Pedagogning kasbiy kompetensiyalari halollik va kasbga sadoqat


Download 177 Kb.
bet3/10
Sana21.11.2023
Hajmi177 Kb.
#1792976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogning kasbiy kompetensiyalari halollik va kasbga sadoqat

Pedagogik madaniyat kasbiy burchi, mas’uliyati, qadr-qimmati, vijdoni, axloqiy e’tiqodini nazarda tutib, psixologning talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo‘yligi, to‘g‘riligini anglatadi. Pedagogik mahorat tizimida pedagogik nazokat (takt) – psixologning pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining o‘lchovi, me’yori va ta’sir vositasining chegarasi sifatida harakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari psixologning kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va psixologda pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi. Ammo, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. Bu deganimiz, o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi ta’lim-tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham kerak.
Psixologning kasbiy mahorati tizimida uning asosiy komponentlaridan tashqari kasbiy xususiyatlar ham mavjud. Psixologning kasbiy xususiyatlariga: o‘z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik salohiyati, tasavvuri, iqtidori, tashkilotchiligi, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo‘llay olishi, kasbiy ma’lumotni muntazam oshirishga intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarga asoslanib, psixologning kasbiy mahoratni muayyan tayyorgarlik jarayonlaridan iborat deb aytish mumkin.
Bu tayyorgarlikni shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:

  1. Pedagogning shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi;

  2. Pedagogning ruhiy – pedagogik tayyorgarligi;

  3. Pedagogning ijtimoiy - pedagogik va ilmiy – nazariy tayyorgarligi;

  4. Pedagogning maxsus va ixtisosga oid uslubiy tayyorgarligi.

Ta’rifda qayd etilganidek pedagogik mahorat – pedagog – tarbiyachining shaxsiy va kasbiy sifatlari yig‘indisi hisoblanib, u pedagogik – psixologik, metodik bilimlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Buning uchun psixologlar, avvalo:
а) ixtisoslik bo‘yicha zamon, ilm – fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z faoliyatida maktabdagi o‘quv-tabiya jarayoni bilan bog‘liqligini ta’minlash malakasiga ega bo‘lishi; b) o‘quv – tarbiya jarayonini aniq tashkil qila olish va buning uchun muayyan pedagogik – psixologik, metodik ma’lumotga ega bo‘lishi; v) bolani, jamoani «ko‘ra bilish», ularning qiziqishi, intilishlarini tushuna olish va bolalar faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va ularni o‘z vaqtida anglay olish, zukkolik bilan har bir bolaning harakter xususiyati, qobiliyati, irodasini anglay bilish hamda ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo‘lish; g) o‘z shaxsiy sifatlari (madaniyati, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va h.k.) ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lish kerak.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling