoshda eng ko’p uchraydi, deb ta’kidlagan edi. O’smir va o’spirinlardagi emotsional reaksiyalar faqat garmonal o’zgarishlarga bog’liq bo’lib qolmay, balki ijtimoiy omillar va tarbiya sharoitlari, individual-tipologik farqlarga ham bog’liq. - Katta bo’lishdagi psixologik qiyinchiliklar, “Men” obrazi va intilish darajasi orasidagi qarama-qarshilik kabi o’smirga xos bo’lgan emotsional zo’riqish, ilk o’spirinlik davrida ham saqlanib qoladi.
Psixolog V.R.Kitlovskaya proyektiv testlar yordamida xavotirlanishning yosh dinamikasini o’rganib, bog’cha yoshidagi bolalar tarbiyachilar bilan muloqotda eng ko’p xavotirlanishlarini, ota-onalar bilan kamroq xavotirlanishlarini aniqlagan. Kichik maktab yoshidagi bolalar tengdoshlari bilan kamroq, begona katta odamlar bilan muloqotda ko’proq xavotirlanishi ma’lum bo’lgan. O’smirlar bo’lsa begona katta odamlar va o’qituvchilar bilan kamroq, ota-onalari va tengdoshlari bilanmuloqotda ko’proq xavotirlanishi aniqlangan. Ilk o’spirinlar esa barcha sohadagi muloqotda eng yuqori xavotirlanish namoyon bo’lgan, ayniqsa ota-onalar va ular bog’liq bo’lgan kattalar bilan muloqotda kuchli xavotirlanish namoyon bo’lgan. A.E.Lichkoning ta’kidlashicha, 14-18 yoshda xarakteming ba’zi xususiyatlariga ortiqcha urg’u beriladi. Ilk o’spirinlikdagi tipologik o’zi bilan o’zi bo’Iib qolish, ba’zan insondagi to’liq emaslik hissi bilan birga kechadigan yakkalanib qolishga olib keladi.
Yosh uig’aygan sayin insonda emotsional qo’zg’alish hosil qiluvchi omillar ko’payib boradi. Agar katta odam yosh bolalarga o’xshab har bir qo’zg’atuvchiga javob qaytaraversa, u ko’p qo’zg’alish va emotsional beqarorlikdan olamdan o’tgan bo’lur edi. Kattalami xavotirlanishdan tashqi ta’sirlarga tanlab javob qaytarish hamda ichki tormozlanish va o’z-o’zini nazorat qilishning mahsuldor ichki mexanizmlari qutqaradi.
Amerikalik olim G.Djons 12 yoshli o’smirlar va 17 yoshli ilk o’spirinlaming emotsional reaksiyalarini (teri-galvanik reaksiyalari) solishtirdi. U so’zli qo’zg’atuvchilami yoqimli, yoqimsiz va befarqlarga ajratgan. Tajriba natijalaridan ma’lum bo’lishicha, umumiy emotsional reaksiya o’smirlarga nisbatan ilk o’spirinlarda yuqori bo’lgan. Lekin ular orasidagi asosiy farq tanlash darajasida kuzatilgan: ilk o’spirinlar o’smirlarga nisbatan befarq va yoqimsiz so’zlarga javob qaytarganlar. SHunday qilib, ilk o’spirinlarning emotsiyalari, intellekt singari aniq qo’zg’atuvchi bu sinaluvchi uchun qanday ahamiyatga egaligini hisobga olmasdan o’lchash mumkin emas. Ilk o’spirinlik davridagi emotsional qiyinchilik va muammolami aniq qarab chiqish lozim, chunk! ulaming kelib chiqish sabablari har xil. O’smirlik davridagi dismorfofobiya - o’z tanasi va tashqi ko’rinishidan tashvishlanish ilk o’spirinlik davrida o’tib ketadi. Ilk o’spirinlarda namoyon bo’ladigan xavotirlanish belgilari bu yoshdagi maxsus qiyinchiliklarga reaksiya emas, balki ilgari olingan ruhiy jarohatlanishning keyin namoyon bo’lishidir.


Download 76.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling