Pedagogning kommunnkativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja: Kommunikativ ko‘nikma-muloqot haqida tushuncha


Download 0.94 Mb.
bet7/14
Sana29.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1732866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
PYeEfKok1BXVx1mzQNwjvrZn6fA9kAcHV5strFmS

Yashirin asabiylik:
Qo‘llar chalishtirilishining yashirin ko‘rinishi ko‘proq ommaviy nutq so‘zlash chog‘ida ko‘pchilikning diqqat e’tiborida bo‘lgan kishilar tomonidan qo‘llaniladi. Kishi xavfsizlikni his qilish maqsadida sumkasi, soati yoki to‘g‘nog‘ichiga tegish orqali himoya to‘sig‘i hosil qilishi mumkin.
O‘zini oqlamagan umidlar va o‘z-o‘zini nazorat holati:
Qo‘l go‘yo o‘zini noto‘g‘ri harakatlardan tutib qolish maqsadida boshqa qo‘l bilagidan yoki yuqoriroqdan qattiq ushlab turadi. Qo‘l qanchalik yuqoridan ushlagan bo‘lsa, kishining asabi shunchalik tarang bo‘ladi.
Hujumga tayyorlik:
Musht bo‘lib tugilgan barmoqlar va chalishtirilgan qo‘llar dushmanlarcha munosabatni bildiradi. Odatda bu holat tishlarning bir-biriga jipslashishi va yuzning qizarishi bilan birga kechadi. Bu jestdan so‘ng kishi odatda so‘z bilan yoki jismoniy hamla qilishi kuzatiladi.
Ochiq kaftlar
Qo‘l jestlari orasida eng maqbuli. Ochiqlik haqqoniylik suhbatdoshni tan olish va unga ishonch belgisidir.
Kaftlar o‘zi tomonga qaratilgan
Yanada yaqin, chin ko‘ngildan bir-birini tushunishga asoslangan muloqotga taklif. Yurakdan chiqayotgan so‘zlar.
Keskin aylantiriluvchi qo‘llar
Suhbatdosh uni to‘g‘ri tushunishlarini istagan holda faol qo‘l harakatlarini amalga oshiriladi, o‘z fikrlarini yetarli darajada ochiq-oydin bayon etishga harakat qiladi.
Bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bir-biriga tekkizilgan holat
Aniqlik, tartib va mantiqiylik tarafdori. Nasihatgo‘ylik va murabbiylik jesti. “Okey” jesti bilan adashtirmaslik lozim.
Kaftlar tepaga qaragan, barmoqlar yarim
bukilgan
O‘ziga tortuvchi yetakchilik, hukmronlik. Vaziyatni boshqarish va ustunlikka intilish.
Ikkala qo‘l barmoqlarining bir-biriga chalishtirilgan holat
Yuz oldida qo‘llarning chalishtirilishi oqlanmagan umidlar va o‘z salbiy munosabatini yashirishga harakat qilinayotganligidan dalolat beradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling