Pedagogika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet31/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Internet manbalari:

  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet. uz

  4. www. edu. Uz



ILOVALAR
TALABALAR UCHUN ANKETA SO‘ROVNOMASI
1-ilova
Hurmatli talabalar! Sizlardan quyidagi taqdim etilayotgan savollarga holisona va haqqoniy javob berishingizni soʻraymiz. Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari maqsadida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishini yanada sifatli va samarador boʻlishida javoblaringiz muhim!
1. Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati haqida fikrlaringiz.
2. Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik tasnifiy xususiyatlariga misol keltiring.
3. Xalq oʻyinlaridan qaysi birini bilasiz?
4. Nima uchun xalq oʻyinlaridan koʻproq milliy bayramlarda an’ana sifatida foydalanib kelinadi?
5. Xalq oʻyinlaridan qaysi birlari sizga koʻproq yoqadi?
6. Jismoniy tarbiya darslarida qanday xalq oʻyinlarini qoʻllashlarini xohlaysiz?
7. Milliy oʻyinlar, harakatli oʻyinlar, xalq oʻyinlarining oʻziga xos xususiyatlari ajratib jadval asosida ifodalang.
8. Qaysi milliy bayramlarda xalq oʻyinlaridan qaysilari bolalar ishtirokida bajariladi?
9.Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida ahamiyatini asoslang.
10. Maktabda oʻtkaziladigan tadbirlarda siz qanday xalq oʻyinlarini qoʻllagan boʻlar edingiz.
11. Komil insoniylikka yetaklovchi xalq yoki milliy oʻyinlardan misollar keltirib izohlang.
12. Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslarini oʻz fikrlaringiz asosida umumlashtirib yoriting.
Milliy xalq oʻyinlari
2-ilova

Milliy xalq oʻyinlari - kurash, koʻpkari, merganlik, chavandozlik, ot ustidagi chavgon va shunga oʻxshash mashgʻulotlar xalqimiz hayotiga sngib ketgan boʻlib, bu hatto adabiyotlarda akc etadi. Masalan, “Alpomish” dostonida Barchinoyning qoʻygan shartlari - chavandozlik poygasi, yoy toptish, merganlik, ya’ni ming qadamdan tanga pulni ’urish, kurash musobaqasi kabi bahslar xalqimizning asriy an’analari boʻlib, ularda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdek ulugʻvor gʻoyalar aks etgan.


Masalan, Alpomish va Qorajonning bel siqib koʻrishuvida xalqimizga xos milliy kurash elementi mavjud boʻlib, kurash azaldan xalqimiz polvonlarini mard, tanti, kuchli va ayni paytda, gʻoyat kamtarin insonlar boʻlganligini oʻzida namoyon etadi. Polvonlar xech qachon “men polvonman” deb koʻksiga urmagan, balki ular oʻzining haqiqiy polvonligini kurash maydonida isbotlaganlar. Shu sababli xalq ularni sharaflab, ismlariga “polvon” nomini qoʻshib aytgan. Dostonda kurash oʻyiniga xos qoidalardan biri keltiriladi. Koʻkaldosh bilan kurashayotgan Alpomishga Barchinoy shunday deydi:
Mardlar olishmaydi siltab otadi,
Maydon boʻlsa, ish ortib ketadi
Ushbu soʻzlar zamirida kurashning halol oʻyin ekanligi,siltab otgan” polvongina haqiqiy gʻalabaga erishishi, mard polvongina maydonda “ish ortishi, ya’ni oʻz kuch-qudratini namoyon etishi lozimligi aytilgan. Albatta, bu kabi talqinlarni oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining koʻplab namunalarida koʻrishimiz mumkin. Bundan anglashiladiki, milliy xalq oʻyinlari sogʻlom avlod tarbiyasida xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Milliy xalq oʻyinlarining har birida xalqimiz madaniyati, urf-odatlari hamda qadriyatlariga xos boʻlgan fazilatlar oʻz ifodasini topadi. Masalan, arqon tortish” oʻyinida oʻzaro jamoaviylik, ahillik; kurash bahsida halollik, mardlik; chavandozlik musobaqasida epchillik, chapdastlik; “bekinmachoq” oʻyinida topqirlik, hushyorlik kabi xislatlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham oʻqituvchi hamda murabbiylar mashgʻulotlarda xalq oʻyinlarini toʻgʻri tanlashi, ularni ta’lim-tarbiyaviy jihatdan samarali tashkil qilishi zarur.
Oʻyinni toʻgʻri tanlash va maqsadga muvofiq yoʻsinda oʻtkazish juda muhim ahamiyatga ega. Ammo oʻyin hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifalarni hal qilavermaydi. Tarbiya sohasida yaxshi natijaga erishish uchun harakatli oʻyinlar tarbiyaviy tashkil qilinishi va oʻtkazilishi kerak. Oʻyin rahbari oʻquvchilar jamoasini yaxshi bilishi, har bir oʻyinning mazmuni va qoidalari bilan mufassal tanishishi, yuksak pedagogik mahoratga ega boʻlishi lozim. Shundagina u harakatli oʻyinlardan koʻzlangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erisha oladi”.
Darhaqiqat, xalq oʻyinlari oʻquvchilarni jismonan chiniqtirib qolmay, avvalo, ularga yuksak axloqiy tarbiya berish xususiyati bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, jamoaviy oʻyinlarda ishtirokchilarning “bir kishi hamma uchun” tamoyili asosida gʻalabaga intilishi, bir-birining kamchiligini toʻldirishi, qiyin vaziyatda oʻzaro bir-biriga yordam koʻrsatishi oʻquvchilarda bagʻrikenglik, ahillik va jipslilik mezonlarini qaror toptiradi.
Oq terakmi, koʻk terak”, “Gʻozlar va oqqushlar”, “Kuchlilar va chaqqonlar”, “Arqon tortish”, “Quvlashmachoq” kabi oʻyinlarni ana shunday oʻyinlar sirasiga kiritish mumkin. “Durra”, “Otib qochar”, “Uchtalik toʻptosh”, “Xakkalakam sharti”, “Otambakala-qoqbosh», “Ikki tosh”, “Yongʻoq urish”, “Beshtosh” oʻyinlari esa oʻquvchilar oʻrtasida oʻzaro murosa, kelishuvchanlik, ezgu maqsad atrofida birlashish xislatlarini tarbiyalaydi.
“Merganlikni ham ana shunday oʻyinlardan deyish mumkin. Buning oʻziga xos xususiyati -uni koʻproq oʻgʻil bolalar oʻynaydilar va ular moʻljalni aniq olish malakalarini oʻzlashtirib, kelgusida vatan himoyasiga tayyorlanib boradilar. Ushbu oʻyinning har xil vositalar bilan oʻynaladigan turlari bor. Toʻp bilan, tosh bilan, turli tayoqchalar yoki boshqa ashyolar bilan tashkil etiladigan koʻrinishlari mavjud. Biz aytadigan shakl esa tamoman qiziqarli boʻlib, bu oʻyin xalq sayillarida oʻynalgan. Agar hozir yurtimiz viloyatlardagi, shaharlardagi mashhur dam olish va istirohat bogʻlariga kirsak, hozir ham bu oʻyin oʻynalayotganligining guvohi boʻlamiz.
Ushbu qiziqarli oʻyinni maktabdagi mashgʻulotlarga tatbiq qilish mumkin. Buning uchun momiq toʻp va plastmassadan shakllar yasash kerak, xolos. Ushbu oʻyinni har qaysi fan tarkibida oʻtkazish mumkin. Bu bilan oʻquvchilarda:
• ruhiy va aqliy toliqishlar bartaraf etiladi;
• mashgʻulotlarga qiziqish ortadi;
• yuqori kayfiyat va xushchaqchaqlik paydo boʻladi;
• ijodkorlik, tashabbuskorlik, izlanuvchanlik sifatlari shakllantiriladi;
• bir jamoa boʻlib ishlash tamoyili qaror toptiriladi va xokazo.
Umuman olganda, mashgʻulotlarda xalq oʻyinlaridan foydalanish quyidagi natijalarni koʻrsatmoqda:
1. Oʻquvchilarning hayotga boʻlgan qiziqishlari oshmoqda.
2. Ularda ijodkorlik, yaratishga nisbatan ragʻbat kuchaymoqda.
3. Tengqurlari, doʻstlarini hurmat qilish, ularga qiyin vaqtda yordam berishga istak-havas uygʻonmqda.
4. Oʻquvchilar adolatli, rostgoʻy, halol insonlar boʻlishga odatlanmoqda.
5. Muntazam ravishda sport bilan shugʻullanish nafaqat dars mashgʻulotlarida, balki oilada ham xalq oʻyinlaridan foydalanishni kundalik mashgʻulotga aylantirmoqda.
6. Oʻquvchilar orasida oʻzaro ahil, inoq munosabat muhiti yuzaga kelib, kattalarga nisbatan hurmat, kichiklarga nisbatan izzat bilan munosabatda boʻlish koʻnikmalari shakllanmoqda.
7. Oʻz ota-bobolari, milliy qadriyatlari, xalqimizning buyuk oʻtmishi va jasorati bilan faxrlanish tuygʻulari shakllanmoqda.
Yaxshi tanlangan oʻyin ta’lim va tarbiya muvaffaqiyatining muhim shartidir. Oʻyinni oʻtkazishga tayyorlanishda qatnashuvchilarning tarkibi, yosh xususiyatlari, shuningdek, jismoniy tayyorgarliklarini hisobga olib, darsning asosiy vazifalarini belgilab olish zarur.
Oʻqituvchi oʻyinni tanlashda mashgʻulot qanday shaklda oʻtkazilishini dars tarzida oʻtkazilsa, oʻyin uning birinchi, ikkinchi yoki yakunlovchi qismida, tanaffus vaqtida va xokazolarda oʻtkazilishini) bilishi kerak. Oʻyin oʻtkaziladigan joy, ob-havo va harorat hisobga olinishi lozim. Agar oʻyin qishda oʻtkaziladigan boʻlsa, oʻquvchilarni faollashtiradigan va jismoniy yuklamani bir tekisda taqsimlaydigan serharakatroq oʻyinlar tanlanishi maqsadga muvofiq.
Maktab sport kechalari va bayramlarni oʻtkazishda oʻquvchilarda sogʻlom va quvnoq kayfiyatni yaratishning eng ta’sirli omilidir. Maktabdagi bunday tadbirlarga kiritiladigan oʻyinlar faol dam olish vositasigina emas, balki maktab jamoasining jismoniy tarbiya sohasidagi barcha ishlarni yakunlovchi koʻrsatkich hamdir. Bundan tashqari, turli oʻyinlar sportchilarni yanada koʻproq qiziqtiradi. Kecha va bayramlarni samarali oʻtkazish uchun puxta tayyorlanish, oʻyin oʻtkaziladigan joy, asbob-uskunalar va turli qurollarni tayyorlab qoʻyish lozim.
Bunday marosimlarda koʻproq oʻquvchilar ishtirok etishini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun “Oq terakmi, koʻk terak”, “Pat”, “Aylanma darra”, “Musiqa joʻrligida yurish” singari ommaviy oʻyinlarni musoboqa tarzida oʻtkazish mumkin.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling