Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Download 455.67 Kb.
bet15/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

Mijozlar. Personalni baholashda mijozlar hamda korxona maqsadlari hamisha ham bir-biriga mos tushmasdan, ularning fikri xodimlarni xizmat vazifasida siljitish, ularni rivojlantirish, malakasini oshirish kabi qarorlar qabul qilishda muhim axborot manbai hisoblanadi.

YUqoridagilar personalni baholashda turli manbalardan foydalanish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatib turibdi (11.3-jadval).

Personalni baholashda ekspert xulosalarining ob’ektivligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. YUqorida ta’kidlanganidek, u yoki bu xodimning korxona umumiy natijalariga mehnat ulushini uning rahbari baholashi ma’quldir. Biroq rahbar bilan xodim o‘rtasidagi doimiy o‘zaro munosabatlar muammolarni yuzaga chiqishiga sabab bo‘lishiga amaliyotdan ko‘pdan-ko‘p misollar ketirish mumkin. Ana shunday vaziyatlarda rahbarning xodim mehnat faoliyatini baholashdagi xolisligi shubha tug‘dirishi tabiiydir.


Tadqiqotlar xodim bir ish joyida uzoq vaqt davomida ishlayotgan bo‘lsa, uning faoliyati yil sayin pastroqbaholanishidan dalolat beradi. Buning sababi shundaki, xodimdan bunday vaziyatda vaqt o‘tgan sari o‘z ishini tobora tezroqva sifatliroq bajarishiga umid qilinadi. Rahbarning bu umidi oqlanmasa (xodim belgilangan me’yorlar darajasida faoliyat ko‘rsatsa ham) u xodim bahosini pasaytiradi. Ba’zan esa rahbarlarni katta mehnat stajiga ega xodimlarda ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etishga qiziqishlari sustligi ular faoliyatini baholash ballarini kamaytirishga sabab bo‘ladi.
Personalni baholash ana shunday sub’ektivizm holatlarini bartaraf etishni taqozo qiladi. Buning uchun, eng avvalo, korxona pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlash uchun xodimning qaysi amaliy va shaxsiy sifatlari eng muhimligini aniqlab olish kerak. Hatto jahon tajribasi ham bu masalada to‘la yakdillik mavjud emasligidan dalolat berib turibdi. Asosan personalning mehnatga qiziqishi, tashabbuskorligi, diqqat-e’tibori, o‘zgarayotgan mehnat sharoitlariga moslasha olishi, mehnatsevarligi, hatto tashqi ko‘rinishi kabi sifatlarini baholash taklif etiladi.
Qator kompaniya va firmalarda barcha xizmatchilar, mutaxassislar va rahbarlar faoliyatning aniqbir sohasi uchun zarur bo‘lgan muayyan mezon (talab)lar nuqtai nazaridan baholash tartibi joriy etilgan. Ushbu mezonlar ahamiyati jihatidan ekspertlar guruhi tomonidan tabaqalashtiriladi. SHundan so‘ng bu mezonlar ahamiyatini hisobga olgan holda har biriga tegishli ball beriladi (11.4-jadval).


Ekspert guruhi har bir mezon uchun ularga xos bo‘lgan belgilarga aniqlik kiritadi. YUqoridagi jadvaldan „Bilim vatajriba” mezoni uchun ekspertlar guruhi quyidagi besh belgini tanlagan:

  1. kasbiy bilimlar;

  2. tajriba;

  3. belgilangan vazifalarni hal etish ko‘nikmasi;

  4. qo‘shimcha bilim va tajriba;

  5. ishning jahon standartlarini bilishi.

Ushbu belgilar ahamiyatiga qarab ekspert guruhi tomonidan tabaqalashtiriladi.
Bunda belgilar ahamiyatliligi yig‘indisi 100 foizga teng bo‘lib, aytaylik 250 ball qilib belgilanadi. Belgilar ahamiyatiga qarab ularning har birining salmog‘i (foiz) va balli aniqlanadi (11.5- jadval).

YUqorida keltirilgan misol bo‘yicha barcha mezonlar ballari eng ko‘p miqdori 1000 ball qilib belgilangan. SHundan kelib chiqqan holda, faoliyati baholanayotgan har bir xodim 5 ball olishi mumkin:





Download 455.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling