Planetamizda xamma tirik mavjudodlarning paydo bo`lishi va xayot kechirishi, asosan optik nurlarning, ya’ni yorug’likning borligi va uning ta’siri natijasidir. Bizda yorug’lik tushunchasi odatiy bo`lib qolgan


Download 23.96 Kb.
bet2/3
Sana22.02.2023
Hajmi23.96 Kb.
#1221002
1   2   3
Bog'liq
Kirish

optik nurlanish (ON) manbai-quyoshdir. Uning spektrida ON barcha diapazoni bor bo`lib butun yil davomida o`rtacha 300 dan 1000 nm to`lqin uzunligini tashkil etadi.
A.N.Lodiginning dastlabki ko`mir tolali (1874y) cho`g’lanma lampalari, keyinchalik volframli (1890y) lampalari ishlatilishining soddaligi va uskunalarning arzonligi tufayli jaxon bozorini tez egalladi. To`g’rirog’i cho`g’lanma lampalarni (ChL) konveyyer usulida ishlab chiqarishni amerikalik ixtirochi va injener T.S.Edison (1847-1931yy) amalga oshirdi, g’arbda xozirgacha uni elektr ChL ixtirochisi sifatida bilishadi. P.N.Yablochkovning (1847-1894yy) gaz razryadli lampalari yorug’lik texnikasining rivojlanishiga asos bo`ladi.
P.N.Yablochkovning chet elda "Rus chirog’i" deb ataluvchi lampalari o`sha davrda Luvr muzeyini, Kolizeyni, Piterburgda esa "Anichkov ko`prigi" va boshqa maydon xamda arxitektura ansambllarini yoritardi, shu bilan birga ular elektr yoyining yuqori ravshanligi bilan farq qilardi.
Xozirgi zamon yoritish manbalari yetarli darajada rivojlangan, ularning FIK oshgan, ishlab chiqarilishi takomillashtirilgan, qo`llanish sohalari kengaygan.
Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro‘zor eʼtiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora to‘yinib bormoqda. Bunday to‘yinish faqatgina mazkur qurilmalarga bo‘lgan eʼtiyojning o‘sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg‘i tan narxining maʼlum darajada oshishi, tashqi muʼitni muhofaza qilish bo‘yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog‘liqdir. Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.
Elektrotexnologiyaning tobora takomillashib borishi yuqori bikrlikga ega bo‘lgan, katta miqdordagi issiqlikga bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv taʼsiriga turg‘un bo‘lgan va kichik issiqlik o‘tkazuvchanlikga hamda yuqori darajadagi izolyasion xususiyatga ega bo‘lish kabi yangi xossalarga ega bo‘lgan yangi materiallar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Elektrotexnologik jarayonlar yordamida sifatli o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar uchun materiallar, shuningdek eski texnologiyalar yordamida ilgari olib bo‘lmagan va ishlab chiqish chiqindilaridan hamda ishlatib bo‘lmaydigan xomashyolardan turli materiallar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘plab sanoat tarmoqlari va fanda erishilgan yutuqlar elektrotexnologik jarayonlar rivojiga ko‘ra erishilmoqda.
Elektrotexnologik jarayonlarni takomillashtirib borilishi natijalariga ko‘ra eng diqqatga sazovor bo‘lgan yutuqlar, ayniqsa mikroelektronika soʼasida ko‘zga tashlanadi. Radiotexnik jihozlar, elektron ʼisoblash mashinalari hamda sanoatdagi boshqariluvchan komplekslar tarkibida yuz minglab, ayrim hollarda esa o‘nlab million elementlarni minglab tutashma bilan birlashtiruvchi tizimlar mavjud.
Agarda mazkur tizimlar bundan 40 - 50 yil muqaddam foydalanilgan eski texnologiyalar yordamida yaratilganda edi, bunda yuqoridagi qurilmalar massalari o‘nlab tonnani, xajmlari o‘nlab kub metrni va isteʼmol quvvatlari yuzlab kilovattni tashkil qilgan bo‘lar edi.
Elektr energiyasini isteʼmol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o‘zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar
Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling