Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari


Download 455.67 Kb.
bet4/30
Sana17.06.2023
Hajmi455.67 Kb.
#1542459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
12-mavzu PB

SHaxsiy usulda har bir ekspert bahosini, o‘z nomini oshkor qilmay qo‘yadi, so‘ng barcha ekspertlarning shaxsiy nomlari e’lon qilinmagan holda baholari qo‘shilib, umumiy ekspert bahosi chiqariladi. Bu usul keng tarqalgan va juda samarali hisoblanadi.
Guruhiy usul ekspertlarning birgalikda ish olib borishiga va ekspert bahosi butun guruh tomonidan qo‘yilishiga asoslangan. Bunda har bir ekspert boshqa ekspertlar bahosi bilan tanishtiriladi so‘ng bu ekspert guruhdagi boshqa ekspertlar bahosiga asoslangan holda o‘z bahosini qo‘yadi. Tabiiyki, bu holda baho qo‘ygan ekspert nomini sir saqlash imkoni bo‘lmaydi.
Kompaniya va firmalarda ekspert komissiyalari a’zolarini (odatda ular soni 3—5 ta, eng ko‘pi bilan 7 ta bo‘ladi) tanlashni personal bilan ishlash xizmati rahbari amalga oshiradi. Komissiya tarkibi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Baholash anketa vositasi orqali amalga oshiriladi. Anketa maxsus ishlab chiqilgan savolnomadan iborat bo‘lib, u yoki bu mutaxassis, rahbar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlarni aniqpashga mo‘ljallangan. Bu sifatlar mutaxassis faoliyati, rahbar egallab turgan lavozimga oid masalalarni qamrab oladi.
Ekspert komissiyasi faoliyati baholanadigan xodim ish natijalarini o‘rganib chiqqanidan so‘ng, anketaga kiritiladigan savollarni hamda javoblarni baholash mezonlarini tasdikdaydi. Masalan, anketaga baholanadigan 10 ta sifat kiritilgan bo‘lsa va har bir sifat 10 balli tizimda baholansa, bu quyidagicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  1. Betakror ish usullarini izlab topish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish qobiliyati — 10 ball.

  2. Jamoada qulay ma’naviy-psixologik muhit yarata olishi — 9 ball.

  3. Vaziyatni tezkorlik bilan baholay olish va muvaffaqiyatli qaror qabul qilish qobiliyati — 8 ball.

  4. Kasbiy o‘sish va malaka oshirishga intilishi — 7 ball.

  5. Intizomliligi — 6 ball.

  6. Tashabbuskorligi — 5 ball.

  7. Xodimlar bilan o‘zaro munosabatlari — 4 ball.

  8. Ishga qiziqishi — 3 ball.

9. O‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishga moyilligi — 2 ball.
10. Turdosh ixtisosliklarni egallashga qiziqishi — 1 ball.
Baholanayotgan sifatlar muhimligiga qarab joylashtiriladi. Baholar ham ana shu sifatlar joylashishiga qarab qo‘yiladi. Bunda birinchi baho sifat muhimligi darajasiga qarab qo‘yilsa, ikkinchisi baholanayotgan xodimning ushbu sifatlarni namoyon qilish darajasiga qarab, javobning to‘rt variantidan kelib chiqqan holda qo‘yiladi. Ekspert baholanayotgan sifatlar qanchalik tez-tez namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda, buni quyidagicha ballar bilan belgilashi kerak bo‘ladi:
a) doimo namoyon bo‘lsa — 1,5 ball;
b) ko‘proq hollarda namoyon bo‘lsa — 1 ball;
v) ba’zan namoyon bo‘lsa — 0,5 ball;
g)umuman namoyon bo‘lmagan bo‘lsa — 0 ball.
Birinchi baholashda baholanayotgan sifat katagi to‘g‘risiga „+” belgisi hamda uning balldagi bahosi qo‘yiladi. Ikkinchi baholashda „+” belgisi ekspert fikriga mos keladigan katak to‘g‘risiga qo‘yiladi.

Download 455.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling