Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy
ishining tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar
to’yxatidan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishi matni 72 betdan iborat bo’lib,
unda 10 ta jadval va12 ta rasm keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot
predmeti va obyekti, bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari, mavzuning
nazariy-amaliy ahamiyati hamda bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi
ko’rsatilgan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida O’zbekiston Respublikasi
konsolidatsiyalashgan byudjetining mazmun-mohiyati, tarkibi hamda iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalari hamda
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatining huquqiy
asoslari va iqtisodiyotdagi roli yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida ijtimoiy sohalar va aholini ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash tadbirlarini davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlash
amaliyoti, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan foydalanish amaliyoti
hamda O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyoti tahlil qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida O’zbekiston Respublikasi davlat
byudjeti mablag’laridan samarali foydalanish yo’nalishlari tadqiq etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qsimida O’zbekiston Respublikasi
konsolidatsiyalashgan byudjeti yuzasidan umumiy xulosalar shakllantirilgan va
konsolidatsiyalashgan byudjet ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan taklif-
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |