Psixologiya zamonaviy fanlar tizimida va uning tarmoqlari


Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi


Download 349.97 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi349.97 Kb.
#202067
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Психология тармоклари

Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi

  • Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi.
  • Bu sohalar o’ziga xos ob'ektga ega bo’lib, bir-biridan farq qiladi.
  • Shu bois fan sohalarini o’rganish qulay bo’lishi uchun tarmoqlarni ma'lum tizimga keltirish maqsadida ma'lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan.
  • Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:

A. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari:

  • Mehnat psixologiyasi
  • Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud;
  • a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
  • b) aviasiya psixologiyasi- uchishga o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi;
  • v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta'sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o’rganadi

A. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari:

  • Pedagogik psixologiya
  • Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
  • a) ta'lim psixologiyasi;
  • b) tarbiya psixologiyasi;
  • v) o’qituvchi psixologiyasi;
  • 6. Tibbiyot psixologiyasi
  • a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
  • b) psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;
  • v) psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;

Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari:

  • Yuridik psixologiya
  • Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
  • a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
  • b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
  • 4. Harbiy psixologiya
  • 5. Savdo psixologiyasi
  • 6. San’at psixologiyasi
  • 7. Ilmiy ijodiyot psixologiyasi
  • Kelajakda shu kungacha ma’lum bo’lmagan faoliyat turlari bilan birga psixologiyaning yangi sohalari ham vujudga kelishi va rivojlanishi mumkin

Rivojlanish sohalari bilan shug’ullanuvchi psixologiya:

  • 1. Yosh psixologiyasi
  • 2. Patopsixologiya miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi.
  • Oligofrenopsixologiya - miyaning tug’ma kamchiliklari tufayli paydo bo’ladigan bo’limlarni o’rganadi.
  • Surdopsixologiya - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning
  • rivojlanishini o’rganadi.
  • Tiflopsixologiya - ko’rish qobiliyati past yoki umuman ko’rmaydigan kishi faoliyatini o’rganadi.
  • 3. Qiyosiy psixologiya (zoopsixologiya)
  • 4. Akmeologiya – komillik darajasiga erishgan shaxsning rivojlanishini yuqori darajasi, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishning eng yuqori cho’qqisiga erishish xususiyatlarini o’rganadi.

Download 349.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling