Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Personalni attestatsiyadan o‘tkazish


Download 455.67 Kb.
bet20/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

11.2. Personalni attestatsiyadan o‘tkazish

Korxona va tashkilotlarda personalni attestatsiya qilish tajribasi ko‘pdan beri qo‘llanilib keladi. Bu tadbir katta ijtimoiy-iqtisodiy samara berishi amaliyotda tasdiqlangan. Attestatsiya xodimlarni, ayniqsa boshqaruv xodimlarining malakasi va mehnat samaradorligini, mas’uliyatini oshirish, intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Attestatsiya xodim bilimi, ko‘nikmasi, malakasi, tajribasi, faoliyati samaradorligi, shaxsiy sifatlari egallab turgan lavozimiga nechog‘liq mos ekanligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish xodimlarini attestatsiya qilishda odatda ularning quyidagi sifatlari baholanadi:

  • kasbiy bilimlari darajasi;

  • ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi;

  • shaxsiy va ijtimoiy sifatlari;

  • mehnatga to‘lanayotgan haqning ishlab chiqarish natijalariga muvofiqligi;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini va shaxsiy ish o‘rnini takomillashtirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi.

Qoida bo‘yicha attestatsiya korxona va tashkilotning barcha bo‘linmalari va xizmatlarida o‘tkaziladi. Kompaniya yoki firma rahbariyati atgestatsiyadan o‘tadigan xodimlarni hamda attestatsiya o‘tkazish muddatini barvaqt belgilab, personalni bundan xabardor qiladi.

Personal attestatsiyasi odatda quyidagi bosqichlardan (11.6- rasm) iborat bo‘ladi:







Tayyorgarlik bosqichi. Ushbu bosqichda:

  • attestatsiya qilinadigan xodimlar ro‘yxati tuziladi;

  • attestatsiya komissiyasi a’zolari soni va tarkibi anikdanadi;

  • attestatsiya qilinayotgan xodim to‘g‘risidagi tavsifnomalar, fikr va mulohazalar, attestatsiya varaqalari tayyorlanadi;

  • attestatsiya maqsadlari va tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlari tashkil etiladi.

Lavozimga tayinlash va bo‘shatish yuqori tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan rahbarlar attestatsiyasi mazkur tashkilotning o‘zida o‘tkaziladi.
Egallab turgan xizmat vazifasida 1 yildan kam muddatda ishlab kelayotgan rahbar va mutaxassislar, yosh mutaxassislar, homilador ayollar va 1 yoshga to‘lmagan farzandiga ega ayollar navbatdagi attestatsiyadan ozod etiladilar. Ular attestatsiyasi yuqorida belgilangan muddat tugagandan so‘ng 1 yildan keyin o‘tkazilishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo‘linmalari xodimlari attestatsiyasi kamida ikki yilda bir marta, mutaxassislar va rahbarlar attestatsiyasi esa kamida 3—5 yilda bir marta o‘tkazilishi kerak.
Rahbar va mutaxassislarning attestatsiyasi rahbariyat tomonidan belgilangan muddatlarda yil davomida o‘tkaziladi. Rahbariyatning attestatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori personalni boshqarish xizmati uchun attestatsiya o‘tkazish jadvalini tuzish uchun asos bo‘ladi. Ushbu jadval attestatsiya qilinadigan xodimlarga attestatsiya o‘tkaziladigan vaqtdan kamida 1 oy oldin ma’lum qilinadi. Attestatsiya qilinadigan xodimga taalluqli barcha hujjatlar attestatsiya komissiyasiga attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta ilgari taqdim etiladi.
Attestatsiya o‘tkazadigan komissiya a’zolari soni va tarkibi hamda komissiya vakolatining muddati korxona yoki tashkilot rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Attestatsiya komissiyasiga uning raisi (bu odatda korxona yoki uning bo‘linmasi rahbari bo‘ladi) rahbarlik qiladi. Rais o‘rinbosarligiga odatda korxona rahbarining personal bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari yoki kadrlar bo‘limi boshlig‘i tayinlanadi. Attestatsiya komissiyasi kotibi tegishli hujjatlarni tayyorlaydi. Komissiya a’zolari odatda attestatsiya o‘tkazishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshiradilar.
Tayyorgarlik bosqichi xodimlar attestatsiyasi boshlangunga 2 hafta qolgandayakunlanadi. Bu atgestatsiya komissiyasi a’zolariga tayyorlangan hujjatlar bilan batafsil tanishib chiqish imkonini beradi.

Download 455.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling